1. Quyidagilar: Oldingi tahrirga qarang
Download 1.4 Mb.
|
433 10.07.2020
distribyutorlik bitimi — ishlab chiqaruvchi kompaniya va distribyutor o‘rtasida tuziladigan bitim bo‘lib, unda distribyutor yetkazib beruvchidan tovarlarni sotib olish va muayyan hududda targ‘ib qilish/realizatsiya qilish majburiyatini oladi;
institutsional qo‘llab-quvvatlash — turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish, xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallarini to‘lash, xorijiy sheriklar bilan aloqa o‘rnatish, xizmat safari xarajatlari, ko‘rgazmalarni o‘tkazish maqsadida maydonlarni ijaraga olish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun faoliyati turizm sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlariga (keyingi o‘rinlarda — NNTlar) Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ajratiladigan pul mablag‘lari; kinoloyiha materiallari — film sinopsisi, rejissor ssenariysi va smetasi, tasvirga olish obyektlarining joylashuvi va ular to‘g‘risidagi axborotlar, filmning ishchi hujjatlari va boshqalarni o‘z ichiga olgan materiallar to‘plami; kompensatsiya — tadbirkorlik subyektlariga respublika hududlarida (Toshkent shahridan tashqari) “karaoke” zallari va turistik ko‘ngilochar muassasalarni tashkil etish xarajatlarining bir qismini Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplash maqsadida beriladigan pul mablag‘lari; onlayn kinoteatr — qonuniy professional onlayn-video bozorida faoliyat yuritayotgan, 1 million nafardan ortiq obunachisiga ega sayt va (yoki) sayt sahifasi bo‘lib, undagi kontent (foydalanuvchi interfeysi, audioyo‘lakchalar va/yoki subtitrlar) kamida ikkita xorijiy tilda yuritiladi; talabgor — grantlar olish, kompensatsiya ajratish yoki institutsional qo‘llab-quvvatlash uchun buyurtma va boshqa hujjatlar taqdim qilgan tadbirkorlik subyektlari va faoliyati turizm sohasidagi NNTlar. Oldingi tahrirga qarang. 3. Soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorligi mavjud bo‘lgan, qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari va NNTlar, Qo‘mita xodimlarining tanlovda ishtirok etishlariga yo‘l qo‘yilmaydi. (3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son) 4. Talabgorlarning arizalarini ko‘rib chiqish, grant, kompensatsiya qilish va institutsional qo‘llab-quvvatlash maqsadida moliyaviy yordam mablag‘larini ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun Qo‘mita raisining buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan maxsus Komissiya (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) tarkibi shakllantiriladi. 2-bob. Tadbirkorlik subyektlariga grantlar ajratish tartibi 5. Grant bitta loyihaning 30 foizi, lekin 3 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda ajratiladi. Grantning umumiy miqdori har yili Jamg‘armaning moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, Qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasida tasdiqlanadi. 6. Talabgor tanlovda ishtirok etish uchun ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ariza bilan Qo‘mitaga murojaat qiladi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: kinoloyiha materiallari; kinoloyiha uchun 70 foiz mablag‘ning mavjudligini tasdiqlovchi bank hujjatlari; to‘liq metrajli badiiy filmlar uchun davom etish vaqti kamida 70 daqiqalik bo‘lgan badiiy filmni xalqaro kino bozorlarida sotish hamda xalqaro kinofestivallarda namoyish etish uchun targ‘ib qilish to‘g‘risida xalqaro distribyuterlik bitimi yoki kafolat xati nusxasi; qisqa metrajli badiiy filmlar uchun davom etish vaqti kamida 30 daqiqalik badiiy filmni xalqaro kinofestivallarda namoyish etish uchun targ‘ib qilish to‘g‘risida xalqaro distribyuterlik bitimi yoki kafolat xati nusxasi; hujjatli-xronikal va hujjatli-badiiy filmlar uchun davom etish vaqti kamida 40 daqiqalik filmni onlayn-kinoteatrlarda namoyish etilishini tasdiqlovchi hujjat nusxalari. 7. Loyihalar quyidagilarga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim: a) O‘zbekiston tarixi va tarixiy shaxslari haqidagi afsona va hikoyalar talqinini targ‘ib qilish; b) mamlakat kinolokatsiyasini xalqaro media maydonda targ‘ib qilish; v) O‘zbekistonning turizm salohiyatini namoyish etish. 8. Grant har chorak yakunlariga ko‘ra, chorak tugaganidan keyingi oyning 20 sanasiga qadar mazkur yakunlangan chorakda ariza bergan tadbirkorlik subyektlariga ajratiladi. 9. Komissiya chorak davomida kelib tushgan arizalarni, chorak tugaganidan keyingi oyining 10 sanasiga qadar ushbu Nizom talablariga muvofiqligini o‘rganish asosida grant ajratish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va qabul qilingan qaror nusxasini qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun ichida talabgorga yuboradi. Grant ajratish to‘g‘risidagi qarorda grant miqdori, tadbirkorlik subyekti nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), grant oluvchi yuridik shaxsning nomi, STIR, tijorat bankidagi joriy hisobining rekvizitlari ko‘rsatiladi. Taqdim etilgan hujjatlarni qo‘shimcha o‘rganish zarurati tug‘ilsa, Komissiya talabgorni yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi va arizani ko‘rib chiqishni qo‘shimcha o‘n kunga uzaytirish huquqiga ega. 10. Grant rad etilgan taqdirda, grantni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablarni aniq ko‘rsatgan holda qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida talabgorga yuboriladi. Talabgor qarorni olgandan keyin keyingi chorakda ushbu kamchiliklarni bartaraf etib, Qo‘mitaga ularning bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qilishi mumkin. 11. Grant quyidagi asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin: ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etilmagan yoki to‘liq taqdim etilmagan; kinoloyihalar ushbu Nizomning 3 va 7-bandlarida ko‘rsatilgan talablarga javob bermasa. Ushbu bandda ko‘rsatilmagan boshqa asoslar bo‘yicha grant ajratishni rad etish ta’qiqlanadi. 12. Komissiya tomonidan grant ajratish to‘g‘risida qayta berilgan ariza keyingi chorak yakunlariga ko‘ra ko‘rib chiqiladi. Bunda, yangi, ilgari aniqlanmagan asoslar bo‘yicha grant ajratishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 13. Loyihalari maqbul deb topilgan talabgorlar bilan Qo‘mita shartnoma tuzadi. 3-bob. Tadbirkorlik subyektlarining respublika hududlarida turistik ko‘ngilochar muassasalarni tashkil etish xarajatlarini qoplash tartibi 14. Tadbirkorlik subyektlariga respublika hududlarida (Toshkent shahridan tashqari) turistik ko‘ngilochar muassasalarni tashkil etish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida har bir loyihaga kompensatsiya ko‘rinishida 10 million so‘m miqdorida pul mablag‘lari taqdim etiladi. 15. Quyidagi turistik ko‘ngilochar muassasalarni tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq xarajatlar qoplanadi: Lazertag, basseyn, kvest-animatsiya, roller-dromlar (rollerda uchuvchilar uchun turli xil qiyaliklar va har xil balandlikdagi devorlarga ega bo‘lgan maxsus jihozlangan platforma), velodrom (velosipedda mashq qilish va musobaqa uyushtirishga mo‘ljallangan inshoot), motokross, karting, sport labirinti, batut markazi, peyntbol, kuzatuv minorasi, djamping, flaybording, parashyutdan sakrash, planetariya, karaoke zallari, myuzik-xoll, raqs klubi va boshqa innovatsion turistik ko‘ngilochar maskanlar. 16. Kompensatsiya mablag‘larining umumiy hajmi yiliga 1 milliard so‘mgacha miqdorni tashkil etib, Qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasida tasdiqlanadi. 17. Talabgor kompensatsiya olish uchun ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ariza bilan Qo‘mitaga murojaat qiladi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: a) talabgorning tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqidagi guvohnoma nusxasi; b) karaoke zallari va turistik ko‘ngilochar muassasalarning professional asbob-uskunalar bilan jihozlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar. 18. Komissiya arizalarni besh ish kuni davomida hujjatlarning ushbu Nizom talablariga muvofiqligini tekshiradi. 19. Kompensatsiya rad etilgan taqdirda, kompensatsiyani rad etish uchun asos bo‘lgan sabablarni aniq ko‘rsatgan holda qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida talabgorga yuboriladi. Talabgor qarorni olgandan keyin bir oy ichida ushbu kamchiliklarni bartaraf etadi va Qo‘mitaga ularni bartaraf etish uchun tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib qayta murojaat qilishi mumkin. 20. Kompensatsiya quyidagi asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin: ushbu Nizomning 17-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlar to‘liq taqdim etilmaganda; tadbirkorlik subyekti ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan talablarga javob bermasa. Ushbu bandda ko‘rsatilmagan boshqa asoslar bo‘yicha kompensatsiyani rad etish taqiqlanadi. 21. Komissiya tomonidan kompensatsiya olish to‘g‘risida qayta berilgan ariza besh ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi. Bunda, yangi, ilgari aniqlanmagan asoslar bo‘yicha kompensatsiyani rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 4-bob. Faoliyati turizm sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan jamoat tashkilotlari faoliyatini institutsional qo‘llab-quvvatlash 22. NNTlarni institutsional qo‘llab-quvvatlash uchun Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan beg‘araz moliyaviy yordam ko‘rsatish quyidagi yo‘nalishlardagi xarajatlarini qoplash uchun amalga oshiriladi: a) xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallarini to‘lash; b) xorijiy hamkorlar bilan aloqa o‘rnatish; v) turizm sohasini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xizmat safari xarajatlarini qoplash; g) O‘zbekistonning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimotlarni o‘tkazish uchun maydonlarni ijaraga olish; d) O‘zbekistonning turizm salohiyatini rivojlantirishga; e) turizm brendini xalqaro bozorlarda targ‘ib qilishga; j) yangi turizm mahsulotlari va yo‘nalishlarini joriy qilishga; z) turizm sohasidagi loyihalarning texnikaviy-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishga qaratilgan boshqa xarajatlar. 23. Beg‘araz moliyaviy yordamning umumiy hajmi yiliga bazaviy hisoblash miqdorining 10 ming barobarigacha miqdorni tashkil etib, Qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasida tasdiqlanadi. 24. NNT o‘rtasida moliyaviy yordam mablag‘larini taqsimlash Komissiya tomonidan amalga oshiriladi. 25. NNT Qo‘mitaga ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda talabnoma va ariza bilan murojaat qiladi. 26. Komissiya NNT arizalarini Qo‘mitaning rasmiy veb saytida (www.uzbektourism.uz) institutsional qo‘llab-quvvatlash uchun arizalar qabul qilish boshlanganligi haqidagi xabar rasman e’lon qilingan sanadan boshlab 30 kun davomida qabul qiladi. 27. Komissiya tomonidan arizani ko‘rib chiqish muddati arizalarni qabul qilish tugagan kundan boshlab bir oydan oshmasligi kerak. 28. Komissiya tomonidan talabnoma va arizalar o‘n ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi va quyidagi mezonlar asosida beg‘araz pul mablag‘lari ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi: a) xarajatlarning asoslanganligi; b) muayyan yil uchun amalga oshirladigan ishlar taqvimiy rejasi (keyingi o‘rinlarda — reja)ning ishlanganligi, sifati va batafsillik darajasi; v) rejaning turizm sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga mosligi; g) tadbirlarning dolzarbligi va kutiladigan natijaning realligi; d) shunga o‘xshash maqsadlarga erishishda tajribaning mavjudligi. Komissiya mablag‘lar ajratish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va qabul qilingan qaror nusxasini qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun ichida ariza beruvchiga yuboradi. 29. Beg‘araz moliyaviy yordam mablag‘larini ajratish rad etilgan taqdirda, rad etish uchun asos bo‘lgan sabablarni aniq ko‘rsatgan holda qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida talabgorga yuboriladi. Talabgor qarorni olgandan keyin bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, qayta kiritish huquqiga ega. 30. Komissiya tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar bartaraf etilmasdan kiritilgan arizalar qayta ko‘rib chiqilmaydi. 31. Ajratiladigan mablag‘lar miqdori NNT talabnomasida ko‘rsatilgan loyiha, taqdimotlar va boshqa hujjatlar bilan asoslangan summaga bog‘liq bo‘ladi. 32. Beg‘araz moliyaviy yordam mablag‘larini ajratish Komissiya qaroriga asosan amalga oshiriladi. Qaror bayonnoma asosida rasmiylashtiriladi. 33. Qo‘mita NNTlar bilan rejadagi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan o‘zaro beg‘araz moliyaviy yordam mablag‘larini ajratish bo‘yicha shartnoma tuzadi. 34. NNT qoida tariqasida bir yilda bir marotaba ariza bilan murojaat qilishi mumkin. 5-bob. Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ajratilgan mablag‘lardan foydalanish tartibi 35. Ajratilgan mablag‘lar hisobidan quyidagi xarajatlar qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi: a) xayriya aksiyalari va bu turdagi xayriya ehsonlari; b) moddiy yordam sifatida tarqatish uchun oziq-ovqat mahsulotlari va ashyolarni xarid qilish; v) siyosiy partiyalarni moliyalashtirish; g) NNTning Ustavida nazarda tutilmagan boshqa faoliyat turlari va xarajatlari. 36. Ajratilgan mablag‘lardan quyidagi xarajatlar uchun NNT sarflashga haqli hisoblanadi: a) turizm sohasidagi loyihalarni ishlab chiqishda ishtirok etgan mutaxassislarining fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida yollanish xarajatlari shu jumladan, ish haqi; b) turizm sohasidagi boshqa, shu jumladan xorijiy tashkilot va muassasalarning xizmatlari uchun to‘lov xarajatlari; v) turizm sohasi doirasida tegishli loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq bino, asbob-uskunalarni ijaraga olish; g) ommaviy axborot vositalarida turizmni keng targ‘ib qilish; d) moddiy-texnik bazani takomillashtirish, tegishli jihozlar xarid qilish; e) turizm sohasi vakillari bilan uchrashuvlar tashkil qilish, xizmat safarlari, transport xarajatlari; j) turizm sohasi bilan bog‘liq boshqa xarajatlar. 6-bob. Mablag‘larni sarflanishini monitoring qilish tartibi 37. Qo‘mita ajratilgan grant va moliyaviy yordam mablag‘larining maqsadli sarflanishini monitoringini amalga oshiradi. Grant va moliyaviy yordam oluvchilar Qo‘mitaning talabiga binoan ushbu monitoringni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni belgilangan shakl bo‘yicha har chorak yakuni bilan taqdim etishi shart. 38. Institutsional yordam olgan NNTlar, Qo‘mitaga ushbu Nizomning 3 va 4-ilovalariga muvofiq shakl bo‘yicha, moliyaviy va tahliliy hisobotlarini taqdim etadi. 39. Hisobotlar har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 10 sanasiga qadar Qo‘mitaga taqdim etib borilishi lozim. Hisobotlar belgilangan muddatlarda uzrli sabablarsiz taqdim etilmaganda Qo‘mita tomonidan bir tomonlama tartibda shartnoma bekor qilinadi. 40. Taqdim etilgan hisobotlarda mablag‘lar maqsadsiz ishlatilgan (sarflangan) holat aniqlanganda, Qo‘mita taqdim qilingan mablag‘larini maqsadsiz ishlatishga yo‘l qo‘yganlikda aybdor bo‘lgan shaxslarga nisbatan javobgarlik choralarini qo‘zg‘atadi, shuningdek, ajratilgan mablag‘larni undirish choralarini ko‘radi. 41. Talabgor so‘ralayotgan mablag‘ bo‘yicha taqdim qilingan hujjatlarning muvofiqligi va mablag‘larining maqsadli ishlatilishi uchun shaxsan javobgardir. 7-bob. Komissiyani shakllantirish tartibi 42. Komissiya faoliyati oshkoralik, holisona baholash, talablarning bir xilligi va teng raqobat sharoitlarini yaratish tamoyillariga rioya qilgan holda, komissiyaning vakolatiga kiruvchi masalalarni bamaslahat muhokama qilish va hal etish asosida amalga oshiriladi. Komissiya tarkibi Qo‘mita raisining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Komissiya tarkibiga Qo‘mita xodimlari bilan bir qatorda, moliya idoralari, ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari hamda soha mutaxassislari jalb etilishi mumkin. 43. Komissiya qarori, uning tarkibiga tayinlanganlarning uchdan ikki qismi (2/3) qatnashsa, haqiqiy hisoblanadi. Komissiya qarori oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda, Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Komissiyaning faoliyatini tashkiliy-texnikaviy ta’minlash Qo‘mita tomonidan amalga oshiriladi. 44. Ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash maqsadida, talabnomalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya majlislarida OAV vakillari, turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari va davlat organlarining vakillari ishtirok etishlari mumkin. 8-bob. Komissiya vakolatlariga kiruvchi funksiya va vazifalar 45. Komissiya majlislari oralig‘idagi tashkiliy ishlarni tayinlangan tarkibning butun ish faoliyati davri uchun Komissiya a’zolari orasidan saylanadigan komissiya kotibi olib boradi. 46. Komissiya kotibi: a) talabgorlar va NNTni tashkiliy xususiyatga ega zarur axborot bilan ta’minlaydi; b) arizalarni, loyihalarni va taqdimot materiallarini qabul qiladi va ularni Komissiya a’zolariga yuboradi; v) Komissiya bayonnomalarini tayyorlaydi; g) talabgorlar taqdimotlarini o‘tkazishni tashkil qiladi. 47. Komissiya: a) talabgorlarning talabnomalarini kelib tushishiga qarab xronologik tartibda ro‘yxatga oladi; b) qabul qilingan talabnomalarni o‘rganish va tahlil qilish bo‘yicha majlislar o‘tkazadi. Tahlil quyidagilarni aniqlash uchun o‘tkaziladi: talabgorning yozma arizasida ko‘rsatilgan har bir yo‘nalish bo‘yicha moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligini; sotib olinadigan moddiy boyliklar, jalb qilinadigan ishlar va xizmatlarga talabgor tomonidan taklif etilgan narxlarning asosli ekanligini; v) Qo‘mitaning Moliya-iqtisod boshqarmasi va tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda moliyaviy yordam mablag‘larining sarflanishini monitoring qiladi; 48. Komissiya qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va uni Komissiyaning hamma a’zolari imzolaydi. 49. Komissiya talabgorning arizasini hamda talabgor to‘g‘risida o‘rganilayotgan masalaga daxldor boshqa mavjud materiallarni tahlil qiladi. 50. Taqdim qilingan har bir pul mablag‘i bo‘yicha Komissiya alohida ish jild shakllantiradi. 9-bob. Grant, moliyaviy yordam mablag‘lari va kompensatsiya ajratish tartibi 51. Grant, moliyaviy yordam mablag‘lari va kompensatsiya Jamg‘armadan ajratiladi va Qo‘mita tomonidan ariza beruvchilaring ularga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklardagi hisobvaraqlariga o‘tkazib beriladi. 52. Grant, moliyaviy yordam mablag‘lari va kompensatsiya ajratish bo‘yicha Qo‘mita tomonidan qaror qabul qilingandan so‘ng ularni Qo‘mita besh ish kunida tadbirkorlik subyektlari va NNTlarning ularga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklardagi hisobraqamlariga o‘tkazib beradi. 10-bob. Yakunlovchi qoidalar 53. Komissiya ushbu Nizomda belgilangan chora-tadbirlar samaradorligini monitoring qiladi, shuningdek, zaruratga ko‘ra, uni o‘zgartirish yoki to‘ldirish bo‘yicha Komissiya raisiga umumlashtirilgan takliflar kiritadi. Oldingi tahrirga qarang. 54. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi. (54-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Tadbirkorlik subyektlariga grantlar berish, kompensatsiya va moliyaviy yordam ko‘rsatish hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hamkorlari — nodavlat notijorat tashkilotlarini institutsional qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA Tadbirkorlik subyektlariga grantlar berish, kompensatsiya va moliyaviy yordam ko‘rsatish hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hamkorlari — nodavlat notijorat tashkilotlarini institutsional qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA Tadbirkorlik subyektlariga grantlar berish, kompensatsiya va moliyaviy yordam ko‘rsatish hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hamkorlari — nodavlat notijorat tashkilotlarini institutsional qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA Tadbirkorlik subyektlariga grantlar berish, kompensatsiya va moliyaviy yordam ko‘rsatish hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hamkorlari — nodavlat notijorat tashkilotlarini institutsional qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga 12-ILOVA Turistik axborot markazlarini tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom turistik axborot markazlarini tashkil qilish va faoliyatini yo‘lga qo‘yishning tartibi va shartlarini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling