15-amaliy mashg’ulot.
Daryolar suv resurslarini baholash.
Topshiriqlar:
1. Chirchiq-Ohangaron havzasi daryolarining o‘rtacha yillik yig‘indi suv sarflarini hisoblang;
-yig‘indi suv sarflarining yillararo o‘zgarishi grafigi chizing;
-o‘rtacha yillik yig‘indi suv sarflarining ekstremal qiymatlarini aniqlang va hisob yillarini tanlang;
-tanlangan hisob yillari bo‘yicha yillik oqim hajmi, oqim moduli, oqim qalinligini hisoblang;
-tanlangan hisob yillari bo‘yicha oylik oqim hajmlarini hisoblang;
-tanlangan hisob yillari bo‘yicha oylik oqim hajmlarining yil davomida oylar bo‘yicha taqsimlanish grafiklarini chizing;
-tanlangan hisob yillari bo‘yicha mavsumiy oqim hajmlarini hisoblab, ularning yil davomida taqsimlanish grafiklarini chizing;
-o‘rganilayotgan havza suv resurslaridan xalq xo‘jaligining tegishli tarmoqlarida samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar bering.
16-17-amaliy mashg’ulot.
Iqlim hosil qiluvchi omillar va jarayonlar
Topshiriqlar:
1. Dunyo iqlim kartasini tahlil qiling.
2. “Iqlim hosil qiluvchi omillar” mavzusida “Toifalash jadvali” tuzing.
3. Yer sharining izogietalari bo‘yicha ixtiyoriy bo‘ylama va ko‘ndalang profil tuzing.
4. O‘zbekistonning markaziy shaharlarining iqlimiy ma’lumotlari asosida iqlimiy diagrammalar ishlang.
5. Bajarilgan ishlarning hisobotini tayyorlang.
18-19-amaliy mashg’ulot.
Iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlari
Topshiriqlar:
1. Iqlim va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganing;
2. Ilmiy manbaalardan foydalanib “Issiqxona effekti” hosil qiluvchi gazlarning miqdorlarini o‘zgarishi bo‘yicha ma’lumotnoma tayyorlang.
3. Iqlim o‘zgarishi haqidagi tarixiy ma’lumotlarni to‘plang va tahlil qiling.
4. Global miqyosda iqlim o‘zgarishi bo‘yicha ishlangan ssenariylarni tahlil qiling.
5. “Iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlari” mavzusida dalillangan esse yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |