1. QuruQlik suvlari hosil bo‘lishining


Daryo havzasining maydoni


Download 1.6 Mb.
bet14/59
Sana06.02.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1170238
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   59
Bog'liq
3.Амалий машгулот (155-225-бетлар)

Daryo havzasining maydoni (F) ni aniqlash uchun dast­lab u kartada suvayirg’ich chiziqlari bilan chegaralab oli­nadi. CHegaralab olingan maydonning yuzasini quyidagi usullar bilan aniqlash mumkin:
- grafik usul;
- planimetrik usul.
Daryo havzasining maydonini grafik usulda aniqlashda ma’lum o’lchamdagi katakchalardan tashkil topgan maxsus paletkadan foydalaniladi. Katakchalarning o’lchami karta masshtabiga bog’liq holda tanlanadi.
Havza maydonini planimetrik usulda aniqlashda maxsus o’lchov asbobi-planimetrdan foydalaniladi. Shu maqsadda keyingi yillarda ancha takomillashtirilgan polyar planimetr (PP-2k)lar qo’llanilmoqda.
Daryo havzasining uzunligi (Lh) daryoning quyilish joyi bilan suvayirg’ich chizig’ida undan eng uzoqda joylashgan nuqtani tutashtiradigan to’g’ri chiziqning uzunligiga tengdir. Uni aniqlash uchun chizg’ichning "0" raqami daryoning quyilish nuqtasiga qo’yilib, ikkinchi tomoni suvayirg’ich ustida soat strelkasi yo’nalishi bo’yicha aylantiriladi.
Daryo havzasining eng katta va o’rtacha kengliklari bir­biridan farq qiladi.
Havzaning eng katta kengligi (Vmax) daryo havzasi­ning eng keng joyidan havza uzunligini ifodalaydigan chiziqqa nisbatan o’tkazilgan perpendikulyarning uzunli­gidan iboratdir. Demak, daryo havzasining eng katta kengligi kartadan o’lchash natijasida aniqlanadi.
Havzaning o’rtacha kengligi (Vo’rt) esa quyidagi ifoda yordamida hisoblab topiladi:




Daryo havzasining cho’zilganligi cho’zinchoqlik koeffi­tsi­enti (d) orqali ifodalanadi va u quyidagi tenglik yordamida hisoblab topiladi:



bu erda L-bosh daryoning uzunligi, F-daryo havzasining maydoni.


Daryo havzasining simmetriklik darajasi bosh daryoga nisbatan aniqlanadi. Uni ifodalash uchun havzaning asimmetriya koeffitsientidan foydalaniladi. Asimmet­riya koeffitsienti quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:

bu erda va -mos ravishda havzaning bosh daryoga nisbatan chap va o’ng qismlarida joylashgan maydonlari.



Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling