4. Suv omboriga yuza oqim bilan uning qirg‘oqbo‘yi maydonidan qo‘shiladigan muallaq oqiziqlar miqdori (Wq.b) ni hisoblash.
Suv omboriga yuza oqim bilan qirg‘oqbo‘yi maydonidan qo‘shiladigan loyqa oqiziqlar miqdori (Wq.b.)ni hisoblashda asosiy muammo qirg‘oqbo‘yi maydoni yuzasini aniqlashdan iborat bo‘ladi. Uning qiymatini quyidagi ifoda bilan aniqlash mumkin:
Fq.b. = Fs.o.-( Fd + Fs + Fh.o.) ,
ifodada: Fs.o.-suv omborining suv to‘plash maydoni bo‘lib, uning qiymati A.M.Nikitin ma’lumotlari bo‘yicha 10000 km2 ga teng; Fd va Fs-gidrometrik kuzatishlar olib boriladigan daryo va soylarning yig‘indi suv to‘plash maydoni bo‘lib, uning qiymati 9464,4 km2 ga teng; Fh.o.-gidrometrik kuzatishlar olib borilmaydigan soylarning yig‘indi maydoni, yuqorida qayd etilganidek, 508 km2 ga teng.
Aniqlangan qiymatlarni yuqoridagi ifodaga quysak, Fq.b.q27,6 km2 ekanligi ma’lum bo‘ladi. YUvilish modulining O.P.SHcheglova kartasidan aniqlangan qiymatining 550 t/km2 ga teng ekanligini hisobga olib, qirg‘oq bo‘yi maydonidan yuza oqim bilan suv omboriga qo‘shiladigan loyqa oqiziqlar miqdori quyidagicha aniqlanadi:
Wq.b.= Fq.b. · MR · n = 27,6 km2 · 550 tonna/km2 · 28 =0,425 · 106 tonna.
5. Hisob davrida suv omborida loyqa oqiziqlar cho‘kishidan hosil bo‘lgan cho‘kma hajmini aniqlash.
Bu vazifa ikki bosqichda bajariladi:
a) suv omborida loyqa oqiziqlar cho‘kishidan hosil bo‘lgan cho‘kma(Wcho‘kma) miqdorini og‘irlik o‘lchov birligida aniqlash:
Wcho‘kma = Wd + Ws + Wh.o. + Wq.b. ;
Wcho‘kma = (34,18 + 0,28 + 7,82 +0,43) · 106 = 42,71 · 106 tonna.
b) suv omborida loyqa oqiziqlar cho‘kishidan hosil bo‘lgan cho‘kma hajmi(VR)ni aniqlash:
bu erda -loyqa oqiziqlarning solishtirma og‘irligini ifodalaydi. Uning qiymati turli suv omborlarida turlicha bo‘ladi va bu o‘zgarish suv omborlari havzasidagi tog‘ jinslarining xususiyatlari bilan aniqlanadi. Hatto birgina suv omborining turli qismlarida uning qiymatlari turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, biz o‘rganayotgan CHorbog‘ suv omborida 1985 yilning kuzida o‘tkazilgan batimetrik s’yomka natijasida loyqa oqiziqlardan hosil bo‘lgan cho‘kmaning solishtirma og‘irligi quyidagi oraliqlarda o‘zgargan: maksimal qiymati 1,72 tonna/m3, minimal qiymati esa 1,30 tonna/m3 bo‘lgan. SHuning uchun ham yuqorida loyqa oqiziqlarning solishtirma og‘irligi o‘rtacha 1,49 tonna/m3 ga teng deb qabul qilindi.
Hisoblashlar natijalari 10.4-jadvalda jamlandi.
10.4-jadval
CHorbog‘ suv ombori sedimentatsiya balansi tenglamasi
tashkil etuvchilarining miqdoriy qiymatlari
|
Sedimentatsiya balansi elementlari
|
Wd
|
Ws
|
Wù.o.
|
Wq.b.
|
Wchûkma
|
106 tonna
106 m3
%
|
34,18
22,94
80,00
|
0,28
0,19
0,66
|
7,82
5,25
18,31
|
0,43
0,029
1,00
|
42,71
28,66
100
|
Do'stlaringiz bilan baham: |