To’linsuv davri elementlarini aniqlash:
-to’linsuv davrining boshlanishi-16 mart;
-tugashi-8 sentyabr;
-umumiy davom etishi-177 kun;
-to’linsuv davridagi eng katta suv sarfi-62,0 m3/sek va u kuzatilgan kun-22 may;
-eng kichik suv sarfi-12,30 m3/sek, va u kuzatilgan kun-8 sentyabr.
To’linsuv davridagi o’rtacha suv sarfi( )ni turli usullar bilan aniqlash mumkin. Quyida uning qiymatini o’rtacha arifmetik usul bilan hisoblaymiz:
Demak, to’linsuv davridagi o’rtacha suv sarfi
32,22 m3/sek ga teng.
To’linsuv davridagi oqim hajmini quyidagi ifoda bilan aniqlaymiz:
Wto’l = T · 177 · 86400 · 32,22 q 492,7 · 106 m3 .
Yuqoridagi ifodadalardagi Q1-to’linsuv davrining 1-kunidagi suv sarfi, Qn-to’linsuv davrining oxirgi kunidagi suv sarfi, -to’linsuv davridagi o’rtacha suv sarfi, n-to’linsuv davrining umumiy davom etish vaqti (kunlarda).
Toshqin davri elementlarini aniqlash.
Gidrografdan ko’rinib turibdiki, daryoda o’rganilayotgan yilda ikkita toshqin kuzatilgan. Shuning uchun hisoblashlarni alohida-alohida bajaramiz.
Birinchi toshqin elementlarini aniqlash:
-boshlanishi-15 fevral;
-tugashi-28 fevral;
-umumiy davom etishi-14 kun;
-eng katta suv sarfi-19,5 m3/sek;
-eng kichik suv sarfi-12,2 m3/sek;
-o’rtacha suv sarfi:
m3/sek;
-oqim hajmi:
W1-tosh = T · =14 · 86400 · 15,72 = 19,0 · 106 m3.
ikkinchi toshqin elementlarini aniqlash:
-boshlanishi-8 dekabr;
-tugashi-21 dekabr;
-umumiy davom etishi-14 kun;
-eng katta suv sarfi-19,0 m3/sek;
-eng kichik suv sarfi-7,0 m3/sek;
-o’rtacha suv sarfi:
m3/sek;
-oqim hajmi:
W2-tosh = T · =14 · 86400 · 11,0 = 13,3 · 106 m3.
Do'stlaringiz bilan baham: |