Muallaq oqiziqlarning massasi kichik bo’lgani uchun ular daryoning quyilish joyigacha tranzit holda etib boradi. o’zan tubi oqiziqlari esa suvning oqish tezligi kamayishi bilan suv ostiga cho’kib, o’zan shaklini o’zgartiradi.
Oqiziqlarni miqdoriy ifodalashda oqiziqlar sarfi, oqiziqlar oqimi (hajmi), oqiziqlar moduli yoki yuvilish moduli, yuvilish qatlami, erozion metr, o’rtacha loyqalik va oqiziqlarning o’rtacha kattaligi (diametri) kabi ko’rsatkichlardan foydalaniladi.
Oqiziqlar sarfi deb, daryoning ko’ndalang qirqimidan vaqt birligi(sek)da oqib o’tadigan loyqa oqiziqlar miqdoriga aytiladi. Muallaq oqiziqlar sarfi R bilan, o’zan tubi oqiziqlari sarfi esa G bilan belgilanadi va har ikki kattalik ham kg/s larda ifodalanadi.
Oqiziqlar oqimi(hajmi) deb, daryoning ko’ndalang qirqimidan ma’lum vaqt (kun, oy, yil) davomida oqib o’tadigan loyqa oqiziqlar miqdoriga aytiladi. U bilan belgilanib, tonnalarda yoki hajm birligida ifodalanadi. Agar kun ichidagi o’rtacha oqiziqlar sarfi ( ) ma’lum bo’lsa, u holda oqiziqlar oqimi quyidagicha aniqlanadi:
, tonna.
Oqiziqlar oqimini hajm birligida ham ifodalash mumkin. Buning uchun hisoblashlarda quyidagi ifodadan foydalaniladi:
m3,
bu erda: loyqa oqiziqlarning og’irlik birligida ifodalangan hajmi, tonnada; loyqa oqiziqlarning solishtirma og’irligi, t/m3.
Oqiziqlar moduli yoki yuvilish moduli deb, bir yilda havzaning 1 km2 yuzasidan yuviladigan oqiziqlar miqdoriga aytiladi. U bilan belgilanib, quyidagicha topiladi:
,
bu erda: -daryoning suv to’plash maydoni, km2 larda; -o’rtacha yillik oqiziqlar sarfi, kg/s; 31,54 103 koeffitsient yuvilish modulini t/km2CH yil o’lcham birligida ifodalashga imkon beradi.
Yuvilish qatlami mm da ifodalanib, quyidagi tenglik yordamida aniqlanadi:
.
Do'stlaringiz bilan baham: |