1. QuruQlik suvlari hosil bo‘lishining


-13- mashg’ulot. Ko‘llarning morfometrik ko‘rsatkichlarini hisoblash


Download 1.6 Mb.
bet42/59
Sana06.02.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1170238
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59
Bog'liq
3.Амалий машгулот (155-225-бетлар)

12-13- mashg’ulot. Ko‘llarning morfometrik ko‘rsatkichlarini hisoblash.
Ishning maqsadi
Ushbu amaliy mashg’ulotning maqsadi talabalarga ko’llarning shakl va o’lcham ko’rsatkichlarini aniqlash usullarini o’rgatish, ularda shu sohada to’plangan bilimlarni amalda qo’llash bo’yicha ma’lum tajriba va malakalar hosil qilishdir.
Ishning nazariy asoslari
Tayanch atamalar va iboralar: ko’llar morfologiyasi, ko’llar morfometriyasi, izobatlar, izogipslar, ko’lning suv yuzasi maydoni, ko’lning uzunligi, ko’lning kengligi, ko’lning qirg’oq chizig’i uzunligi, ko’lning qirg’oq chizig’i egri-bugrligi, ko’lning orolliligi, ko’l hajmi, ko’lning chuqurligi, ko’l tubi nishabligi, ko’lning hajmiy egri-bugriligi, ko’lning maydon, nishablik va hajm egri chiziqlari.

Ko’llarning suv yuzasi maydoni, uni chegaralab turgan qirg’oq chizig’i va kosasining shakli, ko’rinishi ko’llar morfologiyasini ifodalaydi.


Ko’llar shakli(morfologiyasi)ning turli o’lchamlarda, sonli qiymatlarda ifodalanishi ko’llar morfometriyasi deb yuritiladi. Ko’llarning suv yuzasi hamda kosasining shakl va o’lchamlarini, undagi suv miqdorini ifodalaydigan mutlaq va nisbiy qiymatlari birgalikda ko’llarning morfometrik-shakl va o’lcham ko’rsatkichlarini tashkil etadi.
Ko’llarning morfometrik ko’rsatkichlarini aniqlash uchun ularning izobatlar (bir xil chuqurlikka ega bo’lgan nuqtalarni tutashtiradigan chiziq) yoki izogipslar (suv ostida dengiz sathiga nisbatan bir xil balandlikdagi nuqtalarni tutashtiradigan chiziq)da ifodalangan plani bo’lishi kerak.
Ko’llarning morfometrik ko’rsatkichlarini suv yuzasi va ko’l kosasi guruhlariga bo’lib o’rganish qulaydir.
I. Ko’llar suv yuzalarining shakl va o’lchamlari ko’l­ning suv yuzasi, uning maydoni, uzunligi, kengligi, bosh o’qi yo’nalishi, qirg’oq chizig’i va izobat (izogips)lar uzun­liklari, ularning egri-bugriligi, orolliligi kabi ko’rsatkichlar orqali ifodalanadi.
Ko’l yuzasi maydoni "0" izobat, yahni qirg’oq chizig’i bilan chegaralanadi. Bu ko’rsatkich orollar maydonini qo’shib yoki ularni hisobga olmay aniqlanishi mumkin:

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling