1. Raqobat haqida tushuncha


Download 54.13 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi54.13 Kb.
#1586705
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Мустақил иш Ст



Termiz Davlat Universiteti
Iqtisodiyot va turizm fakulteti
Iqtisodiyot yo‘nalishi 321-guruh talabasi

Jabborov Botirning
Стратегик режалаштириш fanidan tayyorlagan



MUSTAQIL IShI

Termiz 2023 yil
Mavzu: Raqobatchilikni baholash usullari
Reja:


1.Raqobat haqida tushuncha.




2.Raqobat turlari.




3.Raqobatchilikni baholash usullari.




Raqobat muhiti va raqobatbardoshlik tushunchalari bir biriga yaqin bo‘lib, ishlab chiqarish va mahsulotni sotish jarayonlarida bir birini to‘ldirib boradi. Mahsulot raqobatbardosh bo‘lishi uchun uni yetishtirishdagi raqobat muhiti muhim ahamiyatga ega. Raqobatbardosh mahsulot raqobat muhitining mahsuloti hisoblanadi. Shuning uchun ham ushbu ikki tushunchani bir biridan ajratgan holda tadqiq qilish mumkin emas. Shunday qilib raqobat, bozor, talab va taklif, narx, raqobatbardoshlik va raqobat muhiti tushunchalari turli ma'nolarda ishlatilsa ham bir biri bilan uzviy bog‘liq hisoblanadi. Raqobat tushunchasi iqtisodchi olimlar tomonidan turli xil talqin etilgan. Raqobatning asosi bu iqtisodiy mustaqillik, faoliyat yurituvchi sub'ektlarning bozordagi teng ishtiroki (foyda olish, mahsulotni yuqori narxlarda sotish va hokazo) hisoblanadi.

Raqobat - lotincha «soncurentia» so‘zidan olingan bo‘lib, «to‘qnashuv» degan ma'noni bildiradi. Shunday qilib yuqorida ta'kidlanganidek raqobat, raqobatbardoshlik va raqobat muhiti tushunchalari bo‘yicha bugungi kunda yagona fikr mavjud emas. Ushbu sohada ilmiy izlanishlar olib borayotgan olimlarning mazkur kategoriyalarga berayotgan tavsifida masalaning ma'lum qirrasi ochib berilgan va ular tomonidan ushbu tushunchalarni yanada boyitishga harakat qilingan. «Raqobatbardoshlik» bu raqobatchilar o‘rtasidagi mahsulotga nisbatan baho beruvchi yuqori malakali ishchilar mehnatida foydalanilgan mashinalar tizimi, optimallashtirilgan va shunga moslashtirilgan intensiv texnologiyani qo‘llash natijasida olingan belgi deb hisoblash mumkin. Raqobat muhiti esa ushbu beligiga ega bo‘lgan mahsulotni yetishtirish uchun qayta ishlash, ayriboshlash va sotish uchun yaratilgan sharoitlardan iborat.


Download 54.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling