1. QuruQlik suvlari hosil bo‘lishining


Daryo havzasining o’rtacha balandligi


Download 1.6 Mb.
bet15/59
Sana06.02.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1170238
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59
Bog'liq
3.Амалий машгулот (155-225-бетлар)

Daryo havzasining o’rtacha balandligi (No’rt). Ma’lumki, joyning balandligi o’zgarishi bilan tabiiy omillar ham o’zgarib boradi. Bu o’zgarishlar daryolarning gidrologik rejimiga ham o’z ta’sirini o’tkazadi. Shuni hisobga olib, har bir daryo havzasining o’rtacha balandligi aniqlanadi. Daryo havzasining o’rtacha balandligini quyidagi usullar bilan aniqlash mumkin:
a) to’la usul;
b) soddalashtirilgan usul;
v) daryo havzasining gipsografik egri chizig’i yordamida.
Birinchi, yahni to’la usulda daryo havzasining o’rtacha balandligini quyidagi ifoda yordamida hisoblash mumkin:



bu erda -gorizontallar bilan chegaralangan maydonchalar, -gorizontallar bilan chegaralangan maydonchalarning o’rtacha balandliklari (3.2-rasm).


Soddalashtirilgan usulda daryo havzasi tegishli o’lchamdagi kvadrat shaklidagi kataklarga bo’lib chiqiladi va har bir katakning markazi joylashgan nuqtaning o’rtacha balandligi aniqlanadi. So’ng kataklar markazlari joylashgan nuqtalarning balandliklari yig’indisini kataklar soniga bo’lib, havzaning o’rtacha balandligi aniqlanadi.
Havzaning o’rtacha balandligini uchinchi usul bilan aniqlashda havzaning gipsografik egri chizig’i (havza maydonining balandlikka mos ravishda ortishi) grafigi chiziladi (3.3-rasm). Mazkur grafikni chizish texnologiyasi quyida-amaliy mashg’ulotni bajarish jarayonida batafsil yoritiladi. Grafikda havza maydonining 50 foiziga mos keladigan balandlik havzaning o’rtacha balandligini ifodalaydi.
Havzaning o’rtacha nishabligi( ) gidrologiya va suv xo’jaligiga oid hisoblashlarda muhim ahamiyatga egadir. ¨mg’irdan, qorning erishidan hosil bo’lgan yuza suvlarning daryo o’zaniga quyilish tezligi, havzada tuproq va tog’ jinslarining yuvilishi, yahni suv eroziyasi kabi jarayonlar havzaning nishabligi bilan bog’liqdir. Havzaning o’rtacha nishabligi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:

ifodada -gorizontallar farqi, -gorizontal­larning uzunliklari, -havza maydoni (9­rasm). Nishablik o’nli kasr ko’rinishida yoki promillarda ifodalanadi.



Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling