1. QuruQlik suvlari hosil bo‘lishining
Oylik me’yoriy bug‘lanish miqdorlarini aniqlash
Download 1.6 Mb.
|
3.Амалий машгулот (155-225-бетлар)
2. Oylik me’yoriy bug‘lanish miqdorlarini aniqlash.
Topshiriqning vazifasidan kelib chiqib, oylik me’yoriy bug‘lanish miqdorlarini P.S.Kuzin usuli bilan va B.V.Polyakov grafiklari yordamida aniqlaymiz. a) oylik me’yoriy bug‘lanish miqdorlarini P.S.Kuzin usuli bilan aniqlash: Oylik me’yoriy bug‘lanish miqdorlarini aniqlash maqsadida P.S.Kuzin oylik bug‘lanish bilan havo temperaturasi va tuproq namligi orasidagi bog‘lanishlarga asoslangan oddiy ifodalar va ular asosida qurilgan grafikni taklif etgan(2.5-rasm). Bu grafikda uchta egri chiziq mavjud bo‘lib, ularning birinchisi yanvar-may, ikkinchisi-iyun va uchinchisi-iyul-dekabr oylarida bo‘ladigan bug‘lanishni aniqlashga mo‘ljallangan. 2.5-jadval Hisoblangan oylik me’yoriy bug‘lanish miqdorlari, mm
Hisoblashlarni berilgan ma’lumotlar bo‘yicha P.S.Kuzin grafigi asosida amalga oshiramiz. Bunda asosiy argument sifatida havo haroratining berilgan oylik qiymatlaridan foydalanamiz. Natijalarni 2.5-jadvalda qayd etamiz. b) oylik me’yoriy bug‘lanish miqdorlarini B.V.Polyakov grafiklari yordamida aniqlash. Bug‘lanish miqdorining yil davomida oylar bo‘yicha o‘zgarishini hisobga olib, B.V.Polyakov tomonidan 6 ta grafik taklif etilgan(2.6-rasm). Har bir grafik yilning alohida oylari yoki davrlari uchun oylik me’yoriy bug‘lanish miqdorini aniqlashga imkon beradi. Ushbu grafiklar yordamida oylik havo temperaturasi va yog‘in miqdorining yuqorida berilgan qiymatlarini bilgan holda oylik bug‘lanish miqdorlarini aniqlaymiz. Natijalarni 2.5-jadvalda qayd etamiz. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling