1. Quyidagilar: Oldingi tahrirga qarang


Subyektlar Chora-tadbirlar


Download 1.4 Mb.
bet10/64
Sana18.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1579676
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   64
Bog'liq
433 10.07.2020

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari




Turizm sohasining subyekti

Ko‘rgazma va (yoki) yarmarkalarda xizmatlar va mahsulotlarning yangi turlari bilan ishtirok etish uchun Markazga ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi arizani shaxsan o‘zi, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda topshiradi

Belgilangan tadbirdan
90 kalendar kun oldin




Markaz

Arizani ko‘rib chiqadi va va tanlovda ishtirok etish yoki tanlovda ishtirok etishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

5 ish kuni ichida




Markaz

Qabul qilingan qarorni yuboradi.

2 ish kuni ichida




Markaz

Turizm sohasining subyektini tekshirish hamda ushbu Nizomda ko‘zda tutilgan tadbirlarda qatnashish uchun tanlovdan o‘tkazish natijalari haqida xabardor qiladi.

20 kalendar kun ichida




Markaz

Tadbirlarda qatnashish uchun tanlov jarayonidan o‘tgan turizm sohasining subyektlari haqidagi axborotni uzbekistan.travel veb-saytida va Qo‘mitaning internet tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida shu jumladan Markazning axborot resurslarida joylashtiradi, shuningdek, tanlovdan o‘tmagan turizm sohasining subyektlarini qabul qilingan qarorning sabablari haqida xabardor qiladi.

3 ish kuni ichida

Xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etishi uchun turizm sohasi subyektlarini tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalari
RO‘YXATI

T/r

Xalqaro turizm ko‘rgazmasining (yarmarkasining) nomi

O‘tkaziladigan mamlakat, shahar

O‘tkazilish sanasi

1.

FITUR

Madrid, Ispaniya

Yanvar

2.

New York Times Travel Show

Nyu-York, AQSh

Yanvar

3.

EMITT

Istanbul, Turkiya

Yanvar-fevral

4.

OTM

Mumbay, Hindiston

Fevral

5.

IMTM

Tel-Aviv, Isroil

Fevral

6.

ITB Berlin

Berlin, GFR

Mart

7.

MITT

Moskva, RF

Mart

8.

AITF

Boku, Ozarbayjon

Aprel

9.

KITF

Olmaota, Qozog‘iston

Aprel

10.

ATM

Dubay, BAA

Aprel

11.

SITIF

Seul, Koreya Respublikasi

Iyun

12.

HalalTravelExpo&Forum

Jakarta, Indoneziya

Iyun

13.

MATTA

Kuala-Lumpur, Malayziya

Sentyabr

14.

TopResa

Parij, Fransiya

Oktyabr

15.

TTG Rimini

Rimini, Italiya

Oktyabr

16.

TourismExpoJapan

Yaponiya

Oktyabr

17.

ITB Asia

Singapur

Oktyabr

18.

WTM

London, Buyuk Britaniya

Noyabr

19.

CITM

Kunmin, XXR

Noyabr

Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining qaroriga ko‘ra ushbu Ro‘yxatga turizm sohasidagi boshqa xalqaro tadbirlar ham kiritilishi mumkin.
Xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etishi uchun turizm sohasi subyektlarini tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA

Xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etishi uchun turizm sohasi subyektlarini tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Xalqaro turizm ko‘rgazmalari va yarmarkalarida xizmatlar va mahsulotlarning yangi turlari bilan ishtirok etish uchun turizm sohasining subyektlarini tanlashda baholash mezoni bo‘yicha o‘rnatilgan
BALLAR

T/r

Mezonlar

Ballar

I. Kompaniya faoliyatiga AKTni joriy etish

1.

Rasmiy veb-saytning mavjudligi (foydalanuvchiga qulayligi va ma’lumotlarning to‘liqligi)

0 — 3

2.

To‘liq ishlaydigan veb-sayt sahifasi tillari soni

har bir til uchun 1 balldan (rus va o‘zbek tilidan tashqari)

3.

Rasmiy veb-saytda turistik xizmatlar va mahsulotlarni onlayn bron qilish va sotish imkoniyatining mavjudligi (internet-ekvayring)

0 — 2

II. Turistik xizmatlar va mahsulotlar*

1.

Yo‘nalishlar bo‘yicha turpaketlar:**

har bir turpaket 2 balldan

a) ekoturizm;

b) agroturizm;

v) ekstremal turizm;

g) tibbiyot turizmi;

d) etnoturizm;

e) MICE;

j) boshqalar

2.

Turpaket doirasida innovatsion texnologiyalardan foydalanish.

har bir turpaket uchun qo‘shimcha ravishda 1 balldan

3.

“Turistik mahalla”, “Turistik qishloq” yoki “Turistik ovul” maqomiga ega bo‘lgan joylar uchun turpaketlar.

har bir turpaket uchun qo‘shimcha ravishda 1 balldan

III. Xodimlar va marketing faoliyati

1.

Yo‘nalishlar bo‘yicha kasbiy va / yoki oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shtatda ishlovchilar soni:***

har bir xodim uchun 2 balldan

a) turizm;

b) marketing;

v) gid-tarjimon;

g) mehmonxona biznesi

d) turoperator va turizm bilan bog‘liq boshqa yo‘nalishlar.

2.

Shtatda turizm bilan bog‘liq “gid”, “ekskursiya yetakchisi”, “yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi” va boshqalar bo‘yicha malaka sertifikatiga ega bo‘lgan xodimlar soni***

har bir xodim uchun 2 balldan

3.

Kompaniyaning xalqaro turizm veb-platformalarida mavjudligi (Booking, Expedia, Trip.com, TakeTours i dr. xalqaro veb-portallar)

har bir veb-portal uchun 1 balldan

4.

Facebook, Instagram, YouTube, Twitter, WeChat va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda faolligi. (ijtimoiy tarmoqlarda mavjud bo‘lgan obunachilarning soni)

har 1000 obunachi uchun 1 balldan

5.

Tasvirli va matnli yo‘nalish o‘rtasida muvozanat mavjud bo‘lgan (50/50) tarqatma materiallar mavjudligi (O‘zbekistonning turistik salohiyatini aks ettiruvchi broshyuralar va kataloglar)

har bir tarqatma material uchun 1 balldan

* faqatgina turoperator va turagentlar uchun;
** bitta turpaket fvqvt bitta yo‘nalishda ko‘rib chiqiladi.Individual turlarning 30% Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkentda bo‘lishi kerak, qolgan 70% Respublikaning boshqa hududlarida;
*** Kompaniyadagi xodimning ish tajribasi tanlovda ishtirok etish uchun ariza berish paytida kamida 6 oy bo‘lishi kerak.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga
8-ILOVA
Fuqarolar yig‘inlariga “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” va “Turizm ovuli” maqomini berish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom fuqarolar yig‘inlariga “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” va “Turizm ovuli” maqomini berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
ariza beruvchi — vakolatli davlat organiga fuqarolar yig‘iniga turistik maqomni berish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilgan fuqarolar yig‘inining tegishli hududida istiqomat qiluvchi fuqaro yoki fuqarolar yig‘ini raisi;
Oldingi tahrirga qarang.
vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasining Turizm va madaniy meros vazirligi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz — O‘zbekiston Respublikasining Turizm va madaniy meros vazirligi qoshidagi “Turistik xizmatlarni sertifikatlash markazi” davlat unitar korxonasi;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
“Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” va “Turizm ovuli” (keyingi o‘rinlarda — turizm mahallasi) — fuqarolar yig‘inlari hududining mavjud tabiy, tarixiy-madaniy resurslari va xususiyatlari asosida turistik xizmatlar (turistik mahsulotlar) majmui shakllangan va ushbu hududga taqdim etiladigan maqom;
turizm mahsuloti — turistning sayohatlari davomida uning ehtiyojlarini qondirish uchun mo‘ljallangan turizm xizmatlari, shu jumladan turar joy, ovqatlanish, transport, ekskursiya va maslahat xizmatlari, ishlari va mahsulotlari majmui;
turist — vaqtincha bo‘lish mamlakatidagi (joyidagi) manbalardan daromad olish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda vaqtincha bo‘lish mamlakatiga (joyiga) yigirma to‘rt soatdan ketma-ket o‘n ikki oygacha bo‘lgan davrga boruvchi yoki vaqtincha bo‘lish mamlakatida (joyida) kamida bir kecha tunab qoluvchi jismoniy shaxs;
ekskursant — vaqtincha bo‘lish mamlakatida (joyida) tunab qolmasdan yigirma to‘rt soatdan oshmaydigan davrda sayohat qiluvchi jismoniy shaxs.
3. Fuqarolar yig‘iniga turizm mahallasi maqomini berishdan asosiy maqsadlar quyidagilar hisoblanadi:
fuqarolar yig‘inida azaldan saqlanib qolgan moddiy va madaniy merosini, urf-odatlari va turmush tarzini saqlash, ilgari surish va targ‘ib qilish;
xorijiy va mahalliy turistlarni keng jalb qilish;
turizmni barqaror rivojlantirish;
turistlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
mahalliy aholining madaniyati va an’analarini ommalashtirish;
turizm mahallasining ekologiyasini hamda tabiiy boyliklarini asrash va yaxshilash;
fuqaralor yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash;
fuqarolar yig‘ini hududida yangi ish o‘rinlarini yaratish;
doimiy ravishda turizm xizmatlari sifatini belgilangan talablarga muvofiqlashtirish;
turizm xizmatlarini ko‘rsatishda qonun talablariga rioya qilish.
4. Fuqarolar yig‘inlariga turizm mahallasimaqomini berish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
2-bob. Fuqarolar yig‘ini turizm mahallasi maqomini olishi uchun qo‘yiladigan talablar va shartlar
5. Fuqarolar yig‘ini turizm mahallasi maqomini olishi uchun quyidagi talablar va shartlarga javob berishi lozim:
a) fuqarolar yig‘ini hududida xorijiy va mahalliy turistlarni qabul qilish uchun kamida 20 ta oilaviy mehmon uylarining mavjudligi;
b) fuqarolar yig‘ini hududida turistlarga kamida 5 ta sifatli turistik xizmatlarni taqdim etish (turar joy va (yoki) ovqatlanish xizmatlaridan tashqari);
v) fuqarolar yig‘ini hududida mahalliy ishlab chiqarilayotgan esdalik sovg‘alari mahsulotlarini (kamida bitta savdo nuqtasi) sotish shoxobchalarini tashkil etish;
g) fuqarolar yig‘ini hududida turizmning quyidagi turlaridan birini tashkillashtirish:
ekologik (geoturizm);
agroturizm (qishloq);
etnografik;
madaniy va tarixiy;
d) fuqarolar yig‘ini hududida turistik ko‘rgazma obyektlarining mavjudligi;
e) fuqarolar yig‘ini hududida turistlar (ekskursantlar) xavfsizligini ta’minlash;
yo) turistlar uchun yaratilgan qo‘shimcha ko‘ngil ochar shart-sharoitlar (otlar, tuyalar, velosipedlar, kvadratsikllar, qayiqlar, katamaranlar va boshqalar ijarasi);
j) turizm to‘g‘risidagi normativ hujjatlarga majburiy rioya qilish;
z) zarur infratuzilmaning mavjudligi (avtomobil yo‘llari, transport aloqasi, aloqa vositalari, ichimlik suvi, elektr energiyasi, Internet, sovuq mavsumda isitish tizimi);
i) hududda kuzatilishi mumkin bo‘lgan tabiiy hodisalar va xavfli hududlar to‘g‘risida ma’lumotlarning mavjudligi;
k) yil davomida turizm xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligi;
l) zarur ko‘rsatkichlarni o‘zbek, rus va ingliz tillarida mavjudligi;
m) birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligi;
n) bosma shaklda turistik obyektlarni joylashish joylari xaritasi mavjudligi;
o) tashrif buyurishdan oldin turistlar tomonidan oilaviy mehmon uylari uchun joylarni bron qilish va fuqarolar yig‘ini hududida ko‘rsatiladigan turistik xizmatlarga buyurtma berish imkoniyatining mavjudligi;
p) fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidabarcha uchun qulay joyida ma’lumot materiallari (varaqalar, bukletlar, risolalar, xaritalar va boshqalar) mavjudligi.
3-bob. Fuqarolar yig‘initurizm mahallasi maqomini olishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlar
6. Fuqarolar yig‘ini turizm mahallasi maqomini olishi maqsadida ariza beruvchi tomonidan Markazga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda, pochta orqali yoki elektron shaklda ariza topshiriladi.
7. Arizaga ariza beruvchining imzosi yoki elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan quyidagi ma’lumotlar ilova qilinishi kerak:
ariza beruvchi to‘g‘risida ma’lumotlar (F.I.O., aloqa ma’lumotlari);
fuqarolar yig‘inining nomi;
ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq fuqarolar yig‘ini hududida ko‘rsatiladigan turistik xizmatlar to‘g‘risida ma’lumotlar.
8. Ariza beruvchidan ushbu Nizomning 7-bandida ko‘zda tutilmagan hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etishni talab qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
9. Arizani ko‘rib chiqish uchun ariza beruvchidan yig‘im undirilmaydi.
4-bob. Fuqarolar yig‘iniga turizm mahallasi maqomini berish haqidagi arizalarni ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish
10. Markaz taqdim etilgan hujjatlarni besh ish kuni ichida to‘liqligi jihatdan ko‘rib chiqadi va ularni vakolatli davlat organiga yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Vakolatli davlat organi arizani ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi va turizm sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari va xodimlaridan iborat tarkibda maxsus komissiya tuzadi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
Markaz maxsus komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
12. Maxsus komissiya ariza qabul qilingan kundan e’tiboran:
uch ish kuni mobaynida fuqarolar yig‘inining ushbu Nizom talablari va shartlariga muvofiqligini o‘rganish yuzasidan vakolatli vakillar ro‘yxatini tasdiqlaydi. Bunda, Maxsus komissiya ariza beruvchini o‘rganish sanasi va vaqti to‘g‘risida xabardor qiladi;
yetti ish kuni ichida vakolatli vakillarning fuqarolar yig‘ini hududiga o‘z vaqtida chiqishlari va o‘rganish o‘tkazishni ta’minlaydi. Vakolatli vakillar ikki ish kunida ortiq bo‘lmagan vaqtda fuqarolar yig‘ini hududida turistlar qabul qilish uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ushbu Nizom talablariga mos kelishini o‘rganadi;
o‘n besh ish kuni ichida fuqarolar yig‘inlarini ushbu Nizom talablari va shartlariga javob berishi yoki bermasligi haqidagi xulosa tayyorlaydi hamda Maxsus komissiyaga ko‘rib chiqish uchun taqdim qiladi.
13. Maxsus komissiya vakolatli vakillarning xulosasini ko‘rib chiqadi va fuqarolar yig‘inigaturizm mahallasimaqomini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Maxsus komissiya qaror qabul qilingan kundan e’tiboran ikki ish kuni ichidaqarorni ariza beruvchi va vakolatli davlat organiga yuboradi.
14. Vakolatli davlat organi uch ish kuni ichida Maxsus komissiyaning qaroriga asosan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq fuqarolar yig‘iniga turizm mahallasi maqomini berish to‘g‘risidagi guvohnoma beradi.
15. Maxsus komissiya turizm mahallasi maqomini berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi va uch ish kuni ichida ariza bervuchiga yuboriladi.
16. Rad etish uchun asos bo‘lgan kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng, takroriy arizani ko‘rib chiqish Maxsus komissiya tomonidan ariza kelib tushgan kundan e’tiboran besh ish kunidan kam bo‘lmagan muddatda, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishni tasdiqlovchi materiallar bilan o‘tkaziladi.
Materiallarni qayta ko‘rib chiqishda, rad etish to‘g‘risidagi xabarnomada ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
17. Vakolatli davlat organi fuqarolar yig‘iniga turizm mahallasi maqomini bergandan so‘ng, tegishli ma’lumotni “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlariga birinchi navbatda kiritish uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
5-bob. Fuqarolar yig‘inining huquqlari. Vakolatli davlat organining turizm mahallasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha vazifalari
18. Turizm mahallasi maqomini olgan fuqarolar yig‘inlari “Obod qishloq”va “Obod mahalla” davlat dasturlariga birinchi navbatda kiritiladi.
Turistlarga bepul xizmat ko‘rsatadigan aholi va xodimlar turistlarga xizmat ko‘rsatishning zamonaviy uslublariga muvofiq o‘qitiladi.
Fuqarolar yig‘ini hududi ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda bepul targ‘ib qilinadi.
Fuqarolar yig‘ining go‘zal obyektlari to‘g‘risidagi materiallar (risolalar, bukletlar, flayerlar va boshqalar) bepul nashr etiladi hamda xorijiy va mahalliy sayyohlik ko‘rgazmalarida namoyish etiladi.
Turizm mahallasi maqomini olgan fuqarolar yig‘ini viloyatning turistik yo‘nalishlariga birinchi navbatda kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Turizm mahallasi maqomini olgan fuqarolar yig‘inining aholisini tayyorlash, ushbu hududni milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida targ‘ib qilish, shuningdek, “Turizm fuqarolar yig‘ini”ning go‘zal obyektlari to‘g‘risidagi materiallarni xorijiy va mahalliy sayyohlik ko‘rgazmalarida e’lon qilish xarajatlarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi turizmni qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasi budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliyaviy institutlar va tashkilotlarning xayriyalari, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek qonun bilan ta’qiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(18-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
19. Vakolatli davlat organi turizm mahallasi maqomiga ega bo‘lgan fuqarolar yig‘inlari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
20. Vakolatli davlat organi:
Oldingi tahrirga qarang.
turizm sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan doimiy monitoring olib boradi;
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
mahalliy davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda turizm sohasini, shuningdek, fuqarolar yig‘inlari bilan birgalikda turistik xizmatlar ko‘rsatishni yaxshilash va turizm mahallasi hududida infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
eng yaxshi “Yilning turizm fuqarolar yig‘ini” tanlovini tashkil etadi;
turizm mahallalari hisobini yuritadi;
turizm mahallalarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi;
turizm mahallasi ishtirokchilariga davlat tomonidan va boshqa yordamlar olishda ko‘maklashadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Vakolatli davlat organiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq turizm mahallasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha boshqa vazifalar ham yuklanishi mumkin.
(20-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
21. Turizm mahallasi faoliyatini nazorat qilish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Fuqarolar yig‘inlariga “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” va “Turizm ovuli” maqomini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Fuqarolar yig‘inlariga turistik maqomni berish
SXEMASI


Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling