1. QuruQlik suvlari hosil bo‘lishining
-10- mashg’ulot. Daryo oqimi ko‘rsatkichlarini hisoblash
Download 1.6 Mb.
|
3.Амалий машгулот (155-225-бетлар)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning nazariy asoslari Tayanch atamalar va iboralar
9-10- mashg’ulot. Daryo oqimi ko‘rsatkichlarini hisoblash.
Ishning maqsadi Ushbu amaliy mashg’ulotning maqsadi talabalarni daryo oqimining miqdoriy ko’rsatkichlari, ularni ifodalash va hisoblash usullarini to’la egallab olishlariga zamin yaratishdir. Ishning nazariy asoslari Tayanch atamalar va iboralar: daryo oqimi, yuza oqim, yonbag’irlar oqimi, daryo oqimiga ta’sir etuvchi omillar, suv sarfi, oqim hajmi, oqim moduli, oqim qatlami, oqim koeffitsienti, oqimning modul koeffitsienti. Daryo oqimi yomg’ir hamda tog’lardagi qor va muzliklarning erishi hisobiga hosil bo’ladi. Har ikki holda ham hosil bo’lgan suvning bir qismi er ostiga shimiladi, bir qismi bug’lanadi, faqat qolgan qismigina oqim hosil bo’lishida ishtirok etadi. ¨mg’irning yog’ishi yoki qor va muzlikning erish jadalligi er ostiga shimilish hamda bug’lanishning birgalikdagi jadalligidan katta bo’lgandagina oqim hosil bo’ladi. Yuqoridagi shart bajarilgandan so’ng hosil bo’lgan oqim yuza oqim yoki yonbag’irlar oqimi deyiladi. Bunda oqim juda kichik jilg’alar ko’rinishida bo’ladi. Ana shu kichik jilg’alardan vaqtinchali oqar suvlar, ular esa o’z navbatida qo’shilib, o’zanda doimiy oquvchi soylarni hosil qiladi. Soylar suvining qo’shilishidan daryolar oqimi hosil bo’ladi. Daryolarga er osti suvlari ham kelib qo’shiladi. Demak, daryo oqimining hosil bo’lishida er usti va er osti suvlari ishtirok etadi. Daryo oqimining hosil bo’lishi juda murakkab tabiiy jarayon bo’lib, unga quyidagi omillar bevosita yoki bilvosita ta’sir etadi: havzaning geografik o’rni, iqlim sharoiti, geologik tuzilishi, relefi, tuproq sharoiti, o’simlik qoplami, gidrografik sharoiti (muzlik, ko’l, botqoqlik) va boshqalar. Daryo oqimining hosil bo’lishiga yuqorida qayd etilgan tabiiygeografik omillar majmui bilan bir qatorda insonning daryo havzasidagi xo’jalik faoliyati-antropogen omil ham jiddiy ta’sir ko’rsatadi. U yoki bu omilning daryo oqimiga bo’lgan ta’sirini alohida ko’rsatish va uni tekshirish juda murakkab vazifadir. CHunki bu omillarning hammasi birgalikda harakat qiladi, ko’pchilik hollarda esa ular o’zaro bog’liqdir. Bu masalalar «Gidrologiya asoslari» darsligida keng yoritilgan. Daryolar oqimini miqdoriy baholashda suv sarfi, oqim hajmi, oqim moduli, oqim qatlami (qalinligi), oqim koeffitsienti va oqimning modul koeffitsienti kabi ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Suv sarfining tahrifi, uni aniqlash usullari, o’lcham birliklari ikkinchi amaliy mashg’ulotda bayon etilgan. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling