1. QuruQlik suvlari hosil bo‘lishining


Yillik oqim miqdorini aniqlash


Download 1.6 Mb.
bet25/59
Sana06.02.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1170238
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   59
Bog'liq
3.Амалий машгулот (155-225-бетлар)

3. Yillik oqim miqdorini aniqlash.
Yillik oqim hajmi daryoning to’yinish manbalarining aniqlangan miqdorlari yig’indisi sifatida hisoblanadi. 7.1-jadvaldan ko’rinib turibdiki, hisoblangan yillik oqim hajmi Wy q 658,8 · 106 m3 ga teng.
4.o’rganilayotgan daryoning V.L.Shulg‘ts tasnifi bo’yi­cha qaysi turga mansubligini aniqlash.
Ushbu tanif bo’yicha daryoning qaysi turga mansubligini aniqlashda quyidagidagi mezonlardan foydalanamiz:
a) 4.2-jadval ma’lumotlari asosida V.L.Shulg‘ts koeffitsientining qiymati aniqlanadi:



b) shu jadval ma’lumotlari asosida iyul-sentyabr oyidagi oqim hajmining yillik oqimga nisbatan foizda baholanadi:





v) 4.2-jadval ma’lumotlari asosida suv eng ko’p bo’lgan oylarni aniqlash:


-aprelda 43,1 m3/sek;
-mayda 42,2 m3/sek.
Xulosa: o’rganilayotgan Ugom daryosi 1970 yilda dastlabki ikkita mezon bo’yicha qor-muzlik suvlaridan to’yinadigan daryolar turiga mansub bo’lsa, uchinchi mezon bo’yicha esa qor suvlaridan to’yinadigan daryolar turiga mansubdir.
5. Bajarilgan ishning tahlili.
Ushbu amaliy mashg’ulotda o’rganilayotgan daryo gidrografidan quyidagi to’yinish manbalari aniqlandi:
a) qor suvlarining hissasi;
b) muzlik suvlarining hissasi;
v) yomg’ir suvlarining hissasi;
g) er osti suvlarining hissasi.
Ularning yig’indisi sifatida yillik oqim miqdori hisoblandi. Asosiy hisoblashlar natijalari maxsus tayyorlangan 7.1-jadvalda jamlandi. Ushbu jadvaldan hamda V.L.Shulg‘ts koeffitsienti( ), larning qiymatlarini hisoblash va oqim eng ko’p bo’lgan oylarni aniqlash natijalaridan ko’rinib turibdiki, o’rganilayotgan Ugom daryosi 1970 yilda dastlabki ikkita mezon bo’yicha qor-muzlik suvlaridan to’yinadigan daryolar turiga, uchinchi mezon bo’yicha esa qor suvlaridan to’yinadigan daryolar turiga mansubdir.
Bunday natija qariyb 50 yil muqaddam amalga oshirilgan V.L.Shulg‘ts tasnifining takomilga etmaganidan dalolat beradi. Mazkur tasnifdan ancha keyinroq, aniqrog’i o’tgan asrning 60-yillarida amalga oshirilgan O.P.Shcheglova tasnifi bo’yicha Ugom daryosi qor-yomg’ir suvlari hisobiga to’yinadigan daryolar turiga kiritiladi. Bu xulosa haqiqatga ancha yaqinroqdir.
Sinov savollari
1. Daryolar qanday manbalar hisobiga to’yinadi?
2. Daryolarning iqlimiy tasnifida ular qanday guruhlarga ajratiladi?
3.Daryolarning to’yinish manbalari bo’yicha M.I.Lg‘vovich tasnifida qanday mezonlar qabul qilingan?
4. O’rta Osiyo daryolarining to’yinish manbalariga ko’ra qanday tasniflarini bilasiz?
5. O’rta Osiyo daryolarining to’yinish sharoitiga bog’liq holda V.L.Shulg‘ts tasnifi bo’yicha qaysi turga mansubligini ko’rsatuvchi mezonlarni ayting.
6. O’rta Osiyo daryolarining to’yinish sharoitiga bog’liq holda O.P.Shcheglova tasnifini eslang.
7. V.L.Shulg‘ts va O.P.Shcheglova tasniflarining farqi nimalarda aks etadi?
8. O’rta Osiyo daryolarining to’yinish sharoitiga bog’liq holda M.N.Bolg‘shakov tasnifini bilasizmi?
9. Daryolarning to’yinish manbalari hissasini miqdoriy baholashning qanday usullarini bilasiz?
10. Gidrograf bo’yicha to’yinish manbalari miqdorini aniqlashda yog’in miqdori va havo harorati qanday hisobga olinadi?



Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling