22. Yirik kreditlar me’yoriy ko‘rsatkichining maksimal qiymati to‘g‘ri berilgan qatorni ko‘rsating.
✅A) bank kapitalining 8 barobaridan oshmasligi kerak;
B) bank kapitalining 8 barobari;
C) bank kapitalining 8 barobaridan kam bo‘lmasligi kerak;
D) tog‘ri javob berilmagan.
23. K = Kx/ Kb∗ 100%. Berilgan formula oraqli qanday ko‘rsatkich aniqlanadi? Bu yerda: Kx –xalqaro kreditlar yig‘indisining miqdori; Kb - bank kapitali.
A) kredit riskining haqiqiy darajasi;
B) xalqaro kreditlarning maksimal miqdori; ✅
C) yirik kreditlar me’yori;
D) bitta qarzdor uchun risk darajasining maksimal qiymati.
24. Mijozning kreditga layoqatligiga to‘g‘ri ta’rif berilgan qatorni aniqlang.
A) mijozning o‘z qarz majburiyatlari bo‘yicha to‘liq va o‘z vaqtida hisoblashish qobiliyati; ✅
B) mijozning o‘z qarz majburiyatlari bo‘yicha qisman va o‘z vaqtida hisoblashish qobiliyati;
C) mijozning o‘z qarz majburiyatlari bo‘yicha o‘z vaqtida hisoblashish qobiliyati;
D) mijozning o‘z qarz majburiyatlari bo‘yicha qisman hisoblashish qobiliyati.
25. Kreditga layoqatlilikni ifodalovchi qo‘shimcha ko‘rsatkichlar berilgan javobni aniqlang.
A) qoplash; muxtoriylik va likvidlik koeffitsiyentlari;
B) aylanma mablag‘larining aylanuvchanlik; o‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi; foyda va rentabellik koeffitsiyentlari; ✅
C) aylanma mablag‘larining aylanuvchanlik; o‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi va foyda rentabellik koeffitsiyentlari;
D) qoplash; muxtoriylik va foyda va rentabellik koeffitsiyentlari
26. Quyidagi ma’lumotlar asosida kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlaridan likvidlilik koeffitsiyentini hisoblang:
- tovar moddiy zaxiralari va xarajatlari: 8600,0 ming so‘m;
- debitorlik qarzlari: 3780,0 ming so‘m;
- pul mablag‘lari: 7660,0 ming so‘m;
- joriy majburiyatlar: 9460,0 ming so‘m.
A) 1,22;
B) 1,15;
C) 1,10;
D) 1,18
Do'stlaringiz bilan baham: |