a) ko’lning suv yuzasi maydoni (Fk), bunda "0" izobat ichidagi suv yuzasigina hisobga olinadi;
b) ko’lning umumiy maydoni (Fu), ko’ldagi orollar yuzasi ham qo’shib hisoblanadi.
Ko’lning uzunligi (Lk), suv yuzasining asosiy o’lcham ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi va uning quyidagi ko’rinishlari o’zaro farqlanadi:
a) ko’lning eng katta uzunligi (Lmax)-suv yuzasi bo’ylab qarama-qarshi qirg’oqlardagi birbiridan eng uzoq masofada joylashgan ikki nuqtani tutashtiradigan chiziqning uzunligi;
b) ko’lning samarali uzunligi (Lc), ko’l yuzasidagi ixtiyoriy nuqta bilan qirg’oqda undan eng uzoq masofada joylashgan nuqtani tutashtiruvchi to’g’ri chiziq. Bu chiziq shamol va to’lqinlarning tarqalishiga halaqit beradigan quruqlik yoki orolni kesib o’tmasligi kerak;
v) ko’lning eng katta samarali uzunligi (Lmc), qirg’oqlarda birbiridan eng uzoq masofada joylashgan ikki nuqtani tutashtiruvchi to’g’ri chiziqning uzunligi. Bu chiziq yo’nalishida shamol va to’lqinlar harakatiga orol yoki bo’rtib chiqqan yarim orollar halaqit bermaydi. Ayrim hollarda ko’lning eng katta uzunligi bilan ko’lning eng katta samarali uzunligi ustma-ust tushishi mumkin;
g) ko’lda shamolning samarali tarqalish uzunligi (Lsh), ko’l yuzasidagi ixtiyoriy nuqta bilan qirg’oqlardagi shamolning asosiy yo’nalishidan 45 gradusdan kichik farq bilan joylashgan nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqlar uzunligi.
Ko’lning kengligi (Vk) ma’lum ko’llar guruhini o’zaro solishtirish maqsadida aniqlanadi. Ko’llarning eng katta kengligi, eng katta samarali kengligi va o’rtacha kengligi sonli qiymatlari bo’yicha bir-biridan farq qiladi:
a) ko’lning eng katta kengligi (Vmax), qarama-qarshi qirg’oqlarda bir-biridan eng uzoq masofada joylashgan ikki nuqtani tutashtiruvchi va shu bilan birga ko’lning maksimal uzunligiga perpendikulyar bo’lgan chiziqning qiymati;
Do'stlaringiz bilan baham: |