To’linsuv davrining asosiy elementlariga quyidagilar kiradi: to’linsuv davrining boshlanish vaqti, ko’tarilish tezligi va ko’tarilishning davom etish vaqti, to’linsuv davrining balandligi va cho’qqisi, to’linsuv davrining pasayishi va bu pasayishning davom etish vaqti, to’linsuv davrining tugash vaqti, to’linsuv davrining umumiy davom etish vaqti, to’linsuv davridagi oqim miqdori.
Toshqin suv davri deganda, daryo havzasiga yoqqan jala yomg’irlar natijasida daryodagi suv sathi va sarfining juda tez ortishi va shunday keskin kamayishi tushuniladi. Toshqin suv davri o’zining qisqa muddatliligi, oqim hajmining nisbatan kichikligi hamda ayni bir daryoda butun yil davomida turli davrlarda kuzatilishi bilan to’linsuv davridan farq qiladi. Bahzi daryolarda toshqin suv davri kuzda kuzatilsa (Rus tekisligi, /arbiy Sibir daryolari), Qrim va Italiyaning janubiy va o’rta qismi daryolarida qish va bahor oylarida bo’ladi. Bahzi daryolarda yil bo’yi toshqin suv kuzatilishi mumkin. Bunga Karpat tog’laridan oqib tushadigan daryolar misol bo’la oladi.
Kam suvli davr-daryolar suv rejimining to’linsuv va toshqin suv davrlariga nisbatan kam suvliligi bilan farq qiladigan davrdir. Kam suvlilikning asosiy sababi suv to’plash havzasidan daryoga kelib tushadigan suv miqdorining keskin kamayishidir. Yuqorida aytilganidek daryolarda yozgi va qishki kam suvli davrlar kuzatiladi. YOzgi kam suvli davrda daryolar asosan er osti suvlari, qisman erigan qorlik suvlari hisobiga to’yinadi.
Suv rejimining turlariga ko’ra daryolarni oddiy va murakkab rejimli daryolarga ajratish mumkin. o’z suvini har xil geografik mintaqalardan yig’uvchi katta daryolar uchun (Nil, Amur, Yenisey, Pechora, Dunay va boshqalar) murakkab rejim xosdir. Bir xil geografik mintaqada joylashgan o’rta va kichik daryolar (shartli ravishda suv to’plash maydoni 50 ming km2 gacha) oddiy rejimga ega bo’ladilar.
Quyida suv rejimining davrlari va ularning elementlarini aniqlashni Ugom daryosi misolida ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |