1. Quyidagilar: Oldingi tahrirga qarang


Bosqich Subyektlar


Download 1.4 Mb.
bet15/64
Sana18.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1579676
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   64
Bog'liq
433 10.07.2020

Bosqich

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati




1-bosqich

Vazirlik va idoralar, yuridik va jismoniy shaxslar

Xodimni turizm sohasidagi mutaxassislarning qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslaridan o‘tish uchun yo‘llaydi.

Ehtiyojdan kelib chiqqan holda




2-bosqich

Ta’lim muassasalari

1. Mazkur Nizom talablariga muvofiq, mutaxassislar qayta tayyorlanishi va malakasini oshirishini tashkil qiladi.
2. Turizm sohasidagi mutaxassislarga (imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda) qayta tayyorlash haqidagi diplom yoki malaka oshirganlik haqida belgilangan namunadagi guvohnomani topshiradi.

Ushbu Nizomda belgilangan muddatlarga muvofiq




3-bosqich

Qayta tayyorlash haqida diplom yoki malaka oshirganlik to‘g‘risida guvohnoma olgan mutaxassis

Turizm sohasida mutaxassislarning malakasini oshirganligi to‘g‘risidagi guvohnoma yoki qayta tayyorlanganligi haqida diplom albatta bo‘lishi shart bo‘lgan lavozimlarda ishlash huquqiga ega bo‘ladi.

Kurs natijalariga ko‘ra

Turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

Turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga
11-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlariga grantlar berish, kompensatsiya va moliyaviy yordam ko‘rsatish hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hamkorlari — nodavlat notijorat tashkilotlarini institutsional qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan O‘zbekistonning tarixiy va afsonaviy shaxslari to‘g‘risidagi to‘liq metrajli badiiy, qisqa metrajli badiiy, xronikal hujjatli filmlarni suratga olish uchun grantlar ajratish, tadbirkorlik subyektlarining respublika hududlarida “karaoke” zallari va turistik ko‘ngilochar muassasalarni tashkil etish xarajatlarini qoplash, shuningdek, faoliyati turizm sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan jamoat tashkilotlarini institutsional qo‘llab-quvvatlash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
grant — Qo‘mita huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) hisobidan O‘zbekistonning tarixiy va afsonaviy shaxslari to‘g‘risidagi to‘liq va qisqa metrajli badiiy, xronikal hujjatli filmlarni suratga olish uchun tadbirkorlik subyektlari va jamoat tashkilotlariga beriladigan pul mablag‘lari;

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling