1 Romitan nomlari Oromitan-Qadimgi afsonalarda
Download 17.78 Kb.
|
1 Romitan nomlari
1 Romitan nomlari 1.Oromitan-Qadimgi afsonalarda; 2.Buxoro,Romtin,Rometan-Narshaxiy "Buxoro tarixi" 1996-yil; 3.Alanmi-Muhammadjonov A.''Qadimgi Buxoro" 1991-yil; 4.Ramisan,Aryamisan,Chorshanbe,Rayomitan-Bartold "Movarounnahrning geografik ocherki"Asarlari 1-tom, 1963-yil; 5.Razmitan-Muhammad Solih "Shayboniynoma" T. 1990-yil. Romitan qishloqlarining nomlari 1.Bo'yrabof qishlog'i-Bo'yra tayyorlovchilar shu qishloqda yashaganliklari uchun shunday nomlangan; 2.Vag'eni qishlog'i-Keksalarning shohidlik berishicha,qadim zamonda bir boy lashkarboshi o'z qo'shini bilan shu qishloqqa dam olish uchun kelibdi,nariroqda bir to'da odamlar shovqin-suron qilib boyning dam olishiga halaqit beribdi.Boy anjomlarini ot,eshaklarga yuklab yo'lga ravona bo'libdi va bu qishloqning nomini "Vag'eni" (shovqinli) deb nomlabdi; 3.Garmoba-Issiq suv; 4.Galgala qishlog'i-Asad degan usta yashagan bo'lib u gal-gal qilib gapirgan,undan tashqari qishloq odamlari bir birlariga navbat bermasdan gapirishgan shu sababli ham shunday nomlangan; 5.Garonshoh-asl nomi "Karomshoh" bo'lib talafuzda Garonshohga aylangan; 6.Go'jaxo'r-go'ja yeyuvchi; 7.Gavxona-ba'zilar bu joyni sigirxona,molxona tarzida izohlaydi.Nomshunos olim T.Nafasov yozishicha,gov so'zi tojik tilida "chuqur,teran,past joy " ma'nolarida ham qo'llanilgan."Chuqur joydagi qishloq" ma'nosi; 8.Dehiko'na-eski qishloq; 9.Decha-O'zagi "deha" bo'lib "qishloq" degan ma'noni anglatgan; 10.Yoqubshex-Aslida Yoqub shayx ismiga qo'yilgan; 11.Kulola-qishloq aholisi kulolchilik bilan shug'ullangan; 12.Ko'lipalos-ko'l yonida qamishlar ko'p va zich bo'lganidan xuddi palosga (qamishdan to'qilgan bo'yraga) o'xshagan; 13.Lag'laqa-tebranib turuvchi ko'prik nomiga qo'yilgan; 14.Mahalla-"Mahallai qoziyon",ya'ni "Qozilar mahallasi".Hozirgi kunda faqat mahalla nomi saqlanib qolgan; 15.Marziya-"Marziya" ismli qizni nomiga qo'yilgan.U Childuhtaron tepaligida vafot etgan; 16.Labiro't yoki Ko'nabozorjoy-"ro't" forscha ariq, labi-bo'yi,ma'nosini bildirgan.Ko'nabozor deb atalishiga sabab bir paytlar katta bozor bo'lgan; 17.Mug'oncha-Otashparastlar degan ma'noni anglatadi; 18.Miyonsaroy-saroy qabilasining bir tarmog'i bo'lan; 19.Minglar-ming qabilasidan,shuningdek masjidda mimgdan ortiq odam namoz o'qigan qishloq nomi shundan kelib chiqqan bo'lishi mumkin; 20.Mo'zado'zon-tojikcha tikuvchi (etik tikuvchi) degan ma'noni anglatgan; 21.Mulkiholis-mulki hurri xolis qishloqning asli nomi bo'lgan keyinchalik mulkiholis debyuritila boshlangan; 22.Mirishkor-"Mir"-"amir", "Shikor"-"ov",ya'ni "ov hokimi,amiri" degan ma'noni bildirgan; 23.Nazarobod-Nazar ismli shaxs nomiga qo'yilgan; 24.Og'ar-urug' nomidan kelib chiqqan; 25.Peski-Peski nomli qishloqdan suv keltirilganligi uchun shunday nomlangan; 26.Pinjon-Pinijon bobo nomiga qo'yilgan; 27.Rabot-arabcha "karvonsaroy,musofirxona"ma'nolarini bildirgan (F.Qurbonov).Qo'rg'on ma'nosida (T.Nafasov); 28.Respontob-tojikcha "respon-ip",tob-tovlovchi,ya'ni ip tovlovchi" degan ma'noni anglatgan; 29.Sardari poyon va Sardari bolo-daraning quyi qismi sardari poyon,yuqori qismi-sardari bolo bo'lgan; 30.Sariosiyo-tegirmon boshi; 31.Saroy-o'zbek qavmlarining birining nomi.Shuningdek "karvonsaroy" nomidan olingan bo'lishi ham mumkin; 32.Sepatta-patta-yovvoyi holda o'sadigan gulbuttaga o'xshash o'simlik.Se- tojik- uch; 33.So'filar-azon aytuvchi.So'filar yashagan qishloq; 34.Tarnavut-tarnov nomidan olingan; 35.Tag'ori-g'or tagi; 36.Toshrabot-toshdan qurilgan qishloq (toshdan qurilgan bino nomiga qo'yilgan bo'lishi ham mumkin); 37.Temirxo'ja-Abdurahmonboy degan boyni qo'lida ikki nafar temirchi ishlagan,qishloq nomi ularning nomiga qo'yilgan; 38.Urganji-xorazmning Urganji shahridan ko'chib kelgan ikki kishi sharafiga qo'yilgan; 39.Urganjiyon-Urganchdan kelgan savdo karvoni shu yerga qo'nib o'tishgani uchun shunday nomlangan,ya'ni urganchliklar qishlog'i; 40.Hokimullomir-"mullomirning tuprog'i" ya'ni shayxulislom Amir Husayn Mullomir nomi bilan bog'liq; 41.Xo'jabon-avliyo Xo'jaubbon nomi bilan bog'liq; 42.Xo'jalar-musulmon davlatlarda tarqalgan imtiyozli tabaqa nomiga qo'yilgan; 43.Chandir-turkmanlardan tarqalgan urug'ga borib taqaladi."Chelong'u" va Quvvat"jamoa xo'jaliklari hududlarida joylashgan; 44.Chelong'u-qishloq aholisi temirchilik,ya'ni chelangarlik bilan shug'ullangan; 45.Cho'ponlar-Cho'pon Ato degan ulug' bir kishi nomiga,shuningdek qishloqda 7 ta cho'pon o'tgan shularning nomi bilan bog'liq bo'lishi mumkin; 46.Shalg'ami-qishloq dastlab Miryusuf nomi bilan atalgan.Qishloq aholisi amirni kutib olishga qizil salla o'rashgan; 47.Sho'robod-bu qishloqni yerlari suv ichmasdan sho'rlab yotgan; 48.O'zbakon-"O'zbek" etnomimiga tojikcha ko'plik qo'shimchasi qo'shish orqali ushbu joy nomi yasalgan; 49.O'basaroy-Katta saroy; 50.Qalavuron-Marg'ubshoh deganshohning qorovullari shu qishloqda tunagan,ya'ni "qorovullar" demakdir; 51.Qahramon-Qatramon,Qaramon ya'ni "ozgina qoldi"; 52.Qoqishtuvon-"qoqa" turkmanchada "oqsoqol","ota", "von-makon,joy"demakdir."kishti-turkmanlarda kemachi" Oqsoqol kemachilar makoni; 53.Qal'ai Chorbog'-qal'adan tashqaridagi bog'larga nisbat berib aytilgan; 54.Qum va Qumrabot-tuproq tarkibidan kelib chiqqan,shuning uchun qishloqlar Qumqishloq nomini olgan; 55.Qaraxoni-B.Karmisheva ma'lumotiga ko'ra qoraxoni xo'jalari yashagan joy bo'lib ular Avliyoota nomi bilan mashhur bo'lgan Qoraxon avliyoning deb hisoblangan; 56.Qo'rg'on-Badal merganning boshchiligida qurilgan qal'aga nisbatan atalgan.Qal'a qoldig'i 1970-yilgacha saqlanib qolgan; 57.G'azberon-qovurilgan g'ozning qisqartirilgan ko'rinishi; 58.Xazorbog'-ming bog' degan ma'noni bildirgan; 59.Qatag'on-o'zbeklar tarkibiga kirgan yirik qabila nomi,Qatag'on tanqis deyishgan; 60.Qiyoton-qiyotlar degani bo'lib o'zbek urug'laridan biri.Mo'g'ulcha "tog'dan oqqan sel"degani; 61.Hofizirabot-qishloq qo'shiqchilariga nisbatan atalgan; 62.Qirqlar-o'zbek qavmlari tarkibiga kirgan eng yirik qabilalaridan biri; 63.Qizilravot-bu yerda qizil soz loydan qurilgan ulkan rabot bo'lgan; 64.Xazortut-ming tut; 65.Avliyoxo'ja-ko'plab avliyolar istiqomad qilishgan; 66.Arablar,arabxona (Arabon)-arablar istiqomad qilishgan; 67.Arobasozon-arava yasovchi ustalar yashagan; 68.Ayronchi-qishloq ayollari kuniga 50-60 litr ayron tayyorlashgan. 69.Alamdor-arabcha bayroqdor. Tumanda asli 200 ga yaqin qishloq bo'lib,yuqorida ularning ba'zilari izohlab o'tildi. Download 17.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling