1. QuruQlik suvlari hosil bo‘lishining
Download 1.6 Mb.
|
3.Амалий машгулот (155-225-бетлар)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning nazariy asoslari Tayanch atamalar va iboralar
- YOg‘in miqdori
- O‘lchashlardagi xatolikning manbalari
1.3. LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARI MAVJUD EMAS 1.4. AMALIY MASHG‘ULOTLARI MAVZULARI 1. QuruQlik suvlari hosil bo‘lishining iQlimiy omillari 1-amaliy mashg‘ulot Daryo havzasiga yoqqan atmosfera yog‘inlarining o‘rtacha ko‘p yillik qatlamini aniqlash Ishning maqsadi Mazkur amaliy mashg‘ulotning maqsadi talabalarni daryo havzasida kuzatishlar olib boradigan bir nechta meteorologik stansiyalar ma’lumotlari bo‘yicha atmosfera yog‘inlarining o‘rtacha ko‘p yillik qatlamini hisoblashning zamonaviy usullari bilan tanishtirishdir. Ishning nazariy asoslari Tayanch atamalar va iboralar: yog‘inlarning hosil bo‘lishi, yog‘in miqdorini belgilovchi omillar, yog‘inlarni o‘lchash aniqligi, tuzatmalar, yog‘in gradienti, yog‘in turlari, qor qoplami, yomg‘irlar, jala yomg‘irlar, yog‘ish jadalligi, yog‘in me’yori, yog‘in qatlami va aniqlash usullari, o‘rtacha arifmetik usul, tortish usuli, kvadratlar usuli, izogietlar usuli, yog‘in bilan oqim orasidagi korrelyasiya bo‘yicha tortish usuli, tog‘ daryosi havzasi uchun yog‘in qatlamini aniqlash. Ma’lumki, daryo havzasining o‘rtacha ko‘p yillik suv balansi tenglamasi quyidagi ko‘rinishda yoziladi: X0 = Z0 + U0 , bu erda: X0-daryo havzasiga yoqqan yog‘inning o‘rtacha ko‘p yillik qatlami, mm da; Z0-daryo havzasidan bo‘ladigan o‘rtacha ko‘p yillik bug‘lanish, mm da; U0-havzada hosil bo‘lgan oqim qalinligi, mm da. YUqoridagi ifodada keltirilgan kattaliklarni hajm o‘lchov birligi(m3 yoki km3)da ham ifodalash mumkin. Gidrologiyada asosiy e’tibor yog‘inlarning er sirtiga tushgandan keyingi holatini o‘rganishga qaratiladi. Bug‘lanish natijasida atmosferaga ko‘tarilgan suv bug‘lari elastikligi berilgan temperaturada maksimal qiymatga etganda suyuq holatga o‘tadi. Suv bug‘larining to‘yinishi haroratning pasayishiga bog‘liq. SHuning uchun ham suv bug‘lari balandlikka ko‘tarilgan sari to‘yinish nuqtasiga yaqinlasha boradi. Suv bug‘larining ko‘tarilishiga va ularning shu jarayonda sovushiga quyidagilar ta’sir etadi: 1) er sirtining kuchli isishi; 2) ko‘tarilayotgan issiq havo oqimining sovuq havo massalari bilan to‘qnashishi; 3) issiq havoning tog‘ yonbag‘irlari bo‘ylab ko‘tarilishi. YUqorida qayd etilgan ta’sirlar natijasida suv bug‘lari to‘yinib, yog‘inlarni hosil qiladi va ular er sirtiga yomg‘ir, qor, do‘l ko‘rinishida yog‘adi. YOg‘in miqdori joyning geografik o‘rni, atmosfera sirkulyasiyasi, er sirti relefi kabi omillar bilan aniqlanadi. O‘rta Osiyo sharoitida joyning absolyut balandligi va relefi yog‘in miqdoriga har tomonlama ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, absolyut balandlikning ortishi bilan yog‘in miqdori ham ortadi. Lekin har doim ham shunday bo‘lavermaydi. Masalan, SHarqiy Pomir va SHarqiy Tyanshanda absolyut balandlik katta bo‘lsa-da, yog‘in miqdori ularning g‘arbiy qismlariga nisbatan kamdir. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, yog‘inlarning o‘lchangan qiymatlari ularning haqiqiysidan kam ekan. O‘lchashlardagi xatolikning manbalari quyidagilardan iborat: 1) yog‘inning yog‘in o‘lchagich devorlarini namlashga sarflangan qismi; 2) shamol ta’sirida hosil bo‘lgan turbulentlik natijasida yog‘inning yog‘in o‘lchagichga tushmasligi; 3) yog‘in o‘lchagichga tushgan yomg‘ir tomchilarining atrofga sachrashi; 4) yog‘in o‘lchagichda to‘plangan yog‘inning ma’lum miqdorda bug‘lanishi. Qayd etilgan xatolik manbalari hisobga olinib, yog‘inlarning o‘lchash aniqligini oshirish maqsadida maxsus tuzatmalar kiritiladi. Ularning qiymatlari iqlimiy ma’lumotnomalarda keltiriladi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling