1. QuruQlik suvlari hosil bo‘lishining


b) bug‘lanish miqdorini havo temperaturasiga bog‘liq holda aniqlash


Download 1.6 Mb.
bet9/59
Sana06.02.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1170238
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   59
Bog'liq
3.Амалий машгулот (155-225-бетлар)

b) bug‘lanish miqdorini havo temperaturasiga bog‘liq holda aniqlash.
Ko‘llar yoki suv omborlarida suv yuzasi temperaturasi ustida kuzatishlar amalga oshirilmagan taqdirda suv yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanish miqdorini aniqlashda quyidagi tenglikdan foydalanmiz:



bu erda: d200-2 metr balandlikdagi havoda namlik etishmasligi; S-suv yuzasi va havo temperaturasi nisbatiga bog‘liq bo‘lgan geografik parametr, uning qiymati meteostansiyaning koordinatalari bo‘yicha B.D.Zaykov tomonidan tuzilgan maxsus kartadan aniqlanadi. O‘rta Osiyoning cho‘l, yarim cho‘l rayonlari chegaralari uchun S = 1,2 deb qabul qilish mumkin.


Ma’lumki, havodagi namlik etishmasligi (d200) quyidagicha aniqlanadi:
d200 = e0 – e200 ,
bu erda e0 ning qiymati meteorologik stansiyada qayd etilgan havo temperaturasi bo‘yicha 2.2-jadvaldan aniqlanadi: e0 = 18,0 mb.
YUqoridagi tenglamalarni hisobga olib, B.D.Zaykov ifodasini quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin:


200), mm/oy.
Hisoblash jadvali(2.4-jadval)ni shu ifodaga moslab tuzamiz. Aniqroq qilib aytganda, ushbu jadvalda har bir oydagi kunlar soni (n), to‘yingan suv bug‘ining elastikligi (e0), qayd etilgan suv bug‘ining elastikligi (e200), ularning farqi (e0-e200), shamol tezligi ( 200) va, nihoyat, oylik bug‘lanish miqdori (Z) aks etishi lozim.
2.4-jadval
Qayroqqum suv omboridan bo‘ladigan bug‘lanishni
havo temperaturasiga bog‘liq holda hisoblash

Hisoblashelementlari

O y l a r

IV

V

VI

VII

VIII

IX

X

Oydagi kunlar soni-n

30



















0,15 · n

4,5



















0,15 · n · S

5,4



















To‘yingan suv bug‘ining elastikligi, e0

18,0



















Suv bug‘ining elastikligi, e200

11,1



















d200 = e0-e200

6,9





















4,51



















SHamol tezligi- 200

3,0



















0,72 · 200

2,16



















1 + 0,72 · 200

3,16



















Z, mm

77,0



















Hisoblashlar qolgan oylar uchun ham shu tartibda bajariladi.




3. Yilning issiq davri, ya’ni aprel-oktyabr oylari­dagi yig‘indi bug‘lanish miqdorini hisoblash.
Yig‘indi bug‘lanish miqdori har ikki usulda, ya’ni suv yuzasi harorati va havo harorati asosida bajarilgan hisoblashlar natijalari bo‘yicha aniqlanadi.



T.r.

Hisoblash usuli

Yig‘indi bug‘lanish, mm

1

Suv yuzasi harorati bo‘yicha




2

Havo harorati bo‘yicha






4. Hisoblashlar natijalarini tahlil qilish.
Tahliliy bayonnomani tuzishda hisoblash ifodasining tabiiy mohiyatiga, unda ishtirok etadigan har bir elementni aniqlash tartibiga, natijalarni solishtirgan holda tahlil etishga e’tibor qaratilishi lozim.


2-topshiriq
Daryo havzasi-quruqlikdan bo‘ladigan
yalpi bug‘lanishni hisoblash
Topshiriqni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar
Berilgan:
1) Kosonsoy daryosi havzasi va uning geografik koordinatalari: 41° 20¢ sh. k.; 71° 00 sh.u.;
2) yillik me’yoriy bug‘lanish kartasi;
3) yillik me’yoriy bug‘lanishni aniqlash uchun A.R.Konstantinov taklif etgan nomogramma;
4) yillik me’yoriy bug‘lanishni aniqlash uchun M.I.Budiko taklif etgan nomogramma;
5) namlangan er sirtining yillik me’yoriy radiatsiya balansi kartasi;
6) havo temperaturasi va yog‘in miqdorining daryo havzasida kuzatishlar olib borgan meteorologik stansiyalar ma’lumotlari asosida aniqlangan o‘rtacha oylik qiymatlari:

Meteo
element

O y l a r

O‘rtacha
yillik

I

II

III

IV

V

VI

VII

VIII

IX

X

XI

XII

o‘rt°С

-10,8

-9,5

-6,0

2,2

12,2

14,8




18,0

16,6

9,9

2,5

-3,0

-11,0

X, mm

26

22

27

26

55

65




70

74

61

48

36

31

7) daryo havzasidan bo‘ladigan oylik me’yoriy bug‘lanishlarni aniqlashga imkon beradigan B.V.Polyakov grafiklari.


Topshiriqni bajarish maqsadida qo‘yilgan vazifalar


1. Yillik me’yoriy bug‘lanish miqdori:
a) bug‘lanish kartasidan;
b) A.R.Konstantinov taklif etgan nomogramma yordamida;
v) M.I.Budiko nomogrammasi bo‘yicha aniqlansin.
2. Oylik me’yoriy bug‘lanish miqdorlari:
a) P.S.Kuzin usuli bilan;
b) B.V.Polyakov grafiklari yordamida aniqlansin;
3. Oylik me’yoriy bug‘lanishning P.S.Kuzin va B.V.Po­lyakov usullari bilan aniqlangan qiymatlarining yil davomidagi o‘zgarishi grafigi birgalikda chizilsin.
4. Olingan natijalarning tahliliy bayoni tuzilsin.


Topshiriqni bajarish tartibi


1. Yillik me’yoriy bug‘lanish miqdorini aniqlash.
a) yillik me’yoriy bug‘lanishni kartadan aniqlash.
Yillik me’yoriy bug‘lanish kartasi Davlat gidrologiya instituti (GGI) mutaxassislari tomonidan tuzilgan. Uni tuzishda suv balansi tenglamasi asos qilib olingan va yillik bug‘lanish me’yori atmosfera yog‘inlari bilan daryolar oqimining farqi sifatida aniqlangan. Mazkur karta(2.1-rasm) maxsus adabiyotlar[15]da keltirilgan.
Yillik bug‘lanish me’yori kartadan daryo havzasining og‘irlik markazi joylashgan nuqta koordinatalari asosida aniqlanadi. Berilgan daryoning koordinatalarini hisobga olib, havzadan bo‘ladigan yalpi bug‘lanish miqdori Zya = 200 mm ekanligini aniqlaymiz.
b) yillik me’yoriy bug‘lanishni A.R.Konstantinov taklif etgan nomogramma yordamida aniqlash.
Ushbu usulda yillik bug‘lanish me’yori havo harorati va namligining me’yoriy qiymatlari asosida aniqlanadi. A.R.Konstantinov usulini qo‘llash muallif tomonidan ishlab chiqilgan maxsus nomogrammaga asoslangan(2.2-rasm). Afsuski, bu usulni faqatgina MDH hududining ortiqcha va etarli darajada namlikka ega bo‘lgan tekislik rayonlari uchun qo‘llash mumkin.
v) yillik me’yoriy bug‘lanishni M.I.Budiko nomogrammasi bo‘yicha aniqlash.
Yillik me’yoriy bug‘lanishni aniqlashga imkon beradigan M.I.Budiko nomogrammasi(2.3-rasm) quyidagi tenglama asosida chizilgan:


,
bu erda: Z0-yillik me’yoriy bug‘lanish, mm/yil; R0-namlangan havza yuzasining me’yoriy radiatsiya balansi, kkal/sm2 · yil; X0-me’yoriy yillik yog‘in miqdori, mm/yil; L-bug‘lanishning yashirin issiqlik sig‘imi, kkal/g ; e-natural logarifm asosi.
M.I.Budiko nomogrammasidan foydalanishda havzaga yog‘adigan yillik yog‘in miqdori va namlangan havza yuzasining me’yoriy radiatsiya balansi qiymatlarini bilish lozim. Bu qiymatlar maxsus kartadan aniqlanadi(2.4-rasm). Masalan, me’yoriy yillik yog‘in miqdori X0 = 550 mm va namlangan yuzaning me’yoriy radiatsiya balansi R0 = 70 kkal/sm2· yil bo‘lsa, me’yoriy yillik bug‘lanishning nomo­grammadan aniqlangan qiymati Z0 q 500 mm ga teng bo‘ladi.
Hisoblashlar alohida meteorologik stansiyalar ma’lumotlari asosida ham amalga oshirilishi mumkin.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling