1. Salomatlik va sog‘lom turmush tarzi haqida tushuncha. Katta yoshdagi inson salomatligini qo‘llab-quvvatlovchi omillar


Download 31.02 Kb.
bet12/16
Sana04.11.2021
Hajmi31.02 Kb.
#170465
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Sog‘lom turmush tarzi

Ruhiy sog‘liq bu insonning ruhiy osoyishtaligi, o‘zini o‘zi boshqara bilishi, mustahkam kayfiyat, murakkab vaziyatlarga tez moslashib undan chiqishi, qisqa vaqt ichida ruhiy osoyishtalikni tiklay olishdir. Ruhiy jarayonlar bilan organizmning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish natijasida buyuk fiziolog I. Pavlov ruhiy o‘zgarishlar oqibati, albatta, ichki a’zolar va tizimlar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishini isbotlab berdi.

Ma’lumki, kuchli hissiyotlar yurak urishining o‘zgarishi bilan birga davom etadi, bunda yuz qizaradi yoki oqaradi (tomirlarning qisilishi yoki kengayishiga qarab). Bu holatlarning mazmuni va jadalligi shaxsning va organizmning o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq. Ruhiy ta’sirlar bosh og‘rig‘i yoki organizmdagi boshqa funksional buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shunga ko‘ra, har bir shaxs o‘zini o‘zi ruhan idora eta olishi, bu bilan esa organizmni turli zararli ta’sirotlardan saqlashga erishishi lozim. Aks holda organizmda va ruhiyatda odam uchun og‘ir bo‘lgan turli noxushliklar paydo bo‘ladi.

Ruhiy o‘zgarishlar ta’siridan somatik sohada quyidagi buzilishlar sodir bo‘lishi mumkin: ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, anoreksiya (ishtahaning yo‘qolishi); nafas siqilishi, yo‘tal; yurak-tomir tizimida – arteriya bosimining psixogen ko‘tarilishi, taxikardiya, bradikardiya, yurakda og‘riq his qilish, yurak faoliyati maromining buzilishi, eshushni yo‘qotish bilan birga kollaps darajasigacha yurak faoliyatining zaiflashuvi, psixogen hushsizlik.

Amaliyotda ko‘pincha shunday hollar uchraydiki, kishilarda infarkt va insult og‘ir kechinmalar, ruhiy iztiroblardan keyin paydo bo‘ladi. Siydik tanosil tizimida ruhiy buzilishlar siydik ushlanishi, ba’zan uning to‘xtamasligi bilan namoyon bo‘ladi. Erkaklardagi jinsiy zaiflik va ayollardagi jinsiy sovuqlik ko‘pincha ruhiy o‘zgarishlardan kelib chiqadi. Ichki sekretor faoliyatining psixogen buzilish hollari ma’lum bo‘lib, ularga gipertireoz; ayollarda hayz davrining buzilishi va emizikli onalarda sut kamayishi kiradi. Kutish nevrozi ham ma’lum bo‘lib, uning mohiyati shundan iboratki, u yoki bu kasallik ko‘rinishini qo‘rquv bilan kutish, uning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Masalan, qizarishdan qo‘rqish qizarishning o‘zini keltirib chiqaradi, jinsiy zaiflikdan qo‘rqish mijoz sustligiga sabab bo‘ladi. Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, organizm a’zo va tizimlarining me’yoriy faoliyati bevosita ruhiyatning (psixikaning) qanchalik to‘g‘ri boshqarilishiga bog‘liq. Shu o‘rinda har bir shaxsning o‘zini tahlil qilishi va tarbiyalashi katta ahamiyatga ega. Chunki har bir holatni, ta’sirotni to‘g‘ri talqin qilish, oqilona xulosa chiqarish, ya’ni tahlil qilish organizmni noxushliklardan asraydi.

O‘zini o‘zi ruhan idora etishda, o‘zini tarbiyalashning ahamiyati katta. Har tomonlama tarbiyalangan inson o‘zini, o‘z ruhiyatini va ichki a’zolari faoliyatini to‘g‘ri boshqara oladi. Tarbiyalanish uchun esa, har bir odam o‘zi harakat qilishi lozim. Buning uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin: o‘zini kuzatishi, nazorat qilishi, majburlashi va o‘ziga hisobot berishi.

Kuzatish natijasida salbiy va ijobiy xususiyatlar aniqlab olinadi, salbiy xususiyatlarni bartaraf etish zarurati tug‘iladi. Buning natijasida kishida salbiy xususiyatlar yo‘qolib, atrofdagilarga va ulardan esa o‘ziga faqat ijobiy ta’sirotlarni yuzaga keltiradi. Har bir qilinadigan va qilingan, gapiriladigan va aytilgan so‘zlar haqida andishali bo‘lish esa yaxshi kayfiyat garovidir. Ushbu xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan shaxslar o‘z ruhiyatini to‘g‘ri boshqaradi, sog‘lig‘ini asraydi. Yuqoridagi xatti-harakatlarni shakllantirishda irodali bo‘lish katta ahamiyatga ega. Lekin inson qanchalik o‘zini tarbiyalab, ruhiyatini, bu bilan o‘rganish faoliyatini to‘g‘ri boshqarmasin, ruhiy muvozanat turli omillar ta’sirida ham buzilishi mumkin. Bunday holatlar esa, ruhiyatni muhofaza qila olish zaruratini tug‘diradi.

Ayniqsa, tibbiyot hamshiralari faoliyatida asabiy kechinmalar, zo‘riqishlar va noxush holatlar ko‘p uchraydi. Buning uchun mohiyatni muhofaza qilish usullaridan foydalanish zarur. Bularga taqqoslash (iden tifikatsiya), moslashish (proyeksiya), e’tiborni chalg‘itish (o‘zgartirish), unutish (siqib chiqarish) va boshqalar misol bo‘la oladi. Bu usul larni qo‘llash natijasida ruhiyatdagi salbiy ta’sirotlar birmuncha kamayadi yoki bartaraf etiladi. Bu bilan ichki a’zolar faoliyatida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarning oldi olinadi.

Turli xil ruhiy iztiroblarga barham berish, organizmni tetiklashtirish maqsadida o‘zini ishontirish usuli qo‘llaniladi. Har bir odam ruhiyati orqali ichki a’zo va tuzilmalari faoliyatiga ta’sir etish, bu bilan ularning (shu a’zo va tizimlar) faoliyatini me’yorlashtirish mumkin. Ushbu muolajani bemorning o‘zi o‘tkazadi. Matnni shifokor beradi, keyin uni bemor murakkablashtirib va takomillashtirib boradi. O‘zini o‘zi ishontirish usuli bilan sog‘lig‘i uchun asossiz xavotir olishga barham beriladi, noqulay og‘riqni his qilish yengillashadi va ruhiy iztiroblarga munosabati o‘zgarib, hayot qiyinchiliklarini yengish osonlashadi.




Download 31.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling