1. QuruQlik suvlari hosil bo‘lishining


Kichik jilg’achalar oqimi eroziyasi


Download 1.6 Mb.
bet37/59
Sana06.02.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1170238
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   59
Bog'liq
3.Амалий машгулот (155-225-бетлар)

Kichik jilg’achalar oqimi eroziyasi:
- kichik jilg’achalar ta’sirida yuvilishga va
- yomg’irli-kichik jilg’achalar ta’sirida yuvilishga bo’linadi. Birinchisi asosan qor qoplamining erishi nati­jasida hosil bo’lgan kichik jilg’achalar ta’sirida yuzaga kelsa, ikkinchisida esa yomg’ir suvlari ham ishtirok etadi.
Jar-o’zan eroziyasi mos ravishda jarlik eroziyasiga va o’zan eroziyasiga bo’linadi.
Jarlik eroziyasi vaqtinchali oqar suvlar ta’sirida namoyon bo’ladi va o’z navbatida:
- chiziqli jar eroziyasi;
- bir bosqichli jar eroziyasi va
- ko’p bosqichli jar eroziyasiga bo’linadi.
CHiziqli jar eroziyasi kuchli yomg’irlar yoki noto’g’ri sug’orish natijasida yonbag’irlarning yuza oqimlar yig’ilib oqadigan qismida suv oqimining jo’shqin (turbulent) ha­rakati oqibatida kuzatiladi. Natijada oqim yo’nalishi bo’yicha chiziqli jarlik hosil bo’ladi.
Bir bosqichli jar eroziyasi yonbag’irlarda nishablik keskin o’zgargan joylarda bo’ladi. Jarlik cho’qqisidan oqib tushayotgan suv uning tubidagi tuproqni yuva boshlaydi va bu jarayon suv oqimi miqdori ortgan sayin zo’raya boradi.
Ko’p bosqichli jar eroziyasi suv oqimining quyilish qismidagi zinasimon sharsharalar tufayli yuzaga keladi.
o’zan eroziyasi daryolar va soylar o’zanlariga xos bo’lib:
- qayir-o’zan;
- bog’lanmagan sel oqimi va
- bog’langan sel oqimi ko’rinishlarida uchraydi.
Qayir-o’zan yuvilishi o’zan aniq hosil bo’lganda va unda suv oqimi ta’sirida oqiziqlar ko’chishi, bahzan esa cho’kishi ko’rinishida kuzatiladi.
Bog’lanmagan sel oqimi turli o’lchamdagi nurash mate­riallarining suv oqimiga ortiqcha miqdorda qo’shilishi natijasida hosil bo’ladi.
Bog’langan sel oqimi yopishqoq-plastik muhit bo’lib, nisbatan mayda nurash materiallarining suv bilan qo’shi­lishidan hosil bo’ladi.
Yer osti suv eroziyasi grunt va er osti suvlari harakati natijasida yuzaga keladi. Suv eroziyasining bu turi oddiy er osti yuvilishi va suffoziyaga ajratiladi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling