4.3. Demografik rivojlanishni rag‘batlantirish va oila farovonligi darajasini oshirish
90.
|
O‘zbekistonning 2030-yilgacha mo‘ljallangan demografik barqarorlik Konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
|
1. Ishchi guruh tuzish.
2. Konsepsiya loyihasini ishlab chiqish uchun amaldagi holat va ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish.
3. Konsepsiya bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.
|
2022-yil noyabr
|
Hisob-kitoblarga asosan, xalqaro moliya institutlari grantlari
|
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,
Mahalla vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Davlat statistika qo‘mitasi,
Adliya vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi
|
91.
|
Oila institutini mustahkamlash bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borish, bunga yoshlarni jalb qilish maqsadida “Oila demografiyasi” ilmiy-o‘quv laboratoriyasini tashkil etish.
|
1. Laboratoriyaning moddiy-texnika bazasini shakllantirish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
|
2022-yil sentyabr
|
Hisob-kitoblarga asosan, xalqaro moliya institutlari grantlari
|
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Davlat statistika qo‘mitasi
|
2. Laboratoriya bazasida “Demografiya” milliy portalini yaratish hamda mazkur sohada faoliyat yuritayotgan olimlarning yutuqlari va ishlanmalarini yoritib borish.
|
2022-yil noyabr oyidan boshlab doimiy
|
92.
|
“Xonadon gigiyenasini baholash” elektron platformasi hamda o‘z gigiyenasini baholashiga qarab hududiy xaritani yaratish.
|
1. Respublikaning barcha hududlarida yashovchi aholini keng qamrab olishga qaratilgan dasturiy mahsulotni ishlab chiqish.
|
2022-yil iyun
|
Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari
|
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti
|
2. Uy ho‘jaliklarining o‘zini-o‘zi baholash natijalari asosida respublika hududini sanitariya-gigiyena sharoitlari bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha xaritalash imkonini beruvchi to‘liq ma’lumotlar bazasini shakllantirish.
|
2023-yil iyun
|
3. Uy ho‘jaliklarida turmush gigiyenasi sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
2023-yil noyabr
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |