b) ko’lning eng katta samarali kengligi (Vs), qarama-qarshi qirg’oqlardagi bir-biridan eng uzoq masofadagi nuqtalarni tutashtiruvchi va eng katta samarali uzunlikka perpendikulyar bo’lgan chiziqning uzunligi. Bu chiziq orolni ham, yarim orolni ham kesib o’tmasligi kerak;
v) ko’lning o’rtacha kengligi (Vo’rt), ko’lning suv yuzasi maydoni (Fk)ning ko’lning eng katta uzunligi (Lmax)ga nisbati sifatida hisoblab topiladi:
.
Ko’lning qirg’oq chizig’i uzunligi ( ) qirg’oqlarni chegaralab turgan "0" izobat uzunligi bo’yicha aniqlanadi. Bu ko’rsatkichdan tashqari ko’lning umumiy (yig’indi) qirg’oq chizig’i uzunligi ( ) tushunchasi ham mavjud. Bunda ko’l qirg’oqlarini ifodalovchi asosiy "0" izobat bilan birga ko’ldagi barcha orol va orolchalarga tegishli "0" izobatlar uzunliklari ham qo’shib hisoblanadi.
Ko’lning qirg’oq chizig’i egri-bugriligi tegishli koeffitsient- bilan ifodalanadi. Bu koeffitsient qirg’oq chizig’i qiyofasining sonli ko’rsatkichi bo’lib, quyidagicha aniqlanadi:
.
Ushbu ifodadan ko’rinib turibdiki, "0" izobat (izogips) bilan chegaralangan qirg’oq chizig’i uzunligining maydoni ko’l maydoniga teng bo’lgan doirani chegaralovchi aylana uzunligiga nisbati bilan ifodalanadi. Demak, suv yuzasi shakli mutlaq doira ko’rinishidagi ko’lda q1 ga teng bo’ladi. Ko’llarda qirg’oq chizig’i egri-bugri bo’lganligi sababli doimo > 1 sharti bajariladi.
Ko’lning orolliligi ( ) ko’ldagi orollar egallagan maydon ( )ning ko’lning umumiy maydoniga nisbati sifatida foizlarda ifodalanadi:
.
Izobat (izogips)lar uzunligi ( ). Ko’l tubi kartasi (plani)ni tuzishda dastlab ma’lum qoidalar asosida, turli qurilma yoki uskunalar yordamida, chuqurlik o’lchash ishlari bajariladi. Mana shu ma’lumotlardan foydalanib, ko’l tubi relefining izobat(izogips)larda ifodalangan plani chiziladi. Shu plan asosida istalgan chuqurlikka tegishli bo’lgan izobat (izogips)lar uzunliklarini aniqlash mumkin.
II. Ko’llar kosalarining shakl va o’lchamlari ko’l hajmi (ko’l kosasining suv sig’imi), ko’lning chuqurligi, ko’l tubi nishabligi, ko’l tubining g’adirbudurligi, ko’lning hajmiy egribugriligi kabi ko’rsatkichlar bilan ifodalanadi.
Ko’l hajmi (Vk) ko’lda mavjud bo’lgan suv hajmidir. Uning qiymati quyidagi ifodalarning biri bilan aniqlanishi mumkin:
, (1)
, (2)
bu erda: -izobatlar farqi; -eng quyi izobat bilan eng katta chuqurlik orasidagi farq; bo’lib, izobatlar soni (tartibi)ni ifodalaydi; -izobatlar bilan chegaralangan maydonlar. Yuqoridagi (2) ifoda Simpsonning parabolik ifodasi deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |