Tadbirkorlik subyektining ishchilari soni
|
Imtiyoz beriladigan ko‘chmas mulk maydoni
|
I. Davlat mulki obyektlarini ijaraga olishda ijara to‘lovlaridan 90 foiz miqdorida imtiyoz beriladigan tadbirkorlik subyektlari*
|
10 tadan — 19 tagacha
|
120
|
20 tadan — 29 tagacha
|
160
|
30 tadan — 39 tagacha
|
300
|
40 ta va undan ortiq
|
320
|
II. Olis va chekka hududlarda tashkil qilingan ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) obyektlari ijara to‘lovlarining 50 foizi Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladigan tadbirkorlik subyektlari
|
10 tadan — 19 tagacha
|
160
|
20 tadan — 29 tagacha
|
200
|
30 tadan — 39 tagacha
|
240
|
40 ta va undan ortiq
|
280
|
Izoh
Mazkur ilovada nazarda tutilgan imtiyozlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijara to‘lovlaridan imtiyozga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga tatbiq qilinmaydi. Tadbirkorlik subyektlari ushbu ro‘yxatda keltirilgan imtiyozlarning bittasidan foydalanishi mumkin.
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan ushbu ro‘yxatda belgilangan maydonga nisbatan:
kam maydondan foydalanilganda, haqiqatda foydalanilgan maydonga nisbatan imtiyoz qo‘llaniladi;
ko‘p maydondan foydalanilganda, imtiyoz faqat belgilangan maydonga nisbatan qo‘llaniladi.
* Istisno tariqasida elektron savdolarni o‘tkazmasdan ijaraga beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son
Farmoniga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PQ-4235-son “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 5 va 6-bandlari,
shuningdek, unga 1-ilova.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martdagi PQ-5020-son “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 1 va 2-bandlari, shuningdek, unga 1-ilova.
(Qonunchilik ma’lumotlari
milliy bazasi, 07.03.2022-y., 06/22/87/0198-son)