Sinov savollari
1. Suv omborlari qanday maqsadlarda quriladi?
2. Dunyo suv omborlariga qisqacha tavsif bering.
3. O‘zbekiston suv omborlarining o‘ziga xos xususiyatlari nimalarda aks etadi?
4. yopiq va ochiq suv omborlarining farqi nimada?
5. Suv omborlarining umumiy hajmi qanday tashkil etuvchilardan iborat?
6. Suv omborlarining o‘rnini tanlashda nimalarga e’tibor beriladi?
7. Suv omborining foydasiz hajmini tanlashda qanday omillar e’tiborga olinadi?
8. Suv omborlari qanday belgilari bo‘yicha tasniflanadi?
9. Daryo oqimini boshqarishiga ko‘ra suv omborlari qanday turlarga bo‘linadi?
10. Daryo oqimini yillararo tartibga solishga mo‘ljallangan suv omborlariga misollar keltiring.
11. Suv omborlari joylashish o‘rniga bog‘liq holda qanday turlarga bo‘linadi?
12. Er sirtidagi botiqlarda barpo etilgan, ya’ni to‘ldiriladigan suv omborlariga misollar keltiring.
13. Suv omborlarining suv sathi rejimi qanday omillarga bog‘liq?
14. Suv omborlarining suv muvozanati tenglamasida hisobga olinadigan elementlarni sanab bering.
15. O‘rta Osiyo suv omborlarining suv sathi va suv muvozanatining o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflang.
16. O‘zbekiston suv omborlarining harorat rejimi qanday omillarga bog‘liq?
17. O‘rta Osiyo suv omborlarining gidroximiyaviy rejimi haqida nimalarni bilasiz?
18. Suv omborlari dinamikasini belgilovchi asosiy omillarni ayting.
19. Suv omborlarining sedimentatsiya balansi tenglamasi qanday tuziladi?
20. Sedimentatsiya balansi tenglamasi elementlarini miqdoriy baholash usullarini eslang.
14-amaliy mashg’ulot.
Tog’ muzliklarini “Muzliklar katalogi” ma’lumotlari asosida tavsiflash.
Topshiriqlar:
1. «Muzliklar katalogi»ning tomlar, bo‘limlar va qismlarga ajratilishini:
a) Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hududi misolida;
b) O‘rta Osiyo hududi misolida yoriting.
2. O‘rganilayotgan daryo havzasidagi muzliklarning:
a) geografik joylashishi;
b) morfologiyasi;
v) iqlim sharoiti;
g) gidrologik rejimiga tavsif bering.
3. «Muzliklar katalogi»da keltiriladigan:
a) «Muzliklar haqida asosiy ma’lumotlar» jadvalining;
b) qo‘shimcha ma’lumotlarning mazmunini yoriting.
Do'stlaringiz bilan baham: |