Ishni bajarish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar
Berilgan: o’rganilayotgan daryo uchun tiklangan kundalik suv sarflari jadvali.
Ishni bajarish maqsadida qo’yilgan vazifalar
1) tiklangan suv sarfi jadvali ma’lumotlaridan foydalanib, daryo gidrografi chizilsin;
2) gidrografdan o’rganilayotgan daryoning suv rejimi fazalari-to’linsuv davri, kam suvli davr, toshqin davri ajratilsin;
3) suv rejimining har bir davri uchun quyidagi elementlar aniqlansin:
a) boshlanishi;
b) tugashi;
v) umumiy davom etish vaqti;
g) eng katta-maksimal, eng kichik-minimal va o’rtacha suv sarflari;
d) oqim hajmi.
4) o’rganilayotgan daryoning yillik oqim hajmi quyidagi usullar yordamida aniqlansin:
a) oylik oqim hajmlarining yig’indisi sifatida;
b) o’rtacha yillik suv sarfiga asosan;
v) suv rejimi davrlaridagi oqim hajmlarining yig’indisi sifatida.
5) suv rejimi davrlaridagi oqim hajmlarining yillik oqimga nisbatan hissalari aniqlansin.
6) bajarilgan ishning tahliliy bayoni yozilsin.
Ishni bajarish tartibi
1. Tiklangan suv sarfi jadvali ma’lumotlaridan foydalanib, daryo gidrografini chizish.
Daryo gidrografini chizish maqsadida dastlab suv sarfi (Q) va vaqt (T) uchun masshtab tanlanadi. CHizilgan gidrografning namunasi rasmda keltirilgan.
2. Gidrografdan o’rganilayotgan daryoning suv rejimi fazalari-to’linsuv, kam suvli, toshqin davrlarini ajratish.
Gidrografda suv rejimi davrlari-to’linsuv, kam suvli va toshqin davrlarining boshlanish va tugash nuqtalarini belgilashda suv sarfining vaqt bo’yicha o’zgarishi jadalligi ehtiborga olinadi (6.1-rasm).
3. Suv rejimining har bir davri uchun xos bo’lgan elementlarini aniqlash.
Suv rejimining har bir davri uchun xos bo’lgan elementlarni aniqlash gidrograf asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |