IV. OILA INSTITUTINI MUSTAHKAMLASh
4.1. Oila institutini mustahkamlashning huquqiy asoslarini takomillashtirish
|
85.
|
Jamiyat rivojlanishining zamonaviy xususiyatlarini inobatga olib, Oila kodeksini takomillashtirish.
|
1. Ishchi guruh tuzish.
2. Oilani mustahkamlash, farzandlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar, shu jumladan yon shajara bo‘yicha yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzishning oldini olishga oid normalarni kiritish masalalarini o‘rganish.
3. O‘rganish natijalari bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
2022-yil oktyabr
|
-
|
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,
Mahalla vazirligi,
Adliya vazirligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Oliy sud,
Ichki ishlar vazirl�gi,
Bosh prokuratura
|
86.
|
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari faoliyatini takomillashtirish.
|
1. Tuman (shahar)lardagi Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari faoliyatini o‘rganish.
Bunda:
o‘quvlar tashkil qilishga tizimli uslubiy ko‘maklashish;
o‘quvlarni zamonaviy usullarda tashkil qilish va qamrovini kengaytirish;
markazlar faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida nodavlat o‘quv markazlarini ijtimoiy buyurtmalar orqali o‘quvlarni o‘tkazish uchun jalb qilish va o‘quvlar sifatini oshirishga erishish;
yoshlarning ish joyi va ta’lim muassasasida ish haqi va stipendiyasi saqlangan holda mashg‘ulotlarga qatnashish uchun kurslarda ishtirokini ta’minlash tizimini yaratish.
2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
2022-yil dekabr
|
Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari
|
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,
Mahalla vazirligi,
Moliya vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
87.
|
“Yoshoila.uz” veb-sayti (elektron platforma) va mobil ilovasi faoliyatini takomillashtirish va ommalashtirish.
|
1. “Yoshoila.uz” veb-sayti (elektron platforma) faoliyatini takomillashtirish va mobil ilovasini ishlab chiqish.
|
2022-yil may
|
Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablag‘lari
|
Yoshlar ishlari agentligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
2. “Yoshoila.uz” veb-sayti (elektron platforma) va mobil ilovasi faoliyatini ommalashtirish bo‘yicha media-reja ishlab chiqish.
|
2022-yil iyun
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |