1. QuruQlik suvlari hosil bo‘lishining


Kam suvli davr elementlarini aniqlash


Download 1.6 Mb.
bet36/59
Sana06.02.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1170238
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59
Bog'liq
3.Амалий машгулот (155-225-бетлар)

Kam suvli davr elementlarini aniqlash:
-boshlanishi: 1) 1.01; 2) 1.03; 3) 9.09; 4) 22.12;
-tugashi: 14.02; 2) 15.05; 3) 7.12; 4) 31.12;
-umumiy davom etishi-160 kun;
-o’rtacha suv sarfi:


  m3/sek;

-eng katta suv sarfi-15,70 m3/sek;


-eng kichik suv sarfi-6,35 m3/sek;

Wk.s = T · =160 · 86400 · 10,2 = 141,10 · 106 m3.


Suv rejimi davrlarining yuqorida ko’rsatilgan tartibda aniqlangan qiymatlari jadvalda umumlashtirilgani mahqul.


Suv rejimi davrlarining aniqlangan elementlari
Ugom daryosi-Xojikent gidroposti, 1970 y.



Suvrejimi
davrlari

Boshlanishi

Tugashi

Davometishikun

Suv sarfi, m3/sek

Oimhajmi
m

max

min

o’rt.

To’lin-suv

16.III

8.II

177

62,0

12,3

32,22

492,3

Toshin



1

13.III

28.II

14

19,5

12,2

15,72

19,0

2

8.XII

28.II

14

19,0

7,0

11,0

13,3

S

-

-

28

19,5

7,0

13,3

32,3

Kam
suvli



1

1.I

14.II

45

15,70

6,35

10,2

39,6

2

1.III

15.III

15

13,10

12,70

13,0

11,2

3

9.IX

7.XII

90

11,90

6,35

8,9

69,2

4

22.XII

31.XII

10

8,60

7,70

8,0

6,9

S

-

-

160

15,70

6,35

141

31,7



4. Daryoning yillik oqim hajmini aniqlash.
a) oylik oqim hajmlarining yig’indisi sifatida:
Daryoning yillik oqim hajmini oylik oqim hajmlarining yig’indisi sifatida aniqlash uchun o’rtacha oylik suv sarflarining qiymatlaridan foydalanamiz. So’ng har bir oydagi sekundlar soni(T)ni aniqlaymiz. Har bir oydagi oqim hajmi esa o’rtacha oylik suv sarfi(Q)ning shu oydagi sekundlar soni(T)ga ko’paytmasi sifatida aniqlanadi.

Yillik va oylik oqim hajmlarini hisoblash



Oylar,
yil

Suv sarfi, m3/sek

Sekundlar soni, 106 sek

Oqim hajmi,
106 m3

I

13,1

2,68

35,1

II

13,1

2,42

31,7

III

17,0

2,68

45,6

IV

43,1

2,59

111,6

V

42,2

2,68

113,1

VI

40,6

2,56

105,1

VII

27,9

2,68

74,7

VIII

17,3

2,68

47,9

IX

11,4

2,59

29,5

X

8,9

2,68

23,8

XI

7,9

2,59

20,4

XII

9,4

2,68

25,1

yil

21,0

31,54

663,6



b) yillik oqim hajmini o’rtacha yillik suv sarfiga asosan hisoblash:

Wyil = T · =21,0 · 31,54 · 106 s = 662,3 106 m3.




v) yillik oqim hajmini suv rejimi davrlaridagi oqim hajmlari yig’indisi sifatida hisoblash:

Wy = Wto’l + Wtosh + Wk.s = 492,7 · 106 + 32,3 · 106 +141,1 · 106 = 666,1 · 106 m3.




5. Suv rejimi turli davrlarining yillik oqim hajmidagi hissasini aniqlash.
Daryoning yillik oqim hajmi suv rejimining turli davrlarida hosil bo’lgan oqim hajmlari yig’indisidan iborat bo’ladi. Suv rejimi turli davrlarining yillik oqim hajmiga qo’shgan hissalari turli daryolarda turlicha miqdorda bo’ladi. Quyida o’rganilayotgan daryo, yahni Ugom daryosining Xojikent gidropostida 1970 yilda hisobga olingan yillik oqim hajmiga suv rejimining turli davrlarining ulushini hisoblaymiz.

Yillik oqim hajmiga suv rejimining turli davrlarining qo’shgan ulushini hisoblash



Suvrejimi
davri

Oqim hajmi

106 m3

%

To’linsuv

492,7

74,0

Toshqin

32,3

4,9

Kam suvli

141,1

21,1

Yillik

666,1

100



6. Hisoblashlar natijalarining tahlili.
Ushbu amaliy mashg’ulotda daryolar suv rejimining genetik fazalarini ajratishni o’rgandik. Tiklangan kundalik suv sarfi jadvali ma’lumotlaridan foydalanib, daryo gidrografi chizildi. Gidrografdan foydalanib, o’rganilayotgan daryo suv rejimi fazalari-to’linsuv, toshqin suv, kam suvli davrlarni ajratib oldik. Keyin har bir davr uchun uning boshlanishini, tugashini, davom etishini, eng katta suv sarfini, yillik oqim hajmini oylik oqim hajmi bo’yicha o’rtacha oylik suv sarfiga asosan va suv rejimi fazalaridagi oqim hajmi asosida hisobladik. Suv rejimi fazalarining yillik oqim hajmiga qo’shgan ulushini foizlarda ifodaladik. 6.3-jadvaldan ko’rinib turibdiki, yillik oqim hajmining 74 foizi to’linsuv davrida hosil bo’ladi.
Tahlil mana shunday ketma-ketlikda yoritiladi.


Sinov savollari
1. Daryolar suv rejimining yillik o’zgarishini qanday davrlarga ajratish mumkin?
2. To’linsuv davriga tahrif bering.
3. Daryolarning suv rejimi davrlariga ko’ra qanday tasniflarni bilasiz?
4. To’linsuv davrining elementlarini eslang.
5. Yillik oqim hajmini aniqlashning qanday usul­larini bilasiz?
6. To’linsuv davrining umumiy davom etish vaqti qanday aniqlanadi?
7. To’linsuv davridagi o’rtacha suv sarfi qanday aniqlanadi?


11- mashg’ulot. Suv eroziyasi va daryolarning loyqa oqiziqlarini hisoblash.
Ishning maqsadi
Mazkur amaliy mashg’ulotning maqsadi talabalarni daryolar havzalarida ro’y beradigan suv eroziyasi jadalligini baholash va daryolarning loyqa oqiziqlari miqdorini hisoblashning zamonaviy usullari bilan tanishtirishdir.
Ishning nazariy asoslari
Tayanch atamalar va iboralar: suv eroziyasi tasniflari, yuza-yonbag’irlardagi eroziya, jar-o’zan eroziyasi, er osti suv eroziyasi, sachratma eroziya, yuza yuvilish, kichik jilg’achalar oqimi eroziyasi, tabiiy eroziya, jadallashgan-antropogen eroziya, daryo oqiziqlari, tabiiy va kimyoviy emirilish, denudatsiya, muallaq oqiziqlar, o’zan tubi oqiziqlari, oqiziqlar sarfi, oqiziqlar hajmi, yuvilish moduli, yuvilish qatlami, erozion metr, loyqalik, oqiziqlarning granulometrik tarkibi.

Yer sirti holati va unga ta’sir etuvchi omillarga bog’­liq holda daryolar havzalarida kechadigan suv eroziyasi turli shakl va ko’rinishlarda uchraydi. Ularni ma’lum belgilari bo’yicha guruhlash (tasniflash) suv eroziyasi qonuniyatlarini o’rganishda va ular asosida amaliy xulosalar chiqarishda muhim ahamiyat ega.


Daryolar havzalarida kechadigan suv eroziyasi jarayoni­ni kuzatilish o’rniga bog’liq holda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
- yuza-yonbag’irlardagi suv eroziyaci;
- jar-o’zan suv eroziyasi;
- er osti suv eroziyasi;
- to’lqin eroziyasi (abraziya).
Suv eroziyasining qayd etilgan turlari o’z navbatida tegishli ko’rinishlarda uchraydi.
Yuza-yonbag’irlardagi suv eroziyasi quyidagi ko’rinishlarda kuzatiladi:
- sachratma eroziya;
- yuza yuvilishi;
- kichik jilg’achalar oqimi eroziyasi.
Sachratma eroziya yomg’ir tomchilarining er sirtiga urilishi natijasida sochilgan tuproq zarrachalarining yon­bag’irlar bo’ylab quyi tomon harakatlanishida kuzatiladi.
Yuza yuvilishi esa o’z navbatida:
- yuza-juda kichik jilg’achalar oqimi ta’sirida yuvi­lishga;
- jala yomg’ir ta’siridagi juda kichik jilg’achalar oqimi tufayli yuvilishga bo’linadi.
Birinchisi yuza oqim juda kichik jilg’achalar oqimiga aylanganda kuzatiladi. Unda juda kichik jilg’achalar oqimi ham, ular ta’sirida harakatlanayotgan zarrachalar ham, kichik bo’lsada, ma’lum o’lchamlar (chuqurlik, kenglik, kattalik)ga ega bo’ladi. Ikkinchisi ham yuqoridagiga o’xshash sharoitda hosil bo’ladi, lekin unda yomg’ir tomchilari qo’shimcha tur­bulentlikni yuzaga keltiradi va natijada suv eroziyasi jadalligi ortadi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling