1. QuruQlik suvlari hosil bo‘lishining
Ko’lning eng katta va o’rtacha chuqurliklarini aniqlash
Download 1.6 Mb.
|
3.Амалий машгулот (155-225-бетлар)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. Ko’l kosasining maydon va hajm egri chiziqlari grafigini chizish.
- 10. Bajarilgan ishning tahlili
- Sinov savollari
7. Ko’lning eng katta va o’rtacha chuqurliklarini aniqlash.
a) ko’lning eng katta chuqurligi(hmax) o’lchash natijalari bo’yicha aniqlanadi. 9.1-rasmdagi chizmada keltirilgan ma’lumotlar bo’yicha: hmax q 9.2 m. b) ko’lning o’rtacha chuqurligi(ho’rt) quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi: ho’rt = 8. Ko’l kosasining maydon va hajm egri chiziqlari grafigini chizish. Bu chizma 9.1-jadval ma’lumotlari asosida chiziladi (9.2-rasm). 9. Ko’l kosasi shaklini ifodalaydigan koeffitsientni hisoblash: Ma’lumki, S.D.Muraveyskiy tasnifi bo’yicha Sq1,0 bo’lsa, ko’l shakli tsilindrsimon, S q 0,33 bo’lganda esa konussimon bo’ladi. «S»ning qiymatini hisoblash natijasidan ko’rinib turibdiki, amaliy mashg’ulotda o’rganilib chiqilgan ko’l kosasi shakli paraboloidsimon ekan. 10. Bajarilgan ishning tahlili Ushbu amaliy mashg’ulot ko’llarning shakl va o’lcham ko’rsatkichlarini aniqlashga bag’ishlangan bo’lib, unda Kumushko’lning suv yuzasi maydonini, uzunligini, kengligini, maksimal va o’rtacha chuqurligini, ko’l kosasi shaklini, ko’l kosasi sig’imini, ko’l kosasining maydon va hajm egri chiziqlari grafigi chizildi. Tahliliy bayonnomani tuzishda olingan natijalarning, aniqrog’i ko’llarning shakl va o’lcham ko’rsatkichlarini aniqlashning ilmiy va amaliy ahamiyatiga ham ehtibor qaratish lozim. Sinov savollari 1. Ko’l deb qabul qilinadigan suv havzasi qanday shartlarga javob berishi kerak? 2. Ko’l botig’i va ko’l kosasining farqini ayting. 3. Ko’l kosasida qanday qismlar ajratiladi? 4. Litoral va sublitoral tushunchalarining mahnosini aytib bering. 5. Profundal nima? 6. Dunyo ko’llariga qisqacha tavsif bering. 7. Yevrosiyo materigi ko’llariga xos bo’lgan xususiyatlar nimalardan iborat? 8. O’rta Osiyo ko’llarini joylashish o’rniga bog’liq holda qanday guruhlarga ajratish mumkin? 9. O’rta Osiyoning tog’ ko’llariga xos bo’lgan xususiyatlarni ayting. 10. O’rta Osiyoning tekislik ko’llari qanday suvlar hisobiga to’yinadi? 11. Ko’llarning genezisi bo’yicha tasniflari qaysi olimlar tomonidan ishlab chiqilgan? 12. M.A.Pervuxin tasnifi qachon yaratilgan va unda ko’llar qanday guruhlarga ajratilgan? 13. B.B.Bogoslovskiy tasnifining oldingi tasniflardan farqi nimada? 14. O’rta Osiyo ko’llarining A.M.Nikitin tomonidan taklif etilgan tasnifini eslang. 15. Antropogen ko’llar qanday guruhlarga ajratiladi? 16."Ko’llar morfologiyasi" va "ko’llar morfometriyasi" tushunchalarining mahnosini aytib bering. 17. Ko’llar suv yuzasining shakli va o’lchamlari qanday ko’rsatkichlar orqali ifodalanadi? 18. Ko’lning suv yuzasi maydoni qanday aniqlanadi? 19. Ko’llar kosalarining shakli va o’lchamlarini ifodalovchi ko’rsatkichlarni sanab bering. 20. Ko’l tubi nishabligi qanday aniqlanadi? 21. Ko’llarning maydon va hajm egri chiziqlari qanday chiziladi? 22. Ko’llarning morfometrik belgilari bo’yicha qanday tasniflarini bilasiz? 23. P.V.Ivanov ko’llarning qanday tasniflarini taklif etgan? 24. O’rta Osiyo ko’llari morfologiyasi va morfometriyasiga qisqacha tavsif bering. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling