1. Quyida berilgan so‘zlardan nechtasi imloviy jihatdan xato yozilgan?


Download 21.35 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi21.35 Kb.
#1559935
Bog'liq
10-sinf ona tili 3-chorak (1)


1. Quyida berilgan so‘zlardan nechtasi imloviy jihatdan xato yozilgan?
hordiq, muxandis, xakam, ko‘hna, ahd, muxojir, halqum.
A. 5 tasi B. 3 tasi C. 2 tasi D 4 tasi
2 Qaysi gapda qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq xatolikka yo‘l qo‘yilgan?
A. Taom yeyilgandan so‘ng rang-barang qimmatbaho va antiqa mevalar tortildi.
B. Bu yerdan ham tun-u kun eshkaklarning shaloplagani eshitilib turardi.
C. Kitobi bilan mamlakatnigina emas, butun jahonning e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
D. Bu xushxabarni tezroq ota-onamga yetkazish uchun uyga chopdim.
3.Quyidagi gapda // o‘rnida qanday tinish belgisi qo‘yiladi?
Tuhmat ko‘mirga o‘xshaydi // yonmaydi, lekin kuydiradi.
A. vergul B. tire C. ikki nuqta D. nuqtali vergul
4. Qaysi gapda imloviy jihatdan xatolik MAVJUD EMAS?
A. Rejadagi ishlarni amalga oshirishga vaqt yetkaza olmayapsizmi?
B. Podsho vaziru-a’yonlari davrasida ot yetaklab borardi.
C. Yurtimizda IX-may Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanadi.D. Gapi to‘g‘rida, u tengi bolalar maktabga borishadi. D. Gapi to‘g‘rida, u tengi bolalar maktabga borishadi.
5. Gap bo‘laklari tartibi necha xil bo‘ladi?
A. 2 B. 3 C.4 D. faqat bir xil
6.Qalam ushladimmi demak — o‘yin bas,
Yayrab ocholmaydi gul dudog‘ini
Shundoq yurak yutib so‘rasha olmas,
Xonamda qoldirgan qo‘g‘irchog‘ini. Ushbu sheriy parchada ma’no ko‘chishning qaysi turi bor?
A) ma’no ko`chish yo`q B) metafora
C) metanomiya D) sinekdoxa
7.Arxaik sozlar berilgan qatorni belgilang. A) Ulug‘bek usturlob va undan foydalanish haqidagi so‘zlarni tugatgach, zij tuzmoq hunaridan so‘zlay boshladi. B) Yana bir istagim shuki, falakiyot, riyoziyot, handasa, tibbiyot, jug‘rofiya,adabiyot ilmidan xabar topsagina, alloma deb tan olinsa.
C)Rayonga aziz mehmonlar keladigan bo‘lsa, Xorunboy Ermatov, albatta, ovga olib chiqadi.
D)Barcha javoblarda arxaik soz mavjud
8.Qaysi javobda keltirilgan gapda so'z qo'llash bilan bog'liq xatolikka yo'l qo'yilgan?
A) Sening vujudingda sirlilikning mavjudligini birinchi bor uchratganimdayoq payqagan edim.
B) Qanotlaring mallarang, jussang kichikligidan ko'rinarkansan arang.
C) Shu chog' artilleriya qismlari og'ir to'plar bilan ota boshladi.
D) Podsho vazir-u ayonlari davrasida otdan tushib, tog' bag'riga qarabdi.
9.Qaysi gapda xato yozilgan so‘z bor?
A. Ertaga buvimni ko‘rgani qishloqqa bormoqchimiz.
B. Onlayn tanlovda faol o‘quvchilarning ishtiroki ta’minlandi.
C.Toqqa chiqqanda tabiatning go‘zalligiga yana bir bor guvoh bo‘lasiz.
D. Chelakka suv to‘ldirib,ko‘chatlarga quyib chiqdim.
10. Qayoqlarda eding, bolaginam? Ko‘zim ochiq paytlarda qayoqlarda eding, tentagim? Tolibjonning ko‘zlaridan yosh quyilib kelaverdi, quyilib kelaverdi.
Ushbu parchada nechta shaxs oti qatnashgan?

  1. 1 ta B. 2 ta C. 3 ta D. shaxs oti qatnashmagan.

11.Qaysi gapda sifat hol vazifasida kelgan?
A. Hujra kichkina, lekin iliqqina edi. B.Mevasi yetilib pishganda sershira bo‘ladi. C.Chakalakzor qorong’uda sirli va vahimali ko‘rinardi. D.Ko‘kimtir osmonda behisob yulduzlar chaqnab turibdi.
12.Qaysi gap tarkibida fonetik o‘zgarish asosida yozilgan yasama so‘z mavjud?
A. Barcha gaplarda B. Aqlli o‘zini ayblar, aqlsiz-do‘stini. C.Shahrimiz nufusi yildan yilga ko‘paymoqda. D.Yerning unumiga dehqonlar javob berishadi.
13. Angladimki, olamda
Yurt tanho, Vatan tanho
Band etgan xayolimni
Tengsiz shul chaman tanho. (A. Oripov) Berilgan she’riy parchadagi fonetik o‘zgarish asosida yozilgan so‘zning sintaktik tahlili to‘g’ri berilgan javobni toping.

  1. Kirish so‘z B. Aniqlovchi C. Ega D. Kesim

14.Qaysi gapda metonimiya usulida ma’no ko‘chgan?
A. unga eshitguvchi quloq kerak. B. O‘tkir zehnli bola ekan.
C. Chol anchadan beri samovarga chiqmay qo‘ydi. D. Siz ko‘zoynakli kishidan keyin kirasiz.
15. 1. Odamlar nima deydi? 2.Tog‘amlar keldilar. 3..Bu kishi oqsuyaklar: biz gapirsak, boshlari og‘rib qoladi. 4. Bolangiz Jamshidlarnikida ekan. 5. Bu qizlardan kelgusida Nodiralar, Zulfiyalar chiqadi.
a) jamlash b) hurmat c) ko‘plik+o‘xshatish d)sof ko‘plik e) kinoya
A. 1-a; 2-b; 3-e; 4-c; 5-d B. 1-d; 2-b; 3-c; 4-a; 5- e
C. 1-d; 2-b; 3-e; 4-a; 5-c D. 1-d; 2-b; 3-e; 4-c;5-a
16.Takror taqlid so‘zga qo‘shimcha qo‘shish bilan yasalgan ot so‘z turkumi qatnashgan javobni toping.
A. Kipriklari pirpirab ketganini payqadim. C.Gijgijlashi jonimga tegdi.
B. Hayhaylashimga qaramay ketdi-yu… D. Sharsharani kuzatgani kelganman o‘zi!
17. So‘z qo‘llash bilan bog’liq (uslubiy) xatolikni toping.
A.Bahorda ko‘chat o‘tqazish ishlari boshlandi. C. Taraq-turug’I asabimga tegib, aslida nega bunday vaziyat yuzaga kelganini bilishni xohladim. B. Mahallada o‘tkazilgan tadbirda qatnashmading. D.”Hammasi tinch”,- dedi u masalaga qanday yondoshishni o‘ylar ekan.
18. Qizig‘i shundaki, ushbu tadqiqot natijalari birinchi guruhdagi bolalarda bag‘rikenglik va kirishimlilik, ikkinchi guruhdagilarda esa aksincha, jismoniy zo‘ravonlik, axloqiy buzilishga moyillik ortganini ko‘rsatdi. Ushbu gapda nechta sodda yasama so‘z qatnashgan?
A. 5 ta B. 4 ta C. 6 ta D. 7 ta
19. Qaysi gapda ham ishoraviy, ham uslubiy xatolik uchraydi?
A. . Hozir, kuyovimga telefon qilaman, qamoqdan bo‘shaganimizda Dyun bilan uchovimiz tushgan suratni olib keladi.
B. O‘zing bilasan – biz erkaklar palov damlashga ayollarga nisbatan o‘zimizni ustasi farang sanaymiz.
C. Bu voqea ikkovimizning gurkirab palak ota boshlagan beg‘ubor, o‘smir qalbimizni hayajonga solgan, o‘rtamizdagi sirli suhbat mavzusiga aylanib qolgan edi
D. Karl yagona yashar, onasi yetti yil burun vafot etgan, otasi, taniqli etnograf Gerhard Myuller, ko‘p vaqtini arxeologik safarlarda o‘tkazar, nega bir nemis oilasi o‘zbek mahallasida turib qolganini hech kim bilmasdi.
20. Ajratib yozish qoidasiga mos bo‘lgan javobni toping.
A. kundan-kunga, kunma-kun, uyma-uy C. kir sovun, ustasi farang, yetib keldi
B.qadam-baqadam, ustasifarang D. ustasi farang, bir qancha, shu on
21. So‘zlarning ma’nosini yozing :

  1. Toblanmoq va tovlanmoq; 2) asil va asl

22. Sifat so‘z turkumining ma’noviy guruhlarini yozing. Misollar bilan!
23. Hofiz 2-3 qo‘shiqdan so‘ng Fuzuliyni ayta turib hushidan ketib qoldi.
24. “Kimdir bundanda og’ir ahvolda-ku!” Gapdagi imloviy xatoni topib, tog’irlab yozing.
25. “Mutoi tomoshabinlarga qarab qarsak chalar, yutug’idan xursand edi.” Ushbu gapni sintaktik tahlil qiling va yasama so‘zlarni asos va qo‘shimchaga ajrating.
Download 21.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling