1. Quyidagilar: Oldingi tahrirga qarang
Bosqichlar Mas’ullar
Download 1.4 Mb.
|
433 10.07.2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chora-tadbirlar Muddatlar
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga 14-ILOVA “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni TAVSIFI “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘lib, mis qotishmasidan tayyorlanadi. Ko‘krak nishonining old tomoni markaz qismida sayohat va tinchlik timsolini aks ettiruvchi uchayotgan humo qush tasvirlangan bo‘lib, mamlakatimiz bayrog‘i ranglari bilan o‘ralgan humo qush qanotlari o‘rtasiga joylashtirilgan O‘zbekiston xaritasi O‘zbekistonning turizm maskanlariga sayohat va ularning joylashuvini anglatadi. Ko‘krak nishonining aylanasi bo‘ylab zarhal hoshiya bilan o‘ralgan sariq rangdagi doira ichida “O‘zbekistan Respublikasi” so‘zlari tilla rangda yozilgan. Harflarning balandligi 2,3 millimetr, yozuvlar zarhallangan. Uning pastki qismida “Turizm fidoyisi” so‘zlari yozilgan. Ko‘krak nishonining orqa tomoni yuqori qismida O‘zbekistonning turizm brendi “O‘zbekistan” logotipi va markazida to‘rt qatorda harflarning balandligi 2 millimetr bo‘lgan “Turizm sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” so‘zlari yozilgan. Ko‘krak nishonining qalinligi 2,2 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qavariqdir. Ko‘krak nishoni old va orqa tomonlarining chetlari qavariq doira bilan o‘ralgan. Ko‘krak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi qadag‘ichga ulangan. Qadag‘ichning eni — 26 millimetr, bo‘yi — 17 millimetrdan iborat. Qadag‘ich eni 22 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan bo‘lib, lentaning markazidan eni 6 millimetrli ko‘k yo‘l o‘tgan. Uning har ikki tarafidan eni 1 millimetrli ko‘k, eni 2 millimetrli yashil va eni 5 millimetr bo‘lgan oq rangdagi yo‘llar tushirilgan. Qadag‘ichning orqa tomoniga ko‘krak nishonini kiyimga taqib qo‘yish uchun to‘g‘nog‘ich ko‘rinishidagi moslama o‘rnatilgan. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga 15-ILOVA “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni guvohnomasining TAVSIFI “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni guvohnomasi 160x110 millimetr o‘lchamdagi kitobcha shaklida bo‘lib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qog‘ozdan tayyorlanadi. Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va to‘rtinchi betlari) to‘q ko‘k rangda bo‘lib, plyonka bilan qoplangan. Guvohnomaning birinchi beti eni 7,5 millimetrli, ichki burchaklari aylana shaklida bo‘lgan to‘q yashil rangli hoshiya bilan o‘ralgan. Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda, oralig‘i 3,5 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “TURIZM FIDOYISI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 12-kegl), ikkinchi satrda “ko‘krak nishoni” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 12-kegl) so‘zlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda “GUVONNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) so‘zi yozilgan. Yozuvlar zarhal rangida aks ettirilgan. Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) och yashil rangda bo‘lib, ofset usulida chop etilgan. Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda ko‘krak nishonining asliga teng o‘lchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan. Guvohnomaning ichki o‘ng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda “GUVONNOMA” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zi hamda guvohnoma tartib raqami uchun “№” belgisi va 15 millimetrli chiziq joylashgan. “GUVONNOMA” so‘zidan 11 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oralig‘i 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan. Oldingi tahrirga qarang. Pastki chiziqdan 6 millimetr quyida, markazda, oralig‘i 2 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “O‘zbekiston Respublikasi”, ikkinchi satrda “Turizm va madaniy meros”, uchinchi satrda “vazirligining” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan. (o‘ninchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) Undan 5 millimetr pastda oralig‘i 4 millimetr bo‘lgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20__ y. “___” ___________dagi”, ikkinchi satrda “____-son buyrug‘iga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan. Undan 5 millimetr pastda, markazda, oralig‘i 3 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi catrda “Turizm sohasini rivojlantirishga” ikkinchi satrda “qo’shgan hissasi uchun” (kichik harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 12-kegl), uchinchi satrda “TURIZM FIDOYISI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 14-kegl), “ko‘krak nishoni bilan mukofotlanadi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan. Oldingi tahrirga qarang. So‘nggi so‘zlardan 9 millimetr pastda, chap tomonda “Vazir” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zi yozilgan. (o‘n uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga 16-ILOVA Oldingi tahrirga qarang. Sotishdan tushgan mablag‘larning 50 foizi budjetdan tashqari Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan amaldagi va bugungi kunda foydalanilmayotgan sobiq turizm sohasidagi davlat aktivlari va ular egallab turgan yer uchastkalari RO‘YXATI (ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) 1. Mehmonxonalar va shu kabi joylashtirish vositalari. 2. Dam olish maskanlari. 3. Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari. 4. Davolash-sog‘lomlashtirish komplekslari, sanatoriylar (sihatgohlar) va pansionatlar. 5. Suzish havzalari. 6. Dor yo‘llari. 7. Ko‘ngilochar savdo markazlari. 8. Restoran, kafelar va boshqa ovqatlanish shohobchalari. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga 17-ILOVA Koronavirus pandemiyasi va global inqirozli holatlarning mamlakat turizm sohasiga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar REJASI
Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling