Yozma manbalarda Buxoro tarixi va madaniyati


Download 63 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi63 Kb.
#1501932
  1   2
Bog'liq
13-MA\'RUZA


Buxoro vohasi shaharlari urbanizatsiyasi

Reja:


1. Yozma manbalarda Buxoro tarixi va madaniyati.
2. Buxoro vohasining tarixiy geografik shakllanishi.
3. Dastlabki yozma manbalardagi ma’lumotlar.
4. Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asari.

Yozma manbalarda Buxoro tarixi va madaniyati.
Buxoro vohasi Zarafshon daryosining quyi qismida tashkil topgan bo’lib, vohaning chegarasi shimolda Qiziltepa qirlaridan, janubda Qorako’l, g’arbda Qizilkir massividap sharqda Qorovulbozor qirlarigacha davom etadi. Voha mezolit zamonidan boshlab O’rta Osiyo tog’liklaridagi mo’zlarning erishidan hosil bo’lgan Zarafshon daryosining quyi qismida tashkil topgan. Zarafshon daryosi bundan 5000 yil oldin, yoki mil.avv. 3000 yillikda to’lib,—toshib oqib, butun Buxoro vohasi, janubda Qorako’l, Jondor tumanining g’arbiy qismidan o’tib, Amudaryo bo’yidagi hozirgi Nargizqal’a yaqinidan o’tib, Amudaryoga qo’yilgan. Zarafshon daryosi tez oquvchi tog’ daryosi bo’lib, o’zi bilan ko’p loyqa keltirgan. Buning natijasida Buxoro vohasining o’rni loyqa bilan to’lib borib, sekin —asta tekislikka aylangan.
Shu jixatdan Nil vodiysining paydo bo’lish jarayonlari aynan bizning vohamizda qaytarilgan. Misr Nilning farzandi bo’lganidek Buxoro vohasi ham Zarafshon daryosining xosilasidir. Sekin —asta aholi ko’chib kelgan va xo’jalik rivojlangan, madaniyat paydo bo’lgan.
Buxoro vohasi arxeologiyasini yoki moddiy — ashyoviy yodgorliklarini o’rganish uchun avvalo yozma manbalarga yanamiz. Bizning yurtimiz Buxoro vohasi haqida yozma ma’lumotlar ancha kam. Keyingi 30 — 40 yil davomida olib (kborilgan ilmiy —tadqiqotlar, yozma manbalar hamda arxeologik tekshirishlar bu o’lkada boy madaniyat yaratilganliganini ko’rsatadi.Hindlarning «Rigveda» to’plamida bizning o’lkamiz haqida ma’lumotlar bor. Unda shimoldan kelgan ko’chmanchi chorvador oriylar haqida ma’lumotlar uchraydi. Mil.avv.9 asrlarda oriylarning boy yashaganligi, ularning xo’jaligida chorvachilik katta rol o’ynaganligi haqida ma’lumot beriladi. Navbatdagi muxim manba «Avesto» dir. Unda mil.avv. 9 — 4 asrdagi xayot haqida so’z boradi. Qadimiy e’tiqodlar haqida fikr yuritiladi.
Antik zamon mualliflaridan Gerodotning (mil.avv.5 asr) «Yunon —Eron urushi tarixi» kitobida, uning «Klio» bo’limida bizning o’lkamiz to’g’risida fikr yuritiladi.
Ko’z ilg’amas kengliklarda xayot kechiruvchi massagetlar xo’jaligi, qurol —yarog’i, taqinchoqlari umuman turmush tarzi haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, bu davrda yashagan boshqa tarixchilar Kvant Kurstiy Ruf, Arrian, Polien singari "mualliflar mil.avv. IV asr voqealari haqida fikr yuritganlar. Ayniqsa ular Makedoniyalik Aleksandr yurishlarini bayon qiladilar. U bilan bog’liq voqealarga tayanib, bizning o’lkamizning xo’jalik hayoti haqida fikr yuritadilar. Bu asarlarda bevosita Buxoro deb nomlanib, Zarafshonning quyi kismidagi joylar haqida gapirilmagan bo’lsada, voqealar bayoni shu joy haqida tushuncha hosil qilish imkonini beradi. Antik zamon yozuvchilaridan faqat Arrianning «Aleksandr yurishlari» asarida kuyi Zarafshon vohasida kad kutargan Bagi qal’asi haqida bir marta aytib o’tiladi. Qadimiy aholi massagetlar Karmanadan Quyi Zarafshongacha bo’lgan xududlarda yashaganlar.

Download 63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling