1. Quyidagilar: Oldingi tahrirga qarang
Download 1.4 Mb.
|
433 10.07.2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turistik axborot markazlarining yagona reyestri
arizachi — turistik axborot markazini tashkil qilish tashabbusi bilan chiqqan va belgilangan tartibda uni Reyestrga kiritish uchun ariza bergan xo‘jalik yurituvchi subyekt;
vakolatli tashkilot — O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi “Turistlarga xizmat ko‘rsatish markazi” DUK; Turistik axborot markazlarining yagona reyestri (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) — O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi “Turistlarga xizmat ko‘rsatish markazi” DUK tomonidan yuritiladigan turistik axborot markazlariga oid ma’lumotlar bazasi; turistik axborot markazi egasi — Reyestrga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt; turistik axborot markazi — jismoniy va yuridik shaxslarni turistik resurslar hamda turistik industriya obyektlari to‘g‘risida xabardor qilish, shuningdek, turistik bozorlarda turistik mahsulotlarni targ‘ib qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi markaz. 3. Turistik axborot markazi: O‘zbekiston Respublikasida kirish va ichki turizmni rivojlantirish, uning turistik salohiyati to‘g‘risidagi axborotni shakllantirish va tarqatishga ko‘mak berish maqsadida; O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy birliklari hududida turizm resurslari, turizm sayohat yo‘nalishlari, turizm zonalarining mavjudligi va o‘ziga xosligini hisobga olgan holda tashkil qilinadi. 4. Quyidagi turistik axborot markazining vazifalari hisoblanadi: sifatli axborot xizmatini ko‘rsatish, turist va ekskursantlar hohish va istaklarini aniqlash; O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini mamlakat ichida va chet elda targ‘ib qilish; turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; O‘zbekiston Respublikasi milliy madaniyati, an’ana va yutuqlarini targ‘ib etish; turistlarga sayohat uchun birinchi navbatdagi xizmatlar va tovarlarni taqdim qilish. 5. O‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida turistik axborot markazi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: xalqaro tashkilotlar, davlat organlari va tashkilotlari, turizm sohasi subyektlari va ishtirokchilari bilan hamkorlik qilish; O‘zbekiston Respublikasidagi diqqatga sazovor joylar, san’at, tarix va arxitektura yodgorliklari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, turizm obyektlari, taklif qilinayotgan ekskursiyalar, ommaviy-madaniy tadbirlar, ko‘rgazma, festival, transport harakati jadvallari va turizm sohasi subyektlari va ishtirokchilari uchun zarur boshqa dolzarb va tezkor ma’lumotlarni zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda taqdim etish; O‘zbekiston Respublikasi va hududlarining turizm salohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash; O‘zbekiston Respublikasi va uning turizm salohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish va tarqatish maqsadida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish; turizm faoliyati subyektlari va ishtirokchilari uchun axborot mahsulotlarini tarqatish (bukletlar, xaritalar, reklama prospektlari va boshqalar); O‘zbekiston Respublikasi va hududlarining turistik jozibadorligini oshirish maqsadida reklama va marketing faoliyatini amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasi va hududlarining turizm salohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotni turizm faoliyati subyektlariga taqdim etish. 2-bob. Turistik axborot markazlarini tashkil etish va ularning Reyestrini yuritish Oldingi tahrirga qarang. 6. Turistik axborot markazi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita), davlat hoqimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq matlubot kooperativi, fermer xo‘jaliklaridan tashqari barcha turdagi tashkiliy-huquqiy shakllarda tashkil etiladi. Turistik axborot markazi yuridik shaxsning tuzilmaviy bo‘linmasi, shu jumladan alohida tashkilot shaklida tashkil etilishi mumkin. (6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 7. Turistik axborot markazi faoliyati o‘z mablag‘lari hisobidan, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. (7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 8. Turistik axborot markazini Reyestrga kiritish uning faoliyatini tashkil etishning majburiy sharti hisoblanadi. Markazni Reyestrga kiritish uni o‘rganish dalolatnomasi asosida Reyestrdan tegishli ko‘chirma berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 9. Reyestr vakolatli organ tomonidan yuritiladi. 10. Reyestrni yuritish quyidagilarni nazarda tutadi: turistik axborot markazini individual reyestr raqamini bergan holda mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha Markaz to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ma’lumotlar bazasiga kiritish; ma’lumotlar bazasini Internet butunjahon axborot tarmog‘ida onlayn rejimda yangilab borish. 11. Reyestr elektron shaklda yuritiladi va vakolatli organning rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi lozim. 12. Arizachi uni Reyestrga kiritish uchun vakolatli organga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha ariza bilan murojaat qiladi. Arizani ko‘rib chiqqanlik uchun to‘lov undirilmaydi. Oldingi tahrirga qarang. 13. Ishonchsiz yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar taqdim etganlik uchun arizachi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi. (13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 14. Arizachi tomonidan ariza vakolatli organga bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda, uni olganligi to‘g‘risidagi bildirish xati bilan taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar arizachining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. 15. Vakolatli organ hujjatlarni ularni olgan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida ko‘rib chiqadi, shuningdek, ularning mazkur Nizom va “Turizm axborot byurolari. Turizm axboroti va qabul qilish xizmatlari. Talablar” (ISO 14785:2014, ITD) O‘zbekiston Respublikasi Davlat standartida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini o‘rganib chiqadi. 16. O‘rganib chiqish natijalari yuzasidan vakolatli organ ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma rasmiylashtiradi. 17. Turistik axborot markazi talab etilayotgan majburiy shartlarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, vakolatli organ dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida arizachiga turistik axborot markazini Reyestrga kiritishni rad etish sabablari hamda ularni bartaraf qilish va qayta ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etish muddati (uch oygacha)ni ko‘rsatgan holda yozma shaklda bildirish xati yuboradi. 18. Arizachi tomonidan turistik axborot markazini Reyestrga kiritish rad etilishiga asos bo‘lgan kamchiliklar bartaraf etilgan taqdirda, vakolatli organ ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan qo‘shimcha dalolatnoma rasmiylashtirgan holda hujjatlarni qayta ko‘rib chiqadi. Qayta ko‘rib chiqishda vakolatli organ tomonidan muqaddam arizachiga yozma bildirish xatida bayon etilmagan rad etish sabablari ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 19. Turistik axborot markazi talab etilayotgan majburiy shartlarga muvofiq bo‘lgan taqdirda, vakolatli organ bir ish kuni ichida Markazga individual reyestr raqamini bergan holda uni Reyestrga kiritadi va arizachiga ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi Reyestrdan ko‘chirma beradi. 20. Reyestrga kiritilgan ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda turistik axborot markazi egasi ushbu o‘zgarish yuzaga kelgan vaqtdan boshlab uch ish kuni ichida tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda vakolatli organni xabardor qilishlari shart. Mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlar turistik axborot markazi egalari tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqa vositalari yoki elektron shaklda uni olganligi to‘g‘risidagi bildirish xati bilan taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar arizachining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. 21. Turistik axborot markazini Reyestrdan chiqarish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: turistik axborot markazi egasi Reyestrdan ixtiyoriy ravishda chiqarish to‘g‘risidagi ariza bersa; Oldingi tahrirga qarang. turistik axborot markazi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilsa; (21-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) vakolatli organ tomonidan o‘rganish va turistlarni anketalashtirish davomida turistik axborot markazi tomonidan mazkur Nizom talablarining muntazam (ikki va undan ortiq) ravishda buzilganligi aniqlansa. O‘rganish jarayonida aniqlangan buzilishlar turistik axborot markazi egasi tomonidan bartaraf etilgandan so‘ng, u Reyestrga kiritish to‘g‘risida takroran ariza topshirishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. 22. Arizachi va turistik axborot markazi egasi vakolatli organning harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli. (22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 23. Vakolatli organ Reyestrdan berilgan va qayta rasmiylashtirilgan ko‘chirmalar, shuningdek, Reyestrdan chiqarilgan turistik axborot markazi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning dolzarb holatda elektron shaklda saqlanishini va o‘zining veb-saytida onlayn rejimda e’lon qilinishini ta’minlaydi. 3-bob. Turistik axborot markazi atrof hududi, bino va ish rejimiga bo‘lgan talablar 24. Turistik axborot markazi “Turizm axborot byurolari. Turizm axboroti va qabul qilish xizmatlari. Talablar” (ISO 14785:2014, ITD) O‘zbekiston Respublikasi Davlat standartiga muvofiq oq rangdagi “i” harfi yashil fonda joylashgan axborot belgisi bilan belgilanadi hamda u Markaz joylashgan joydagi peshtaxta, axborot stendida (tablo) joylashadi. Binoning tashqi tomonida O‘zbekiston turizm portali (uzbekistan.travel) va uning QR-kodi, Qo‘mitaning “Call” markazi va tegishli hududiy ichki ishlar organi xavfsiz turizm bo‘linmasining (mavjud hududlarda) telefon raqami to‘g‘risidagi ma’lumot joylashtirilgan jadval ilingan bo‘lishi lozim. 25. Turistik axborot markazi binosi turistlar va ekskursantlar bilan ishlash imkoniyatini beruvchi, shaxsiy kompyuterlar (Internet butunjahon axborot tarmog‘iga ulangan) va tegishli orgtexnika (printer, skaner, nusxa ko‘chirish qurilmasi va boshqalar) bilan ta’minlangan ish joylari bilan jihozlanadi. 26. Turistik axborot markazi binosi nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘siqsiz kirishlari uchun markaz binosi va unga tutash hududlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq loyihalashtiriladi. Oldingi tahrirga qarang. 27. Turistik axborot markazi turistlar uchun imkon qadar qulay joyda (shahar markazlari, yodgorliklar atrofi, transport bekatlari, chegara o‘tkazish punktlari, shuningdek, alohida turizm obyektlariga olib boradigan magistral yo‘llar) tashkil qilinadi. Turistik axborot markazlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida bepul joylashtiriladi. Turistik axborot markazlari xodimlarining chegara o‘tkazish punktlariga kirib-chiqishi ularning ushbu axborot markazida faoliyat olib borishini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjat va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi. Turistik axborot markazini piyodalarning harakatlanishi cheklangan joylarda joylashtirish taqiqlanadi. (27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-iyuldagi 407-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 09/22/407/0679-son) 28. Turistik axborot markazi tomonidan turistlar va ekskursantlar qabuli har kuni, bayram va dam olish kunlaridan qat’i nazar amalga oshiriladi. Turistik axborot markazining ish jadvali vakolatli organ bilan kelishgan holda turizm mavsumi va o‘tkaziladigan keng ko‘lamli tadbirlardan kelib chiqib belgilanadi. Turizm xizmatlariga bo‘lgan talab oshgan davrda, shu jumladan keng ko‘lamli ommaviy sport, sog‘lomlashtirish, madaniy va boshqa tadbirlar vaqtida, turistik axborot markazi tomonidan uning rahbari qaroriga asosan xizmatlar yigirma to‘rt soat davomida uzluksiz ko‘rsatilishi mumkin. Markazning ish jadvali binoning kirish qismiga ilingan bo‘lishi shart. 29. Turistik axborot markazi to‘liq stavkada ishlovchi kamida bir nafar xodim bilan ta’minlanishi lozim. Xodimning ish joyi yoki beydj-kartasida uning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilishi kerak. 4-bob. Pullik va bepul xizmatlar ko‘rsatish 30. Turistik axborot markazi turistlar va ekskursantlar talabiga asosan quyidagi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bepul taqdim qilishi lozim: chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish tartibi; turistlarni qiziqtirgan madaniy obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; madaniy, sport, ommaviy va boshqa muhim tadbirlar haqida ma’lumotlar; turistik yo‘nalishlar; transport qatnovi, avtomobillar ijarasi; umumiy ovqatlanish, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari; mehmonxona va shu kabi joylashtirish vositalari; tibbiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari; turizm obyektlarining ekologik holati va atrof-muhit; turoperatorlar, gid, ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-kuzatuvchi; turli favqulodda vaziyatlar. Bundan tashqari, Markazda quyidagi bepul xizmatlar bo‘lishi kerak: turistlar tomonidan shaharlararo telefondan foydalanish; mustaqil sayohat qilib, chodirli lagerlarda hamda tunash uchun joylashtirish vositasiga aylantirilgan yer transportida yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatdan o‘tish majburiyati va murojaat qilgan holda “E-mehmon” tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish; O‘zbekiston va hududlarning turizm salohiyatiga oid turizm xaritalari, broshuralar va boshqa tarqatma materiallarni taqdim etish. Turistik axborot markazi turizm xaritalari, broshuralar va boshqa tarqatma materiallar bilan Qo‘mita tomonidan bepul ta’minlanadi. 31. Turistik axborot markazi tomonidan quyidagi pullik xizmatlar ham ko‘rsatilishi mumkin: bron qilish (avia, temir yo‘l chiptalari, mehmonxona xonalari, jamoat transportiga, madaniy meros obyektlari, muzeylar, galereyalarga chiptalar va boshqalar); sim-karta, Internet aloqasi, suvenir mahsulotlari (shu jumladan xalq xunarmandchiligi, san’at mahsulotlari va boshqalar), bosma nashrlar, ichimlik, birinchi darajali tovarlar sotuvi; velosipedlar, avtotransport, valyuta ayirboshlash (bankomat o‘rnatish orqali) bo‘yicha xizmatlar; mobil aloqa va turistik yig‘im uchun to‘lov qabul qilish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish. Bunda turistik axborot markazi xodimlari xizmat ko‘rsatilishidan oldin ularning pullik yoki bepul ekanligi to‘g‘risida turistlarni xabardor qilishlari majburiy hisoblanadi. 5-bob. Statistik hisob yuritish 32. Turistik axborot markazi xizmatidan foydalanayotgan turistlar to‘g‘risida quyidagilarni o‘z ichiga ma’lumotlarni yig‘ib borishi lozim: turistlar soni; turistlarning fuqaroviy mansubligi; turistlarning kelish maqsadi; talab etilayotgan xizmat turlari; turistik axborot markazi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan taklif va e’tirozlar. 33. Ma’lumot har chorak yakuni bo‘yicha vakolatli organga taqdim etiladi. 6-bob. Yakunlovchi qoida Oldingi tahrirga qarang. 34. Turistik axborot markazi faoliyatini tashkil etish va olib borishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. (34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Turistik axborot markazlarini tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA Turistik axborot markazlarining yagona reyestriga kiritiladigan MA’LUMOTLAR 1. Turistik axborot markazini tashkil qilgan subyekt nomi (arizachi). 2. Turistik axborot markazining pochta manzili. 3. Soliq to‘lovchi identifikatsiya raqami. 4. Arizachi to‘g‘risidagi ma’lumot (F.I.O., telefon raqami, elektron pochta manzili). 5. Individual reyestr raqami va Yagona reyestrga kiritilgan sana. Turistik axborot markazlarini tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA Turistik axborot markazlarini tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA Turistik axborot markazlarini tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga 13-ILOVA “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni (keyingi o‘rinlarda — ko‘krak nishoni) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi. 2. Ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirishga va ommalashtirishga munosib hissa qo‘shgan davlat organlari xodimlari, jamoat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari, ijtimoiy soha va ommaviy axborot vositalari vakillari hamda chet eldagi vatandoshlar xizmatlari va faol targ‘ibot ishlari uchun taqdirlanadilar. Ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin. 3. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash tartibi ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 2-bob. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim etish va ko‘rib chiqish Oldingi tahrirga qarang. 4. Mahalliy darajadagi davlat organlari, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va tadbirkorlik subyektlari har yili 1-avgustga qadar o‘z xodimlarini ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) hududiy bo‘linmalariga taqdim etadi. (4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) Oldingi tahrirga qarang. Respublika darajasidagi davlat organlari, xorijdagi diplomatik vakolatxonalar, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va tashkilotlar har yili 1-avgustga qadar o‘z xodimlarini ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni Vazirlikka taqdim etadi. (4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) Nomzod bo‘yicha taqdim etilgan takliflarga ilova sifatida nomzodning obyektivka-ma’lumotnomasi, so‘nggi uch yil davomida u tomonidan turizm sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar taqdim etiladi. Oldingi tahrirga qarang. 5. Vazirlikning hududiy bo‘linmalari tomonidan nomzodlar bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibda o‘rganib chiqiladi va nomzodlar yuzasidan xulosalar har yili 20-avgustga qadar Vazirlikka taqdim etiladi. Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlari rahbarlari mazkur Nizomning 4-bandi birinchi xatboshisida belgilangan holatlarni istisno qilgan holda o‘z tashabbusiga ko‘ra ham nomzodlar to‘g‘risida har yili 20-avgustga qadar Vazirlikka taklif kiritishi mumkin. (5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) Oldingi tahrirga qarang. 6. Vazir tomonidan ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) tashkil etiladi. (6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) 7. Komissiya yig‘ilishida nomzodlar bo‘yicha hujjatlar o‘rganilib, har yili 15-sentabrga qadar eng munosib nomzodlar bo‘yicha yakuniy xulosa chiqariladi. Komissiya tomonidan nomzodlarni ko‘krak nishoni bilan taqdirlashda quyidagilar inobatga olinadi: xorijda O‘zbekistonning ijobiy imijini shakllantirish va keng auditoriya o‘rtasida mamlakatimiz turizm salohiyatini targ‘ib etishdagi faolligi; zamonaviy turizm mahsulotlari va innovatsion yechimga ega xizmatlarni yaratish bo‘yicha samarali faoliyatni amalga oshirganligi; O‘zbekistonda turizm sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan xorijiy investitsiyalarni jalb etishdagi samarali faoliyati; yetakchi xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalarida O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qilish hamda mamlakatda turizm sohasida olib borilayotgan islohotlarni keng ommaga yetkazishga qaratilgan materiallar soni va ommalashganligi; turizm sohasidagi davlat dasturlari, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda faol ishtirok etganligi; turizmning alohida turlarini rivojlantirish va turizm yo‘nalishlari jozibadorligini oshirishdagi faolligi; turistlarga ko‘rsatiladigan xizmat turlarini ko‘paytirish hamda xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha sa’yi harakatlari; turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlarining huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi samarali faoliyati; Oldingi tahrirga qarang. turizm to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining ijro etilishi ustidan samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirganligi; (7-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) madaniy meros obyektlarini saqlash, rivojlantirish va targ‘ib qilishda faol ishtirok etganligi; turizm va servis sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlashda ko‘p yillik tajribaga egaligi, ustoz-shogird an’analarini joriy etganligi, mahalliy va xalqaro xalqaro grant loyihalarida faol qatnashganligi; turizm sohasini rivojlantirish istiqbollari va mavjud muammolarni chuqur ilmiy tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan taklif, yangilik va ishlanmalarining dolzarbligi va amaliyotga joriy etilganligi; turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish va yangi turizm yo‘nalishlarini tashkil etish borasidagi samarali faoliyati; turizm infratuzilmasi obyektlarida sanitar-gigiyenik holatni yaxshilash ishlariga katta hissa qo‘shganligi; turizm va unga yondosh sohalarda muvaffaqiyatli tadbirkorlik faoliyatini olib borib, samarali davlat-xususiy sektor sherikligi loyihalarini amalga oshirganligi; O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishning normativ-huquqiy asoslarini mustahkamlash hamda davlat organlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishidagi hissasi; turizm sohasida O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish va aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha samarali faoliyati va boshqalar. 8. Qo‘mita raisi o‘z tashabbusi bilan ham ko‘krak nishoni bilan taqdirlashi mumkin. 3-bob. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash Oldingi tahrirga qarang. 9. Komissiya xulosasi asosida Vazirning ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi buyrug‘i har yili 20-sentabrga qadar chiqariladi. (9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) Oldingi tahrirga qarang. 10. Ko‘krak nishoni “Butunjahon turizm kuni” — 27-sentabrda Vazir yoki uning nomidan va uning topshirig‘iga ko‘ra boshqa mas’ul shaxslar tomonidan tantanali ravishda topshiriladi. (10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) Oldingi tahrirga qarang. 11. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar ro‘yxati Vazirlikning Internet butun jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy va sohaviy veb-saytlarida hamda boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. (11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) Oldingi tahrirga qarang. 12. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladi. Biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti Vazirlik huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan beriladi. (12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) 13. Bir shaxs ko‘krak nishoni bilan bir marta taqdirlanadi. 14. Ko‘krak nishoni davlat mukofotlaridan keyin ko‘krakning chap tomoniga taqiladi. 4-bob. Yakunlovchi qoidalar Oldingi tahrirga qarang. 15. Vazirlik ushbu Nizomga muvofiq ko‘krak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlarning hujjatlari xolis ko‘rib chiqilishi uchun bevosita mas’uldir. (15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) Oldingi tahrirga qarang. 16. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi. (16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizomga ILOVA “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash SXEMASI Oldingi tahrirga qarang.
Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling