1. QuruQlik suvlari hosil bo‘lishining
Download 1.6 Mb.
|
3.Амалий машгулот (155-225-бетлар)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suv omborlarining gidrologik rejimi
- 2) sarflanuvchi elementlar
O‘zan suv omborlari daryo yoki soylar vodiylarida baland to‘g‘onlar qurib, suv oqimini bevosita to‘sish yo‘li bilan barpo etiladi.
To‘ldiriladigan suv omborlari daryo o‘zanidan chetda joylashgan tabiiy chuqurliklar, botiqlarni suvga to‘ldirish yo‘li bilan barpo etiladi. Suv omborlarining gidrologik rejimi ularning suv sathi, suv balansi, harorati, gidroximiyaviy va gidrofizik ko‘rsatkichlarining vaqt bo‘yicha o‘zgarishida aks etadi. Suv omborlarining suv balansini tuzishda to‘yintiruvchi va sarflanuvchi elementlar hisobga olinadi: 1) to‘yintiruvchi elementlarga quyidagilar kiradi: suv ombori yuzasiga tushadigan yog‘inlar-X; suv omboriga qo‘shiladigan daryolar suvi-Uk; suv omboriga qo‘shiladigan er osti suvlari-Uer; suv ombori yuzasida kondensatsiyalangan suv bug‘i–K. 2) sarflanuvchi elementlar quyidagilardan iborat: suv ombori yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanish-Z; suv omboridan oqib chiqadigan suvlar-Uch; suv ombori kosasi tubiga shimiladigan suvlar-Ush; suv omboridan turli maqsadlarda olinadigan suv-q. YUqoridagilarni bilgan holda ma’lum vaqt (oy, yil, ko‘p yil) uchun suv omborlarining suv balansi tenglamasini quyidagicha yozish mumkin: X + Uk + Uer + K = Z + Uch + Ush + q ±DW , tenglamadagi DW-o‘rganilayotgan vaqt (oy, yil, ko‘p yil) davomida suv omboridagi suv hajmining me’yorga nisbatan o‘zgarishini ifodalaydi. Ma’lumki, er yuzidagi ayrim, ayniqsa tog‘ daryolari juda loyqa oqadi. Natijada ularda qurilgan suv omborlarini tez loyqa bosib, suv sig‘imi yildan-yilga kamaya boradi. SHu tufayli suv omborlarining sedimentatsiya (cho‘kmalar hosil bo‘lishi) balansini o‘rganish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Suv omborlarining sedimentatsiya balansi tenglamasi quyidagi ko‘rinishda yoziladi: Wcho‘kma = Wkirim + Wqirg‘oq + WeolWchiqim ±DW, bu erda: Wcho‘kma-suv omborida cho‘kib qolgan loyqa oqiziqlar hajmi; Wkirim-suv omboriga daryolar, soylar keltirib quyadigan loyqa oqiziqlar hajmi; Wqirg‘oq-suv omboriga qirg‘oqlarning emirilishi, qulab tushishi natijasida qo‘shiladigan tog‘ jinslari hajmi; Weol-suv omboriga shamol keltirgan, changto‘zonlardan hosil bo‘ladigan cho‘kmalar; Wchiqim-suv omboridan chiqib ketadigan loyqa oqiziqlar hajmi, DW-hisob davrida suv omboridagi cho‘kmalar hajmining o‘zgarishini ifodalaydi. Bu kattaliklarni og‘irlik miqdorida (kg yoki tonna) yoki hajm ko‘rinishida (m3 yoki km3) ifodalash mumkin. Ushbu amaliy mashg‘ulotda suv omborlarining loyqa oqiziqlar bilan to‘lib borish jadalligini baholash usuli CHorbog‘ suv ombori misolida yoritiladi. YUqorida keltirilgan sedimentatsiya balansi tenglamasini bevosita CHorbog‘ suv omboriga tadbiq etadigan bo‘lsak, quyidagi mulohazalarni hisobga olish lozim. Birinchidan, ifodadagi Wkirim quyidagi tashkil etuvchilardan iborat: suv omboriga yirik daryolar-CHotqol va Piskom keltirib quyadigan loyqa oqiziqlar miqdori (Wd); suv omboriga gidrometrik kuzatishlar olib boriladigan kichik daryolar va soylar keltirib quyadigan loyqa oqiziqlar miqdori (Ws); suv omboriga gidrometrik kuzatishlar olib borilmaydigan soylar keltirib quyadigan loyqa oqiziqlar miqdori (Wh.o.); Ikkinchidan, suv omboriga yuza oqim bilan qirg‘oq bo‘yi maydonidan qo‘shiladigan loyqa oqiziqlar miqdori (Wq.b.) ham ancha katta qiymatlarni tashkil etadi. Demak, CHorbog‘ suv ombori uchun Wkirim quyidagi tashkil etuvchilardan iborat: Wkirim = Wd + Ws + Wh.o. + Wq.b. . CHorbog‘ suv omboriga qirg‘oqlarning emirilishi, qulab tushishi natijasida qo‘shilgan tog‘ jinslari hajmi haqida ma’lumotlar deyarli yo‘q hisobida. SHuning uchun keyingi hisoblashlarda Wqirg‘oq e’tiborga olinmaydi. Suv omboriga shamol keltiradigan tog‘ jinslari haqida ham ma’lumotlar yo‘q. Suv omboridan quyi befga oqib chiqadigan loyqa oqiziqlar miqdori(Wchiqim)ni ham 0 ga teng deb qabul qildik. Ushbu mulohazalardan so‘ng CHorbog‘ suv omborining sedimentatsiya balansi tenglamasi quyidagicha yoziladi: Wcho‘kma = Wd + Ws + Wh.o. + Wq.b. ±DW , ifodadagi belgilashlar yuqorida berilgan. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling