1. QuruQlik suvlari hosil bo‘lishining


Download 1.6 Mb.
bet28/59
Sana06.02.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1170238
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   59
Bog'liq
3.Амалий машгулот (155-225-бетлар)

Oqim koeffitsienti ( ) deb, daryo havzasida hosil bo’lgan oqim qatlamini shu havzaga yoqqan yog’in miqdoriga bo’lgan nisbatiga aytiladi. Bu kattalik " " harfi bilan ifodalanib, o’lchamsiz kattalik hisoblanadi:
,
bu erda: -oqim qatlami, mm; -yog’in miqdori, mm da.
Oqim koeffitsienti ( ) 0 dan 1 gacha oraliqda o’zgaradi, yahni 0 < < 1 shartni bajaradi.
Oqimning modul koeffitsienti ( ) o’rganilayotgan yilning daryoning oqim mehyori(normasi)ga nisbatan suvli­lik darajasining ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi va quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
,
ifodada: -o’rganilayotgan yildagi o’rtacha suv sarfi, m3/cek da; -o’rtacha ko’p yillik suv sarfi, yahni oqim mehyori, m3/sek da.
Oqimning modul koeffitsientini aniqlab, daryoning ayni yildagi suvlilik darajasi haqida xulosa chiqariladi. Agar > 1 bo’lsa, daryodagi suv mehyorga nisbatan ko’p, = 1 bo’lsa, mehyorga teng, < 1 bo’lsa, o’rganilayotgan yilda daryodagi suv mehyorga nisbatan kamligini bildiradi.
Daryo oqimining yuqorida qayd etilgan ko’rsatkich­larining har biridan ma’lum maqsadlarda foydalaniladi. Masalan, oqim hajmi haqidagi ma’lumotlar daryoda suv omborlarini loyihalash, suvdan irrigatsiya va boshqa maq­sadlarda foydalanishda zarur bo’lsa, oqim moduli, oqim qatlami, oqim koeffitsienti kabi kattaliklar daryo oqi­mini xaritalashtirishda qo’l keladi.
Quyida daryo oqimi ko’rsatkichlarini hisoblashni Ugom daryosi misolida ko’rib chiqamiz.


1-topshiriq
Ugom daryosining oqim ko’rsatkichlarini hisoblash


Topshiriqni bajarish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar
Berilgan:
1. Ugom daryosidagi Xojikent gidrologik stantsiyasida 1970 yilda kuzatilgan ma’lumotlar asosida aniqlangan xarakterli suv sarflari (3-amaliy mashg’ulot natijalari;
2. Ugom daryosining havza maydoni: F = 869 km2;
3. Piskom meteorologik stantsiyasi ma’lumotlari bo’­yicha shu yili havzaga yoqqan yog’in miqdori: X = 1230 mm;
4. Ugom daryosida 1932-1995 yillar davomida o’lchangan suv sarflarining oylik va yillik mehyorlari.

Suv sarflarining oylik va yillik mehyorlari, m3/sek



Oylar

Yil

I

II

III

IV

V

VI

VII

VIII

IX

X

XI

XII

7.3

8.1

17.0

45.1

52.6

47.6

29.3

15.4

10.2

8.9

9.1

8.2

21.7




Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling