1. QuruQlik suvlari hosil bo‘lishining


Download 1.6 Mb.
bet18/59
Sana06.02.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1170238
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   59
Bog'liq
3.Амалий машгулот (155-225-бетлар)

Ishning nazariy asoslari
Tayanch atamalar va iboralar: daryo vodiysi, qayir, vodiy tubi, daryo o’zani, o’zanning ko’ndalang qirqimi, jonli kesma maydoni, ko’ndalang qirqim yuzasi, namlangan perimetr, gidravlik radius, daryoning kengligi, o’rtacha chuqurligi, eng katta chuqurligi, suv sarfi, suv sathi, suvning oqish tezligi, xarakterli suv sarflari.

Daryo vodiysi va uning elementlari haqidagi ma’lumotlar «Gidrologiya asoslari» darsligida batafsil yoritilgan. Shuni hisobga olib, quyida amaliy ishga tegishli asosiy fikrlarni qisqacha takrorlash bilan chegaralanamiz.


Daryo vodiysi suv oqimining er sirtida bajargan ishi natijasida vujudga kelib, daryoning boshlanishidan quyi qismi tomon ketgan yassi yonbag’irlari va nishabligi bilan xarakterlanadi. Har qanday daryo vodiysida quyidagi elementlar mavjud bo’ladi:
- daryo o’zani - vodiyning oqar suv egallagan qismi;
- qayir - daryoda toshqin yoki to’linsuv kuzatilganda vo­diyning suv bosadigan qismi;
- vodiy tubi-daryo o’zani va qayir birgalikda vodiy tubini tashkil etadi.
Daryo vodiysining tuzilishi, shakli va o’lchamlari daryoning suv rejimiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Daryo o’zanining shakli vodiyning tuzilishi, daryoning suvlilik darajasi, o’zanni tashkil etgan jinslarning geo­logik turiga bog’liq holda daryo uzunligi bo’yicha o’zgaruvchan bo’ladi. Daryo o’zanining shakli planda izobatlar bilan ifodalanadi. Izobatlar-daryo o’zanida bir xil chuqurlik­dagi nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqlardir.
Gidrologiyada daryo o’zanining ko’ndalang qirqimi muhim ahamiyatga ega. Daryoning oqim yo’nalishiga perpendikulyar qirqim o’zanning ko’ndalang qirqimi deyiladi. Ko’ndalang qirqimning suv oqayotgan qismi esa jonli kesma maydoni deb nomlanadi. Ayrim hollarda ko’ndalang qirqimda suv oqmaydigan joylar ham uchraydi. Ular harakatsiz-o’lik maydon deyiladi.
Daryo o’zani ko’ndalang qirqimining quyidagi elementlari mavjud:

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling