Yozma manbalarda Buxoro tarixi va madaniyati


Massagetlar ittifogining 5 ta yirik kabila birlashmasi bo’lgan. Bular quyidagilar


Download 63 Kb.
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi63 Kb.
#1501932
1   2
Bog'liq
13-MA\'RUZA

Massagetlar ittifogining 5 ta yirik kabila birlashmasi bo’lgan. Bular quyidagilar:
1. Xorazmiylar
2. Derbiklar
3. Attasiylar
4. Avgasiylar
5. Apasiaklar
Buxoro to’g’risida, uning qadimgi tarixi, shaharning paydo bo’lishi xususida yakkayu —yagona, ancha keng ma’lumotlar beradigan tarixiy manba M.Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asaridir. Ushbu asar 943 — 944 yillarda yozilgan bo’lib, 1128 yilda Muxammed ibn Nasr al Quboviy tomonidan arabchadan fors tiliga o’girilgan. «Buxoro tarixi» asari 36 bobdan iborat bo’lib, Buxoroda hukmdorlik qilgan kishilar, Buxoro mavzelari haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. 2 bobda fasl keltirilib, «Buxoro o’rnashgan bu mavze ilgari botqoqlik bo’lib, uning ba’zi erlarini to’qayzor, daraxtzor va ko’kalamzorlar tashkil etgan. Ayrim joylari shunday bo’lganki, biror hayvon oyoq qo’yishga joy topolmagan. Buning sababi Samarqand tomonidagi viloyatlarda tog’larda qor erib, suvi oqib kelib, o’sha joylarga yig’ilib yotar edi.
Samarqand tomonida bir- katta dare borki, uni «Rudi Mosaf» «Mosaf daryosi» deydilar. Bu daryoga ko’p suv yig’ilgap, u bir talay erlarni yuvib o’pirib, ko’p loyqalarii surib kelgan va natijada bu botqoqliklar to’lib krlgan. Suv ko’p oqib kelaverdi, loyqalarni to Bitik (Chorjo’y va Amudaryo bo’yidagi qishloq) va Farobgacha surib keltiraverdi. So’ng suv toshib kelishi to’xtadi. Buxoro joylashgan er asta —sekin to’lib tekis erga aylandi. Shunday qilib, u katta dare So’g’d, bu loyqalar bilan to’lgan mavze Buxoro bo’lib koldi», deb - yozadi. Narshaxiy asarida Buxoro vohasi va uning atrofidagi qator aholi manzillari: Hyp, Vardonze — Vardona, Tarovcha — Tarob qishlog’i, Safna va Ispona qishloklari, Zandona, Poykend qal’asi Dabusiy singari aholi manzillari ta’riflangan. Shuningdek, Karmina, Hyp, Tavoyiz, Sharq, Zandana qishloqlari ta’riflangan. Bu erda katta qal’a, jome’ masjidlari bo’lganligi aytilgan Romitan, Varaxsha haqida so’z yuritilgan.Buxoro arxeologiyasi haqida uni o’rgangan, arxeologik jihatdan tadkikotlar o’tkazgan olimlar tomonidan qator ilmiy ishlar e’lon qilingan. Bular maqolalar, risolalar va ilmiy monografiya, kitoblar shaklidadir. Shulardan Yaxe G’ulomovning «Xorazm vohasini sug’orilish tarixi», «Buxoroning ibtidoiy davr tarixidan lavxalar» (A.Asqarov mas’ul muxarrir, Ya.G’ulomov).A.Muxammadjonovning «Qadimgi Buxoro» (1991), «Buxoro 2500 yoshda» (1998) singari asarlari, V.A. Shishkinning «Varaxsha» (1963) nomli monografiyasida ma’lumotlar berilgan.
Shuningdek, Jamoliddin Mirzaahmedov qator yillar davomida Buxoroda o’tkazilgan tekshirishlarda ishtirok qilib, topilgan sapollarni ilmiy tadqiq qildi. XVII —
XVII asrlarda Buxoro sapollari mavzusida ilmiy tadqiqotini yakunladi. Demak, yozma manbalarda Buxoroning qachon shakllanganligi, shaharning tarixiy topografiyasi qanday bo’lganligi haqida aniq ma’lumotlar berilmagan. Bu masalalar faqat arxeologik tadkikotlar natijasidagina oydinlashib, tarix sahifalaridan joy oldi.
Buxoro vohasi Buxoro amirligining markaziy mintaqasi bo’lib, o’zok; vaqtgacha bu joyda arxeologik tekshirishlar o’tkazish mumkin bo’lmagan. Ayniqsa, Buxoro hukmdorlari, islom dini vakillari o’lkadagi yodgorliklarni qazib o’rganishni man qilganlar. Dunyo miqyosida XVII —XVIII asrlardan boshlab qadimiy madaniyat obidalarini arxeologik nuqtai—nazardan tadqiq qilish boshlangan bo’lsa, bizning o’lkamizda bu ishlar faqatgina XX —asrning boshlaridan boshlangan. Shungacha vohadagi moddiy — ashyoviy ma’lumotlar ko’proq rus sayyohlari tomonidan to’planib, ilmiy doiraga ma’lum qilingan. 1820 yilda rus elchisi bo’lib kelgan Negri bir qator ma’lumotlarni to’plab, ularni tadqiqotchilar Eversman va Meyendorfga bergan. Ularning ishlarida bu ma’lumotlar keltirilgan. Buxoro vohasi to’g’risidagi maxsus dastlabki arxeologik ma’lumotni ingliz hukumati agenta A.Borns bergan edi. Uning «Xodja Obon degan joy» nomli ma’lumoti, bu joy atrofidan topilgan tangalar tasnifi Uilson va Prinseplarning 1839 yilda Londonda e’lon qilingan ishlarida keltirilgan. Bu ishlar 1831 — 33 yillardagi «Osiyo sayoxatlari» (Buxoro, Qobul, Eron, Hindiston) ma’lumotlariga bag’ishlangan (II tom, 455 — 473 b). Buxoro to’g’risidagi bir qator ma’lumotlarni naturamest Leman va sharqshunos Nikolay Xannikovlar 1840 yilni tog’ injeneri Butenev va Bogaslavskiylarning ekspedistiyasida ishtirok etib, ma’lumot to’plagan edilar. Nikolay Xannikov 1843 yilda Sankt —Peterburgda «Buxoro xonligining tavsifi» nomli asarini chiqardi. 1868 yilda Buxoro amirligi Rossiya tomonidan istilo qilingach, bu o’lkani o’rganuvchi, tadqiq qiluvchilar ko’paydi. XIX asrning 90 —yillari o’rtalarigacha arxeologik nuqtai nazardan tadqiqotlar salmog’i unchalik katta emasdi.
Arxeologik tadqiqotlarga biror joyga bevosita qazish ishlaridan tashqari, kollekstiyachilik, ashyolarni yig’ish, yodgorliklarni ko’zdan kechirib o’rganish, o’lchov ishlarini bajarish va ta’mirlash ishlari ham kiradi. Faqatgina Uilson va Prinstep hamda Buxorxudotlar tangalarini birinchi marta ajrata olgan numizmat olim Frend ishlarini alohida ko’rsatish mumkin. Bu olim 1840 yilda buxoroxudotlarning bir necha tangalarini ilmiy tahlil qilib, matbuotga chiqish qilgan.
1822 yilda akademik Keller buxorxudotlar tangalarni o’rganib, «Sibirskiy vestnik» to’plamida «Buxorodan keltirilgan qadimgi medallar» nomli maqolasini e’lon qildi (Sibirskiy vestnik I kiem 1824 yil 9—18 b.). Buxorxudotlar tangasini o’rganishda P. I.Lerx xam o’zining qimmatli ishini bag’ishlagan. Lerxning «Rus arxeologiyasi jamiyati» Sharq bo’limining to’plamida e’lon qilgan «Buxorxudotlar tangalari» nomli maqolasi ilmiy mulohazalarga boyligi bilan ajralib turdi (Rus arxeologiya jamiyati Sharq bo’limi ishlari Sankt-Peterburg 1875 y).Rus va chet el olimlari ishlarida Buxoro tangalari arab afsonalari va rivoyatlari bilan qo’shib tasvir — langan. V.Tizengao’zenning ishida shunday ma’lumotlarni ko’rish mumkin (V.Tizingao’zen «Sharqiy xalifa tanga­lari». S —Peterburg, 1873).Bu muallif Buxorxudotlarning tangalarini arab xalifaligining tangalari deb sharhlab xato qiladi. Yoki Ermitajdagi numizmatika bo’limida Fren tomonidan «Afrosiyob urug’idan bo’lgan turk hoqonlari tangalari» deb guruxlashtiriladi.
Turk hoqonlarining hech qachon Afrosiyob urug’idan bo’lmaganligi tushunilmagan.XIX asrning oxirlarida xarbiy topograf N.F.Sitnyakovskiy Buxoroga kelib, bir qator suratga olish ishlarini bajardi. U Buxoro vohasida bevosita arxeologik ko’zatuvlar olib borgan birinchi tadqiqotchi edi. Bu tadqiqotchi arxeolog va tarixchi bo’lmay, harbiy injener bo’lgan. U joylarni xaritalash jarayonida butun voha bo’ylab uchraydigan obidalarga xam qiziqqan. Vohadagi qishloqlar, ariqlar, tepaliklar tarixiy arxitektura yodgorliklari — masjid, Madrasa, xonakoh, namozgoh, sardobalarning xaritaga tushirib borgan. Kampirak devori xaritaga to’g’ri kiritilgan. Buxoro voxasini ilk o’rta asrlarda o’rab turgan, uni atrofdagi ko’chmanchilardan himoya qilgan devorni birinchi marta topografik kartalarga tushirgan. Sitnyakovskiy ko’rgan va tekshirishlar olib borgan vaqtda devor albatta dastlabki ko’rinishda emasdi. Ayrim joylarda 80 sm dan 1 m va 1,20 sm cha bo’lgan o’zun tepalik holida edi. Buni xaritaga to’g’ri belgilash olimdan katta bilim va mahorat talab qilardi.Kampir devorning xaritaga tushirilishi katta axamiyatga ega.bo’lib, devor Buxoro vohasining ilk o’rta asrdagi chegarasini belgilashda muxim o’rin tutgan.
Devor Hazora qishlog’idan boshlanib, butun Buxoro vohasini Gijduvon cho’l qismidan Vobkent, Shofirkon, Romitan, Jondor, Buxoro rayoni, Kogon va Qiziltepagacha borgan. Devor milodiy IV —V asrlarda barpo qilingan. Bu davrda butun Evroosiyo hududida xalklarning buyuk ko’chish davri bo’lgan. Yakkatut qishlog’i Kampirakning eng chekka chegarasi hisoblangan. Kampirak devorining shaklini ot taqasiga qiyoslaydilar. Yaxyo G’ulomov, Xalilullo Muxammadov, A.Muxammadjonovlar bu devorni o’rganganlar. Bu devor Buxoroning 22 ta rustakidan 15 tasini o’z ichiga olgan (Rustak — tuman).
Ayniqsa, devor qurilgan devordagi sug’orilgan erlar chegarasini aniqlash nihoyat qimmatli edi. Sitnyakovskiy bir qator shaharchalar, qadimgi mudofaa inshootlarini ko’rib chikdi. Uning alohida xizmati voha irrigastiya tizimining to’la tasvirlanishida bo’lgan. Hisobot 1896 yilda Rossiya Fanlar Akademiyasiga yuborilgan edi.Buxoro tarixi va arxeologiyasini o’rganishda B. V.Bartold taxriri ostida N.S.Likoshin tomonidan tarjima qilingan M.Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asari katta ahamiyatga ega. Bu kitobdagi izoxlardan birida V.V.Bartold ilmiy adabiyotlarda birinchi marta Varaxshani tilga olib, uning joylashgan o’rnini ko’rsatishga harakat qilgan. Bartoldning «Turkiston mo’g’ullar istylosi davrida» asarida Buxoro va uning atrofini ta’riflashga katta e’tibor bergan.
XX asr boshlarida N.N.Veselovskiy, V.L.Vyatkin, V.V.Bartold va boshqalar tomonidan Samarqandda o’tkazilgan arxeologik qazishlar jarayonida ancha ashyoviy dalillar, eng muximi O’rta Osiyo sharoiti uchun arxeologik tekshirishlar uslubiyotining o’ziga xos tomonlari ao’g’risida dastlabki tajribalar to’plana boshlandi. V.L.Vyatkingacha arxeologiya sohasida unchalik Katta ishlar qilinmagan. 1911 — 12 yillarda Vyatkin Afrosiyobni o’rgangan. Biroq hali arxeologik tekshirishlar uslubiyoti ishlab chiqilmagan edi. Rasmiy jihatdan arxeologik davrlashtirish qilinmagan edi. Shunday bo’lsada, Afrosiyob va Ko’xna Marvdagi qazishmalar arxeologiyaning xususan, O’rta Osiyosting arxeologiyasini fan bo’lib ravnaq topishida shart —sharoitlar yaratdi.XX asrning boshlarida Buxoro vohasida xam dastlabki arxeologik qazishmalar amalga oshirilgan. 1913—15 yillarda tarixchi sharqshunos ma’lumotiga ega bo’lgan L.A.Zimin tomonidan o’tkazilgan tekshirishlar ilmiy — uslubiy jihatdan ancha tayyorgarlik asosida yuqori ilmiy mulohazalarga boyligi bilan ajralib turdi (Rus arxeologiya jamiyati Shark bo’limi ishlari Sankt-Peterburg 1875 y). Rus va chet el olimlari ishlarida Buxoro tangalari arab afsonalari va rivoyatlari bilan qo’shib tasvir — langan. V.Tizengao’zenning ishida shunday ma’lumotlarni ko’rish mumkin (V.Tizingao’zen «Sharqiy xalifa tanga­lari». S —Peterburg, 1873).Bu muallif Buxorxudotlarning tangalarini arab xalifaligining tangalari deb sharhlab xato qiladi. Yoki Ermitajdagi numizmatika bo’limida Fren tomonidan «Afrosiyob urug’idan bo’lgan turk hoqonlari tangalari» deb guruxlashtiriladi. Turk hoqonlarining hech qachon Afrosiyob urug’idan bo’lmaganligi tushunilmagan.
XIX asrning oxirlarida xarbiy topograf N.F.Sitnyakovskiy Buxoroga kelib, bir qator suratga olish ishlarini bajardi. U Buxoro vohasida bevosita arxeologik ko’zatuvlar olib borgan birinchi tadqiqotchi edi. Bu tadqiqotchi arxeolog va tarixchi bo’lmay, xarbiy injener bo’lgan. U joylarni xaritalash jarayonida butun voha bo’ylab uchraydigan obidalarga ham qiziqqan. Vohadagi qishloqlar, ariqlar, tepaliklar tarixiy arxitektura yodgorliklari — masjid, Madrasa, xonakoh, namozgoh, sardobalarning xaritaga tushirib borgan. Kampirak devori xaritaga to’g’ri kiritilgai. Buxoro vohasini ilk o’rta asrlarda o’rab turgap, uii atrofdagi ko’chmanchilardan himoya qilgan devorni birinchi marta topografik kartalarga tushirgan. Sitnyakovskiy ko’rgan va tekshirishlar olib borgan vaqtda devor albatta dastlabki ko’rinishda emasdi. Ayrim joylarda 80 sm dan 1 m va 1,20 sm cha bo’lgan o’zun tepalik holida edi. Buni xaritaga to’g’ri belgilash olimdan katta bilim va mahorat talab qilardi.
Kampir devorning xaritaga tushirilishi katta ahamiyatga ega. bo’lib, devor Buxoro vohasining ilk o’rta asrdagi chegarasini belgilashda muxim o’rin tutgan. Devor Hazora qishlog’idan boshlanib, butun Buxoro vohasini Gijduvon cho’l qismidan Vobkent, Shofirkon, Romitan, Jondor, Buxoro rayoni, Kogon va Qiziltepagacha borgan. Devor milodiy IV — V asrlarda barpo qilingan. Bu davrda butun Evroosiyo hududida xalklarning buyuk ko’chish davri bo’lgan. Yakkatut qishlog’i Kampirakning eng chekka chegarasi hisoblangan.
Kampirak devorining shaklini ot taqasiga qiyoslaydilar. Yaxyo G’ulomov, Xalilullo Muxammadov, A. Muxammadjonovlar bu devorni o’rganganlar. Bu devor Buxoroning 22 ta rustakidan 15 tasini o’z ichiga olgan (Rustak — tuman). Ayniqsa, devor qurilgan devordagi sug’orilgan erlar chegarasini aniqlash nihoyat qimmatli edi. Sitnyakovskiy bir qator shaharchalar, qadimgi mudofaa inshootlarini ko’rib chiqdi. Uning alohida xizmati voha irrigastiya tizimining to’la tasvirlanishida bo’lgan. Hisobot 1896 yilda Rossiya Fanlar Akademiyasiga yuborilgan edi.
Buxoro tarixi va arxeologiyasini o’rganishda B. V.Bartold tahriri ostida N.S.Likoshin tomonidan tarjima qilingan M.Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asari katta ahamiyatga ega. Bu kitobdagi izohlardan birida V.V.Bartold ilmiy adabiyotlarda birinchi marta Varaxshani tilga olib, uning joylashgan o’rnini ko’rsatishga harakat qilgan. Bartoldning «Turkiston mo’g’ullar istilosi davrida» asarida Buxoro va uning atrofini ta’riflashga katta e’tibor bergan.XX asr boshlarida N.N.Veselovskiy, V.L.Vyatkin, V.V.Bartold va boshqalar tomonidan Samarqandda o’tkazilgan arxeologik qazishlar jarayonida ancha ashyoviy dalillar, eng muximi O’rta Osiyo sharoiti uchun arxeologik tekshirishlar uslubiyotining o’ziga xos tomonlari ao’g’risida dastlabki tajribalar to’plana boshlandi. V.L.Vyatkingacha arxeologiya sohasida unchalik katta ishlar qilinmagan. 1911 — 12 yillarda Vyatkin Afrosiyobni o’rgangan. Biroq hali arxeologik tekshirishlar uslubiyoti ishlab chiqilmagan edi. Rasmiy jihatdan arxeologik davrlashtirish qilinmagan edi. Shunday bo’lsada, Afrosiyob va Ko’xna Marvdagi qazishmalar arxeologiyaning xususan, O’rta Osiyoning arxeologiyasini fan bo’lib ravnaq topishida shart —sharoitlar yaratdi.XX asrning boshlarida Buxoro vohasida xam dastlabki arxeologik qazishmalar amalga oshirilgan. 1913—15 yillarda tarixchi sharqshunos ma’lumotiga ega bo’lgan L.A.Zimin tomonidan o’tkazilgan tekshirishlar ilmiy — uslubiy jixatdan ancha tayyorgarlik asosida yuqori saviyada amalga oshirilgan. Birok uning ishlarida xam taxminchilik pala — partishlik, ishning aniq maqsad va vazifalarini belgilamasdan, dala ishlari texnikasi bilan notanish holdagi faoliyat ko’rinib turardi.
Bu tadqiqotchi qazish ishlarini boshlaguncha, yodgorliklar to’g’risidagi tarixiy yozma manbalarni atroflicha o’rgangan va anik ilmiy tushunchalar va tasavvurlarga ega bo’lgan. Shundan keyingina u Buxoro vohasida dastlabki tadqiqotlarni boshlagan. 1913 —15 yillar davrida razvedka xarakteridagi bir necha sayohatlar qilgan. Jumladan, Qiziltepa va Hazora oralig’idagi qadimgi devor qoldiqlarini rasmga tushirgan. Bir necha qadimgi shahar va tepalari aylanib, ko’zatib, ko’zga tashlanadigan ashyoviy dalillarni yiggan. Jumladan, Poykend, Qo’rgon Romitanga borib, u joylarni aylanib, ko’zdan kechirgan. Varaxshani o’rnini aniq aytib o’z hisobotiga kiritgan. Birok u Varaxshagacha etib bormagan va ko’rmagan edi. Varaxshadan 3 — 4 km cha Sharada joylashgan Qal’ai Mallabek degan joygacha borib, shu erdan qaytgan. Ziminning Varaxsha hududigacha etib bormaganligi natijasida Devori Kampirakni Qal’ai Mallabek va Qal’ai Siminch yonidan o’tadi, deb xato ko’rsattan. 1914 yilning bahori va yozida bir muncha tayyorgarlikdan so’ng Poykendda arxeologik tekshirish o’tkazgan. U Shahriston qismini tekshirar ekan shahar hayotini so’ngiga oid ashyoviy buyumlarini topgan. Bu ish xam rejasiz bajarilib, biror tarixiy xulosalar qilinmagan.XX asrning 20 yillarida Rossiyada va Urta Osiyoda sodir bo’lgan siyosiy voqealar natijasida bizning o’lkamizdagi Buxoro amirligi tugatilib, yangi davlat tizimlari qaror topdi. Bu davlatlar doirasida ham o’lka tarixi bilan qiziqish, tadkikotlar olib borish ishlari amalga oshirilgan.
1920—1934 I yillar Buxkomstaris (Kadimgi yodgorliklarni qo’riqlash Buxoro tashkiloti) tomonidan ayrim ishlar amalga oshirilgan. Biroq hali ham ko’xna shahri Buxoroda arxeologik qazish ishlari o’tkazilmagan edi. XX asrning 30 yillarida gidrogeolog M.Reshetkin va uning guruxi tomonidan vohaning turli joylaridagi gidrogeologik tekshirishlar jarayonida uchragan ayrim arxeologik ashyolar to’planib borilgan va bu tadqiqotchi tomonidan mashxur arxeologik M.E.Massonga berilgan. 1933 yilda esa M.E.Massoy tomonidan bu ashyolar o’rganib chiqilib, etti betli maqola tarzida «Materialы po gidrogeologii O’zbekistana» jurnalida e’lon qilingan (Vыpusk 15 Tashkent 1933 g, 187-194 str).
Urganilgan bu ashyolar ancha kam bo’lib, asosan, sopol buyumlardan iborat edi. Olim tomonidan ularning sanasi IX —XVIII asrlar qilib, ayrimlarini esa chamalab, 1500 — 2000 yillik qilib belgilandi. Bu tadqiqot Buxoro shahri va uning yoshi Buxoro vohasidagi arxeologik ashyoviy dalillarning birinchi ilmiy o’rganilishi edi.
Buxoro vohasidagi birinchi jiddiy ysh A.Yu.Yakubovskiy boshchiligidagi Ermitaj va O’zkomstaris ekspedistiyasi tomonidan 1934 yilda amalga oshirildi. Bu birinchi arxeologik ekspedistiya edi. Ekspedistiya Buxorodan Samarqandgacha boradigan karvon yo’li buylab yurishni mo’ljallagan edi. Faoliyat davomida qal’ai Dabusiyagacha borilib. Buxoro voxasining shimoli — sharqyy qismi chekkalari tekshirildi. Kampirdevol, Qiziltepa, Shoxshoxidon, Abumuslim, Bo’rixona, Ganchxona, Hazora va Dengak singari Kampirdevol bo’ylab bunyod qilingan yodgorliklar o’rganildi. Ularning rejasi, qurilish tartibi aniqlanib, qog’ozga tushirildi. Tavoiz qishlog’i yaqinidagi shahri Vayron ko’zdan kechirildi. Vohaning g’arbida esa Qudakontepa va Boboxusharti shaharchasi ko’zdan kechirildi, xolos.
A.Yu.Yakubovskiy ekspedistiyasi to’g’risidagi hisobotida Kampirdevol bilan bog’lik muxim tarixiy muammolarga ham to’xtalgan. Jumladan, vohadagi o’troq xalq bilan dasht va -cho’l mintaqasida ko’chmanchi chorvachilik bilan shug’ullanuvchi aholi o’rtasidagi munosabatlar masalasiga ham to’xtalgan edi. Yakubovskiy tekshirgan bu yodgorliklar ancha yo’zaki ko’zdan kechirib chiqish tartibida, biror arxeologik qazishlarsiz amalga oshirilgan. Ekspedistiya ishidagi yutuqlardan biri Hazora yaqinidagi arxeologik yodgorlik Deggaron masjidini aniklab, «uni Samoniy maqbarasidan yosh emas», degan xulosa bo’ldi. Keyinroq Turdi Mirg’iyosov boshchiligidagi ekspedistiya bu joyda • arxeologik qazishlar o’tkazib, o’rta asr sopol buyumlari, o’tga chidamli sopoldan yasalgan idishlarni topishga muvaffaq bo’ldi.
Deggaron masjidi shu nomli qishloqda IX asrda otashparastlar tomonidan bunyod qilingan ekan. Deggaron— «Kozon qo’yuvchi» demakdir. Bu qishloq hozir ham Deggaron deb atalib, Karmanadan 40 km cha shimoli g’arbda Hazora qishlog’i yaqinida joylashgan.
Bu erdagi masjid Somoniylar davrida qayta ko’rilib, musulmon masjidiga aylantirilgan. To’rtburchak shaklida gumbazli qilib qurilgan. Tashqi saxni 17 m, ichki sahni 16 m, pahsa va pishiq g’ishtdan ko’rilgan. Bu masjid haqidagi ma’lumotlar xorijiy mutaxassislarni ham qiziqtirgan edi. Italiyalik tadqiqotchilar kelib uni tekshirganlar. Deggaron masjididan 300-400 m cha o’zoqlikda Mavlono Orif qabri bo’lib, 1370 yilda e’lon qilingan «avliyolar to’g’risida» gi qo’lyozma kitobda «Mavlono Orif xalifalardan biri bo’lib, Dehgaronda tug’ilgan, Said Amir Kuloldan 7 yil ta’lim olgan. Musulmon eliga sadoqat bilan xizmat qilgan. Mavlono Orif Dehgaroniy Naqshbandiydan oldinroq o’tgan, Naqshband- bilan zamondosh bo’lgan, yoshlari u kishidan kattaroqdir». (46 — betda), deb yozilgan. Masjidda Qur’oni Karim saqlanadi. Uni Mirza Maxmud Mahdum tomonidan ko’chirilgan (sanasi stoma’lum) XVI —XVII asrlarda talabalar shu Qur’on asosida ta’lim olganlar. 1934—1935 yillar davomida V.A.Shishkin tomonidan devori Kampirakni tadqiq qilish davom ettirildi. Bu tadqiqotchilar butun Buxoro voxasining atrofini aylanib chiqishga harakat qildilar. Devorning voha Janubiy va- Sharqiy qismidagi qoldiqlarini ilmiy o’rganishga harakat qildilar. Yo’l —yo’lakay Oqsoch, xoja Ajuvandi, Quyitepa kabi yodgorliklar ham ko’zdan kechirildi. Quyimozor qabristoni ham aniqlanib ko’zdan kechirildi. Vohaning Shimoliy va g’arbidagi Vardonze, Zandana, Varaxsha singari devor yaqinida yo’zaga kelgan yodgorliklar aniklandi. 1934—1935 yillarda Buxoro shahridagi Mog’oki Attori masjidida ham qazish ishlari olib borildi. Bu tekshirish Buxoro shahri tarixidagi birinchi arxeologik tekshirish edi. Tadqiqotlar natijasida juda boy madaniy qatlam mavjudligi aniqlanib ularni Buxoro shahrining yoshini juda qadimiyligidan dalolat berishi ma’lum bo’ldi. Har ehtimolga qarshi shaharni milodning boshlarida yo’zaga kelgan bo’lsa kerak, deyildi. Tabiiyki, kichik xajmdagi birinchi marta o’tkazilgan qazish bilan Buxoroning shakllanishi va uning rivojlanib borishi, yoshi to’g’risidagi savollarga javob topish qiyin edi. Bu qazish natijasida Buxoro shahrining o’rtasida otashparastlar ibodatxonasi o’rnida qad rostlagan musulmon masjidini ochishga muvaffaq bo’lindi.
1937 yilda Shishkin tomonidan Buxoro vohasining g’arbiy tomonlarida arxeologik razvedka maqsadida tekshirish o’tkazilgan. Ikkinchi jahon urushgacha qilingan ishlarning so’nggisi Leningraddagi (Sankt — Peterburgdagi) Davlat Ermitani va moddiy madaniyat tarixi instituta tomonidan to’zilgan A.Yu.Yakubovskiy boshchiligidagi Zarafshon arxeologiya otryadining Paykanddagi tekshirishlari edi. 1939 yil ekspedistiya Poykanddagi shaxar topografiyaeini o’rganish bilan birga shahar arki hamda shaharning shimoliy — sharqiy qismida ozroq kazish ishlari olib bordi. 1940 yilda qazish ishini V.N.Kesaev davom ettirdi. Yakubovskiyning ham, Kesaevning ham ishlari razvedka xarakterida bo’lib, arablargacha bo’lgan Buxoroni o’rganish ishlariga zamin tayyorlashga qaratilgan edi.
O‘rta asr arab muarrixlari Tabariy, Ibn-al Xordadbek, Ibn al-Fakixlar asarlarida «Madina al Tujjor», - «Savdogarlar shaxri» deya e'tirof etilgan, kadimda Sugdning «Marvarid monand» shaxri bulgan, kadimgi Poykend shaxri Buxorodan taxminan 60 km janubiy – garbda, Korakul tumani xududida joylashgan. Bu shaxar m.a. 4-3 asrlarda Eron bilan chegara kasri sifatida yo’zaga kelgan. Garchand shaxar ijtimoiy, tabiiy okibatlar tufayli O‘rta asr Sugdining bir kator shaxarlari singari, O‘rta asrlardayok vayronaga yo’z tutsada, utmish ka'riga butunlay singib ketmagan, o’zidan boy va bebaxo tarixni koldirgan.Kadimgi Poykend shaxri tugrisida Xitoy, arab mualliflari kimmatli ma'lumotlarni yozib koldirganlar. Arab geografi Istaxriy 930-933 yillar atrofida yozgan «Kitob al–masolik val mamolik», («Yullar va mamlakatlar tugrisida kitob») asarida Buxoro voxasidagi 30 tacha shaxarlar tugrisida ma'lumot berib, kattaligi va mashxurligi sababli Buxorodan sung ikkinchi urinda Poykend shaxrini tilga olib utgan. Buyuk Ipak yulida joylashgani, kulay geografik imkoniyatga egaligi bois, shaxar xalkaro tranzit savdoda ishtirok kilishini e'tiborga olib, X asrda yashagan buxorolik tarixchi Abu Bakr Muxamad ibn Ja'far Narshaxiy o’zining «Buxoro tarixi» asarida «Baykend axolisi xammasi savdogar bulgan. Ular Xitoy bilan va dengiz (orkali boriladigan) mamlakatlar bilan savdo kilganlar va juda boy bulganlar»,- deb yozib koldirgan.
X asrda bitilgan bir kator tarixiy manbalarda Poykand Movarounnaxrning yirik savdo xunarmandchilik markazi sifatida tasvirlanadi.
Manbalar shaxarning Poykenddan boshka nomlarda xam atalganini yoritadi. Jumladan: «Madinat al tujjor» («Savdogarlar shaxri»), «Shaxristoni ruin», («Jezddan kurilgan shaxar», «Mis shaxar» va boshka nomlar. Bu nomlar shaxarning tarixiy ijtimoiy topografiyasi, geografik joylashuvi, siyosiy, iktisodiy va xarbiy xolatlaridan kelib berilgani tabiiy. Xitoy manbalari Poykendni Bi nomi bilan ataydi. Kizigi shundaki, Poykendda xukmdor yuk deb kursatiladi. Bu fakt keyinchalik rus tarixchi numizmatlari Xromov va Levshitslarning Poykend tangalarini urganishlari tufayli bir kadar oydinlashadi. UII asr va UIII asr boshlaridagi Poykend tangalari odatdagi tanga zarb kiluvchi xukmdorning nomi urniga fakat shaxarning nomi yozilgan ekan. Tadkikotchilar Belenitskiy, Bentovich, Bolshakovlar yukorida keltirilgan faktlarga tayangan xolda, UII asr va UIII asr boshlarida Poykend, «O‘rta Osiyoda yagona, erkin shaxar, savdo respublikasi»ga aylangan degan xulosaga kelishgan. Istaxriy va Ibn Xavkallar Poykend X asrda kuchli mudofaa devorlari bilan uralganligini, unda maxorat bilan kurilgan jome masjidi borligini masjid mexrobining oltin va kimmatbaxo toshlar bilan bezalgani bois Movarounnaxrda unga teng kela oladigani yukligini xam yozib koldirishgan. Ba'zi manbalarda Poykend bilan boglik ma'lumotlar afsonaviy oxanglarda bitilganligini xam kurishimiz mumkin. Jumladan Firdavsiyning mashxur «Shoxnoma» dostonida «Kayxusrav Poykendda olov ibodatxonasini kurib, uning devorlariga Zardushtiylarning mukaddas kitobi «Avesto»ni oltin xarflar bilan yozdirib kuydi».
Shaxar atroflarida joylashgan Poykend rabotlari tugrisida xam manbalarda bir kator ma'lumotlarni uchratish mumkin. Narshaxiy to 240 yilgacha (854-855) Poykendda oliy imoratlar bilan birga, shaxar darvozalari oldida Buxoro kishloklari soniga ya'ni 1000 dan ortik robotlar kurilganini zadi. Makdisiy xam 1000 tacha sada, Abdulkarim as Sam'oniy rabotlar soni kachonlardir 3000 tagacha yetganini yozib koldirgan.
Kadimgi Poykend shaxri tugrisida ma'lumotlar tarixiy manbalarda rang-barang kurinishlarda yozib koldirilsada, uning batafsil tarixini ochib bera olmaydi. Shu sababli xam shaxar tarixini batafsil urganish tarixchi arxeologlar zimmasiga tushdi.
XIX asrdayok Ruslarning Turkiston zaminiga kirib kelishi natijasida rus tarixchi tadkikotchilarining bu kuxna shaxar vayronalari bilan kizikishi ortdi. 1896 yilda V.V.Bartold kursatmasiga muvofik Turkiston arxeologiyasiga qizikuvchilar tugaragi boshkaruvi Poykend tugrisidagi dastlabki ma'lumotlarni tupladi. N.F.Sitnyakovskiy tomonidan shaxarning va unda saklanib kolgan imoratlar vayronalarining plani kartaga tushirildi.1903 yilda R.Pampelli, 1913-14 yillarda L.A.Zimin boshchiligidagi ekspeditsiyalar Poykendda dastlabki kazuvlarni amalga oshirgan.
1939 yilda Kadimgi Poykend tarixini arxeologik urganishlar tarixida yangi etap boshlandi. Rossiya Ermitaj, Jaxon madaniyati tarixi instituti tomonidan tashkil etilgan Zarafshon ekspeditsiyasi, O’zkomstaris vakili V.A.Shishkin ishtirokida shaxar vayronalari va uning atroflarida tadkikotlar boshladilar. 1940 yilda xam bu ishlar davom ettirilib, unda tanikli arxeologlar V.A.Shishkin, M.M.Dyakonov, A.Yu.Yakubovskiy, V.N.Kesaev, N.P.Kiparisova, S.K.Kabanovlar katnashgan. 1954 yilda Kadimgi Poykendning shaxarga tutash kismlarini urganish maksadida O’zbekiston F.A. tarix va arxeologiya institutining maxsus otryadi tadkikotlar utkazdi. Natijada shaxardan shimoliy shark tomonda joylashgan qadimiy nekropol (xilxona) koldiklari topib urganildi.1956 yilda G.V.Shishkina tomonidan Poykend yakinidagi Bodiosiyo kasri kazib ochildi. 1981 yildan boshlab esa shaxar xarobalarida O’zbekiston F.A. arxeologiya instituti va Rossiya davlat Ermitajining kompleks Buxoro ekspeditsiyasi muntazam ravishda tadkikotlar olib bormokda.
Xozirda faoliyat yuritayotgan Buxoro ekspeditsiyasi tarkibida O’zbekistonda tanikli arxeolog olimlar A.R.Muxammadjonov, J.K.Mirzaaxmedov, Sh.T.Odilovlar bilan birgalikda Rossiyalik professor G.L.Semyonov va uning shogirdlari izlanishlar olib bordilar.
Bu izlanishlar samarasi sifatida 1985 yilda O’zbekiston «Fan» nashriyotida «Gorodiщe Paykend»1996 yilda Sankt Peterburgda «Sogdiyskaya fortifikatsiya V-VIII vekov» monografiyalari chop etildi. Juda kup ilmiy makolalar e'lon kilindi.1999 yildan boshlab esa Rossiya Davlat Ermitaji va O’zbekiston Respublikasi F.A.Arxeologiya instituti tomonidan xar yili Sankt-Peterburgda «Materialы Buxarskoy arxeologicheskoy ekspeditsii» nomi ostida Poykendda olib borilayotgan arxeologik tadkikotlar natijasida e'lon kilinmokda. Arxeologik kazishlar natijasida tuplanayotgan materiallar Kadimgi Poykend shaxri tarixining usha davr manbalarida yoritilmagan tomonlarini tiklash imkoniyatlarini yaratib bermokda.
Poykend turli davrlarga oid bir necha kismlardan iborat. Bu kismlarning eng kadimgisi kuxandiz-sitadel sanaladi. Kuxandiz Poykandning shimoli-sharkiy burchagida joylashgan. Reja buyicha turtburchak shaklga ega kuxandiz, boshka inshootlar ustida turadi. Kuxandiz xududida dastlabki uy-joylarning paydo bulishi ellinistik davrga (miloddan avvalgi 3-2 asrlar)ga oiddir. Kuxandiz mustaxkam mudofaa devorlari bilan urab olingan. Mudofaa devorlarining kalinligi ba'zi joylarda 30 metrgacha yetgan. Kuxandiz xududida 4-5 asrlarga oid otashparastlar ibodatxonasi urganilgan. Keyinchalik kuxandiz xududida xukmdor saroyi xam paydo buladi. Taxminan 100 yildan sung kuxandizdan garb tomonda yangi shaxar kismi (shaxriston-II) paydo buladi. Shaxriston-IIning umumiy maydoni 7 ga tengdir. 8 asrning oxiri va 9 asrning boshlarida shaxar tashkarisida ko’plab rabat va rabadlar paydo bula boshlaydi. Shaxar ichkaridan magistral kuchalar orkali bir necha kismlarga bulingan. Kuchalar unchalik keng bulmagan. 11 asrning boshlariga kelib Zarafshon daryosi irmoklari tizimining o’zgarganligi tufayli Poykend suvsiz koladi. Axoli shaxardan keta boshlaydi. Koraxoniylar xukmdori Arslonxon Poykendga aloxida kanal utkazishni buyuradi. Ammo, bu xarakat muvaffakiyatsiz chikadi va shaxar xarobalarga aylanadi.
Adabiyotlar:


  1. Gulomov Ya.G. «Xorazmning sugorilish tarixi» T., 1959 y.

3. Istoriya O’zbekistana v istochnikax. To’zuvchi B. V. Lunin. T., 1984 y.
4. Jabborov I.M. «O’zbek xalki etnografiyasi». T., 1994 y.
5. Sa'dullaev A.S. «Kultura yuga Sredney Azii 7-4 vv. do n.e.» T., 1987 y.

  1. Kabirov J., Sa'dullaev A. «O‘rta Osiyo arxeologiyasi» T., 1990 y.

7. O’zbekiston tarixi. Mualliflar jamoasi. 1997 y.
Download 63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling