1. QuruQlik suvlari hosil bo‘lishining


Download 1.6 Mb.
bet51/59
Sana06.02.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1170238
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   59
Bog'liq
3.Амалий машгулот (155-225-бетлар)

Ochiq suv omborlari ikki xil bo‘ladi:
1. Dambali suv omborlari;
2. To‘g‘onli suv omborlari.
Dambali suv omborlari quyidagi ko‘rinishlarda uchraydi: a) bir tomonlama damba, nishab joyda seldan saq­lash maqsadida quriladi; b) gir aylana damba, gorizontal joyda quriladi; v) yarim kovlangan damba, suv omborining suv sig‘imini kattalashtirish maqsadida quriladi.
Ma’lumki, ko‘pchilik hollarda suv omborlari daryolar vodiysiga to‘g‘on qurish yo‘li bilan barpo etiladi. To‘g‘onlar vazifasiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
a) suv sathini ko‘tarishga mo‘ljallangan to‘g‘onlar. Ular energetika, suv transporti, daryo yoki kanaldan suv olish maqsadlarida quriladi;
b) suvni to‘plash va daryo oqimini boshqarish maqsadida qurilgan to‘g‘onlar.
Suv omborlarining ko‘rsatkichlari(parametrlari) ikki yo‘nalishda belgilanadi:
1) suv omborining o‘lchamlarini ifodalaydigan para­metrlar;
2) suv omboridan foydalanish rejimini aniqlaydigan parametrlar;
Birinchi turdagi, ya’ni suv omborlarining o‘lchamlarini xarakterlaydigan parametrlar quyidagilardan iborat:
a) me’yoriy dimlanish sathi (MDS);
b) foydasiz hajm sathi (FHS);
v) ishchi suv sathi (ISS).
Me’yoriy dimlanish sathi (MDS)da suv ombori to‘p­langan suvni uzoq vaqt ziyonsiz ushlab tura oladi (10.1-rasm).
Foydasiz hajm sathi (FHS)-suv omborida to‘plangan suvning shu sathdan yuqoridagi qismidan foyda­laniladi.
Suv omborlari hajmining quyidagi ko‘rinishlari bir-biridan farq qiladi:
a) foydali hajm yoki ishchi hajm (Vf);
b) foydasiz yoki o‘lik hajm (Vo‘);
v) umumiy yoki to‘liq hajm (V).
Foydali yoki ishchi hajm MDS va FHS orasida joy­lashgan bo‘ladi. Daryo oqimi asosan shu hajmda boshqariladi.
Foydasiz hajm daryo oqimini boshqarishda ishtirok etmaydi, lekin suv inshootidan samarali foydalanishda u muhim ahamiyatga ega. Jumladan, loyqa oqiziqlarning cho‘­kishini, GES ni zarur napor bilan ishlashini ta’minlash foydasiz hajm o‘lchami bilan bog‘liqdir.
Umumiy yoki to‘liq hajm foydali va o‘lik hajmlar yig‘indisiga teng, ya’ni

V = Vf + Vo‘ .




Ishchi chuqurlik(hi)-me’yoriy dimlanish sathi bilan foydasiz hajm sathi orasidagi balandlikdir.
Daryo va soylar oqimini tartibga solish sharoitiga ko‘ra suv omborlari quyidagi turlarga ajratiladi:
a) daryolar oqimini kun yoki hafta davomida tartibga solib turadigan suv omborlari;
b) daryolar oqimini mavsumlararo tartibga solishga mo‘ljallangan suv omborlari. Mazkur turdagi suv omborlari oqimi yil ichida notekis taqsimlangan va to‘linsuv davri erta kuzatiladigan daryolarda quriladi;
v) daryolar oqimini yillararo tartibga solishga mo‘ljallab qurilgan suv omborlari. Bu turdagi suv om­borlari ko‘p suvli yillarda suvning bir qismini saqlab qolish va undan kam suvli yillarda foydalanish maqsadida quriladi. Masalan, Norin daryosidagi To‘xtag‘ul, Vaxsh daryo­sidagi Norak suv omborlari shu turga mansubdir.
Suv omborlari joylashish o‘rniga ko‘ra quyidagi ikki turga bo‘linadi:
­ o‘zan suv omborlari;
­ to‘ldiriladigan suv omborlari.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling