1. Quyidagilar: Oldingi tahrirga qarang
identifikatsiya kartasi (keyingi o‘rinlarda — beyjik)
Download 1.4 Mb.
|
433 10.07.2020
identifikatsiya kartasi (keyingi o‘rinlarda — beyjik) — gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisining ko‘rsatilgan hudud va turistik (ekskursiya) obyektlarida ekskursiya o‘tkazish huquqini tasdiqlovchi, shuningdek, yo‘riqchi-yo‘l boshlovchining turistlarni (ekskursantlarni) turistik (ekskursiya) marshrutlardan o‘tayotgan vaqtda havfsizligini ta’minlash va ularga xizmat ko‘rsatish huquqini tasdiqlovchi hujjat;
yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi — turistik yo‘nalishlarda turistlar va ekskursantlarga hamrohlik qilish hamda ularning xavfsizligini ta’minlash uchun kasbiy tayyorgarlikdan o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti; malaka imtihoni — nazariy va amaliy tayyorgarlik, tajriba va malaka (kasbiy bilim va ko‘nikmalar)ning yetarliligini aniqlovchi va ularning gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi, yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligini baholashga yo‘naltirilgan malakani baholash tartibi; malaka sertifikati — gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchining malakasini tasdiqlovchi, malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgandan so‘ng beriladigan belgilangan namunadagi hujjat; malaka toifasi — gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchining malaka imtihona natijasiga ko‘ra aniqlanadigan malaka darajasi; talabgor — malaka sertifikati va beyjikni olishga talabgor bo‘lgan jismoniy shaxs; ekskursiya yetakchisi — turistlar va ekskursantlarni muayyan turistik resurslar bilan tanishtirish uchun kasbiy tayyorgarlikdan o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti; ekskursiya xizmatlari — yigirma to‘rt soatdan oshmaydigan va turistlarni joylashtirish (kechasi tunash) xizmatlari ko‘rsatishni ko‘zda tutmaydigan, turistlarning (ekskursantlarning) ma’naviy, intellektual, ishbilarmonlik va boshqa ehtiyojlarini qondira oladigan obyektlar bilan tanishtirish maqsadida, oldindan tuzilgan marshrutlar bo‘yicha ekskursiya yetakchisi hamrohligida ekskursiyalarni tashkil etish xizmati. 3. Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarga malaka sertifikati va beyjik berish ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 4. Malaka sertifikati va beyjik gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarga quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasi hududida ekskursiya xizmatlarini ko‘rsatish huquqini beradi: a) yuridik shaxs shtatida bo‘lsa; b) fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida yuridik shaxs bilan ishlayotgan bo‘lsa; v) yakka tartibdagi tadbirkor yoki o‘z-o‘zini band qilgan shaxs bo‘lsa. 5. Oliy, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’limi muassasalari yoki qayta tayyorlash kurslarini gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi mutaxassisligi bo‘yicha bitirganlar (keyingi o‘rinlarda — bitiruvchilar) ta’lim muassasasini tamomlagandan keyin dastlabki uy yilda malaka imtihonini topshirishdan ozod etiladi. Ishchi organ bitiruvchilarga shaxsiy ro‘yxatga olish raqami taqdim etish bilan ular haqidagi ma’lumotlarni Reyestrga kiritadi va beyjik beradi. 6. Turizm sohasidagi kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha ta’lim muassasalari Reyestr ma’lumotlariga muvofiq Ishchi organ tomonidan belgilangan shakl asosida kurslar bitiruvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Ishchi organga taqdim etadi. 7. Malaka sertifikati va beyjikning amal qilish muddati — uch yil. 2-bob. Talabgorga qo‘yiladigan talablar. Malaka imtihonini topshirish uchun taqdim etiladigan hujjatlar 8. Malaka imtihonini topshirish uchun talabgor quyidagi talablarga javob berishi kerak: a) O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lishi; b) “gid (gid-tarjimon)” mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotga yoki “mahalliy gid” va “yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi” mutaxassisliklari bo‘yicha o‘rta va o‘rta maxsus professional ma’lumotga yoki “ekskursiya faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlash kurslaridan o‘tganligini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjatga ega bo‘lishi; v) belgilangan tartibda malaka oshirish kurslarini o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lishi. 9. Talabgor malaka imtihonini topshirish uchun Ishchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: a) mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda malaka imtihonini topshirishga ruxsat olish to‘g‘risidagi ariza; b) oliy yoki o‘rta va o‘rta maxsus professional ma’lumot haqidagi diplom, oliy yoki o‘rta va o‘rta maxsus professional ma’lumotning tan olinganligi haqidagi sertifikat, yoki qayta tayyorlash kursidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi; v) ikki dona oq fonda fotosurat (3x4 hajmda), shuningdek elektron variantda; g) malaka imtihonini topshirish va malaka sertifikatini olish (rasmiylashtirish) uchun bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi o‘rinlarda — BHM) bir barobari miqdoridagi yig‘im (keyingi o‘rinlarda — malaka sertifikatini olish uchun yig‘im) amalga oshirilganligini tasdiqlovchi bank to‘lov hujjati; e) 086 shaklidagi tibbiy ma’lumotnoma (yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar uchun); Talabgordan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 10. Mazkur Nizomning 9-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar talabgor tomonidan Ishchi organga bevosita, pochta aloqasi yoki elektron pochta orqali ularni olinganligini tasdiqlovchi xabarnoma bilan birga topshiriladi. Topshirilgan hujjatlar qaytarilmaydi. 3-bob. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki rad etish haqida qaror qabul qilish tartibi 11. Ishchi organ ariza tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida talabgorning malaka imtihonini topshirishiga ruxsat berish yoki rad etish haqida qaror qabul qiladi. 12. Ishchi organ quyidagi asoslarga ko‘ra talabgorning malaka imtihoni topshirishini rad etadi: a) talabgor mazkur Nizomning 8-bandi talablariga javob bermaganda; b) hujjatlarda noto‘g‘ri yoki yolg‘on ma’lumotlar ko‘rsatilganligi aniqlanganda. 13. Boshqa asoslarga ko‘ra talabgorning malaka imtihonini topshirishini rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 14. Talabgorning malaka imtihonini topshirishi rad etilgan taqdirda Ishchi organ tomonidan tegishli qaror qabul qilinadi va talabgorga rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda, qabul qilingan qaror haqida bir ish kuni ichida rasmiy ravishda xabarnoma yuboriladi. 15. Malaka imtihonini topshirish rad etilganligi to‘g‘risidagi xabarnomada aniq qonunchilik normalariga muvofiq rad etilganlik sabablari va talabgor ushbu sabablarni bartaraf etgan holda hujjatlarni qayta ko‘rib chiqilishi uchun topshirishi mumkin bo‘lgan muddat (uch oydan ko‘p bo‘lmagan) ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. 16. Malaka imtihonini topshirishi rad etilgan talabgor rad etilishiga sabab bo‘lgan e’tirozlarni bartaraf qilgan holda qayta murojaat qilish huquqiga ega. 17. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan talabgorlarga uni o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi haqida malaka imtihoni o‘tkaziladigan kundan kamida uch kun oldin pochta yoki elektron aloqa vositalari orqali xabar beriladi. Talabgorning malaka imtihonini topshirishiga ruxsat berish haqida qaror qabul qilinganda u malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan talabgorlar ro‘yxatiga kiritiladi. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan talabgorlar ro‘yxati imtihon komissiyasiga taqdim etiladi. 4-bob. Malaka imtihonini topshirish tartibi 18. Malaka imtihoni 15 nafar talabgordan kam bo‘lmagan guruhlar shakllantirilgan holda, lekin ikki oyda kamida bir marta o‘tkaziladi. 19. Malaka imtihonini o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumot uni o‘tkazish haqidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kundan kechiktirmay Ishchi organ va Qo‘mitaning rasmiy axborot resurslarida joylashtiriladi. 20. Malaka imtihoni Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadigan 9 kishidan iborat imtihon komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi. Imtihon komissiyasi tarkibiga Qo‘mita, Ishchi organning mas’ul shaxslari hamda tarix, arxitektura, dinshunoslik, tilshunoslik sohasidagi oliy ta’lim va ilmiy muassasalar, turizm sohasi subyektlari vakillari, shuningdek oliy toifaga ega gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar kiritiladi. Imtihon komissiyasi bir yillik muddatga tuziladi. Zaruratga qarab Qo‘mita raisining qarori bilan imtihon komissiyasi tarkibiga o‘zgartirish kiritilishi mumkin. Imtihon komissiyasi uning a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli (kvorumga ega) hisoblanadi. Imtihon komissiyasining raisi Qo‘mitaning vakolatli vakili, komissiya kotibi Ishchi organ vakili hisoblanadi. 21. Talabgorlar malaka imtihonini topshirishda pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatning asl nusxasini taqdim etadi. 22. Hujjatlari imtihondan o‘tishga taqdim etilgan, lekin pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat taqdim etmagan yoki imtihonga kechikkan, yoki uzrli sabablarga ko‘ra imtihonga kela olmagan talabgorlar navbatdagi malaka imtihoniga kiritiladigan shaxslar ro‘yxatiga kiritiladi hamda bu haqda bevosita, pochta yoki elektron aloqa vositalari orqali uch ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda xabardor qilinadi. 23. Talabgor tartibga muvofiq ikki marta ogohlantirilgan va malaka imtihoniga kelmagan taqdirda, taqdim etilgan hujjatlar talabgorga qaytariladi. Ushbu holatda malaka imtihonini topshirish uchun to‘langan yig‘im kaytarilmaydi. 24. Hujjatlarni kayta rasmiylashtirish ushbu Nizomning 9-bandida ko‘rsatilgan tartibda amalga oshiriladi. 25. Malaka imtihoni ikki bosqichda o‘tkaziladi: Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling