1. Rentgen nurlarining va ularning xossalari. Rentgen nurlarning spektrlari Uzlukli va uzluksiz spektrlar
Download 328 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rentgen spektrlari
2. Rentgen nurlarning spektrlari. Rentgen nurlarining spektral tarkibi murakkab bo'lib, elektronlar energiyasiga va anod materiallarining turiga bog’liq.
Rasmda rentgen nurlari spektrining tipik shakli tasvirlangan. Rentgen nuri spektri qisqa to’lqin uzunlik tomondan chegaralangan min tutash va tutash spektr sohasida joylashgan katta intensivlikdagi bir necha chiziqli (1, 2,...) spektrlar yig’indisidan iborat. Tajribani ko'rsatishicha tutash spektr anod materialiga bog’liq bo'lmay, u faqat anodga urilayotgan elektronning energiyasiga bog’liq bo'lib, elektronlarning anodga urilishi natijasida tormozlanishi tufayli hosil bo'lar ekan. Shuning uchun ham rentgen nurining tutash spektri tormozlanish spektri deb ham ataladi. Bunday xulosa nurlanishning klassik nazariyasiga ham mos keladi, ya'ni bu nazariyaga ko'ra zaryadli zarrachalar tormozlanganda tutash spektrli nurlanish hosil bo'lishi kerak. Agar anod va katod orasidagi kuchlanishni orttirib borsak, tutash rentgen nurini qisqa to’lqin uzunlik tomondagi chegarasi ham qisqa to’lqin uzunlik tomonga siljib boradi. Rentgen nuri tutash spektrini qisqa to’lqin uzunliklar sohasidagi keskin chegarsini faqat kvant nazariya asosida tushuntirish mumkin. Agar elektronning kinetik energiyasi to’liqicha nurlanishga sarflansa, nurlanish chastotasi eng katta yoki nurlanish to’lqin uzunligi eng kichik bo'ladi, ya'ni e U = Bu ifoda tajriba natijasiga mos keladi. Katod va anod orasidagi potentsiallar farqi qancha katta bo'lsa, shuncha qisqa uzunlikdagi rentgen nuri hosil bo'ladi. Rentgen spektrlari — toʻlqin uzunliklarining 10~4 dan 103 A gacha sohasidagi elektromagnit nurlanishlar, yaʼni rentgen nurlanishning chiqarish va yutish spektrlari. Rentgen spektrlari tutash (yaxlit) va chiziqli (harakteristik) boʻladi. Tutash Rentgen spektrlari zaryadlangan zarralar (elektron, proton, mezon va h.k.) ning antikatodga urilib tormozlanishi jarayonida vujudga keladi. Chiziqli Rentgen spektrlari elektronlarning antikatodga urilib, oʻz energiyasini antikatod atomlariga berishi natijasida hosil boʻladi. Chizikdi Rentgen spektrlari bir-biridan keskin ajralib turadigan ayrim chiziqlardan iborat boʻladi. Tutash Rentgen spektrlarining xususiyati antikatod materialiga emas, zaryadlangan zarralarning massasi va ularni tezlatuvchi potensialga bogʻliq. Tormozlanish spektrlari intensivligi taqsimoti toʻlqin uzunligiga qarab efi chiziq bilan ifodalanadi (racmga q.). Chiziqning qisqa toʻlqinli chegarasi antikatodga urilayotgan zaryadlangan zarraning energiyasiga bogʻliq, Mas, elektronlarni tezlatuvchi potensial f=100 KB ga teng boʻlganida, tutash spektrdagi eng qisqa toʻlqin uzunligi 0,123 A boʻladi. Uygʻotuvchi elektronlarning energiyasi biror kritik qiymatdan ortiq boʻlmaganda, tutash spektr, ularning energiyasi kritik qiymatga teng yoki undan katta boʻlsa, chizikli spektr hosil boʻladi. Chizikli Rentgen spektrlarining xususiyati esa antikatod materialiga bogʻliq. Har bir elementning oʻziga xos chizikli Rentgen spektrlari bor. Ingliz olimi G. Mozli nurlanuvchi elementlarning Rentgen spektrlari ini tadqiq qilib (1913), ularning spektr chiziklari chastotasi bilan chiziqaarni hosil qiluvchi elementning atom tartib raqami orasidagi bogʻlanishni ifodalovchi qonunni kashf etdi (qarang Mozli qonuni). Download 328 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling