5. Bajarilgan ishning tahliliy bayonini tuzish
Bajarilgan ishning tahliliy bayonnomasini tuzishda quyidagilarga ehtibor qaratilishi lozim:
-ishning maqsadi va vazifalari;
-ishni bajarish uchun berilgan birlamchi ma’lumotlar, yahni kundalik suv sathi hamda o’lchangan suv sarflari jadvallarining tavsifi;
-suv sarfi egri chizig’i grafigini qurish texnologiyasi hamda bu grafikning gidrologiya fanidagi ilmiy va amaliy ahamiyati;
-kundalik suv sarfini hisoblash jadvalini tuzish usullari va uning aniqligi;
- kundalik suv sarfini tiklash texnologiyasi;
-xarakterli suv sarflarining qiymatlarini aniqlash usullari hamda ishni bajarish natijasida olingan ma’lumotlarning ilmiy, amaliy ahamiyati va hokazolar.
Sinov savollari
1. Daryo vodiysining elementlarini aytib bering.
2. Daryo o’zani deganda nimani tushunasiz?
3. o’zanning ko’ndalang qirqimi qanday elementlardan tashkil topgan?
4. Daryolarda suv sathini o’lchash ishlari qanday amalga oshiriladi?
5. Daryolarning suv sathi rejimiga qanday omillar ta’sir etadi?
6. Suv sathini kuzatish ma’lumotlarining amaliy ahamiyatini yoritib bering.
7. Daryoda suvning oqish tezligini o’lchash va aniqlashning qanday usullarini bilasiz?
8. Yuza qalqimalar yordamida daryo suvining oqish tezligi qanday aniqlanadi?
9. Tezlikni gidrometrik parraklar yordamida o’lchash qanday afzalliklarga ega?
10. Shezi ifodasining yaratilishi tarixini eslang.
11. Tezlik epyurasi nima?
12. "Izotax" tushunchasiga tahrif bering.
13. Suv sarfi tahrifi, o’lcham birligini ayting.
14. Suv sarfi ma’lum bo’lsa, ko’ndalang qirqimdagi o’rtacha tezlik qanday aniqlanadi?
15. Suv sarfi egri chizig’i grafigi qanday maqsadda chiziladi?
16. Suv safri egri chizig’i grafigini chizishda qanday ma’lumotlardan foydalaniladi?
17. Kundalik suv sarfining yillik jadvali, yahni gidrologik yilnoma qanday tuziladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |