1. QuruQlik suvlari hosil bo‘lishining
Download 1.6 Mb.
|
3.Амалий машгулот (155-225-бетлар)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Loyqa oqiziqlar oqimining o’rtacha qiymatini hisoblash.
- 3. Yuvilish modulini hisoblash
- 6. Hisoblashlar natijalarini tahlil q ilish .
- Sinov savollari
Ishni bajarish tartibi
Quyida hisoblashlarni Ugom daryosi suv va oqiziqlar sarflarining 8.1-jadvalda keltirilgan o’rtacha qiymatlari misolida bajaramiz. Hisoblashlarda ishning nazariy asoslarida keltirilgan ifodalardan foydalanamiz. 1. Daryo suvining o’rtacha loyqaligini hisoblash. Bu ishni amalga oshirish uchun yuqorida keltirilgan ifodadan foydalanamiz: 8.1-jadval O’rta Osiyo daryolarida kuzatilgan suv va oqiziqlar sarflarining ekstremal qiymatlari
Izoh: amaliy mashg’ulotning variantlari jadval ma’lumotlari asosida tuziladi. 2. Loyqa oqiziqlar oqimining o’rtacha qiymatini hisoblash. Ishning vazifasida ko’rsatilganidek, loyqa oqiziqlar oqimini og’irlik va hajm o’lchov birliklarida aniqlaymiz: a) loyqa oqiziqlar oqimini og’irlik o’lchov birligida ifodalash: b) loyqa oqiziqlar oqimini hajm o’lchov birligida ifodalash: , bu erda -loyqa oqiziqlarning solishtirma og’irligi bo’lib, uning qiymatini 1,5 ga teng deb qabul qildik. 3. Yuvilish modulini hisoblash: 4. Yuvilish qalinligini hisoblash: 5. Erozion metrni hisoblash: Demak, Ugom daryosi havzasi, unda hosil bo’ladigan loyqa oqiziqlarning o’rtacha qiymati 9,7 kg/sek ga teng bo’lganda, 4255 yil davomida 1 metrga pasayadi. Bu qiymat, tabiiyki, hisob davriga bog’liq holda o’zgaradi. Ugom daryosi loyqa oqiziqlarining eng katta(max) va eng kichik(min) ko’rsatkichlari ham berilgan suv va oqiziqlar sarflarining 8.1-jadvalda keltirilgan ekstremal qiymatlari bo’yicha yuqoridagi tartibda aniqlanadi. Shunday hisoblashlar Amudaryo misolida ham takrorlandi. Hisoblashlar natijalarini o’zaro solishtirish uchun ularni jadvalda umumlashtirish lozim(8.2-jadval). 8.2-jadval Hisoblashlar natijalarini solishtirish
6. Hisoblashlar natijalarini tahlil qilish. Ushbu amaliy mashg’ulotda suv eroziyasi va loyqa oqiziqlar ko’rsatkichlari ikkita daryo-Amudaryo (Karki) va Ugom (Xojikent) daryolari bo’yicha hisoblandi. o’rganilayotgan daryolar uchun suvning loyqaligini, oqiziqlar oqimini og’irlik va hajm o’lchov birliklarida hisoblandi. Barcha hisoblashlar natijalari jadvalda umumlashtirildi. So’ng jadval ma’lumotlari har ikki daryo uchun chiqarilgan natijalarni solishtirish asosida chuqur tahlil qilinadi. Ushbu natijalardan qanday ilmiy va amaliy masalalarni hal etishda foydalanish mumkinligi bayon etiladi. Sinov savollari 1. Suv eroziyasi tasniflari qanday belgilar bo’yicha amalga oshiriladi? 2. Suv eroziyasi kuzatilish o’rniga bog’liq holda qanday guruhlarga ajratiladi? 3. Suv eroziyasini jadalligi bo’yicha tasniflashda qanday mezon ehtiborga olinadi? 4. Tabiiy yoki geologik eroziya deganda nimani tushunasiz? 5. Jadallashgan yoki antropogen eroziyani keltirib chiqaruvchi omillarni sanab bering. 6. Daryoning energiyasi qanday aniqlanadi? 7. Daryoning quvvati qanday o’lcham birligida ifodalanadi? 8. Daryoning solishtirma quvvati qanday aniqlanadi? 9. Daryoning to’la quvvati qanday hisoblanadi? 10. Tabiiy sharoitda daryo suvida mavjud bo’lgan energiya nimalarga sarflanadi? 11. Daryolarning loyqa oqiziqlari nima maqsadda o’rganiladi? 12. Daryolarning loyqa oqiziqlari qanday omillar ta’sirida hosil bo’ladi? 13. Oqiziqlar oqimi moduli yoki yuvilish moduli nima? 14. Muallaq va o’zan tubi oqiziqlarining farqini ayting. 15. Daryo havzasida kechadigan suv eroziyasi jadalligi qanday baholanadi? Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling