1. Samarqand vohasining eng qadimgi va qadim davri. Samarqandning vujudga kelishi va Sug‘dda ilk shahar markazlari
Samarqandning vujudga kelishi va Sug‘dda ilk shahar markazlari
Download 41.52 Kb.
|
1-ma`ruza777
Samarqandning vujudga kelishi va Sug‘dda ilk shahar markazlari
Sug‘d hududida birinchi davlat birlashmalari shakllanishi hamda ilk shaharlarning vujudga kelishini ko‘rsatuvchi besh omilni M.X.Isamiddinov ajratib ko‘rsatadi: 1) yer unumdorligi, tog‘ daryolarining sersuvligi va issiq iqlim sharoiti; 2) eneolit davridan (Sarazm madaniyati) boshlangan barqaror dehqonchilik an’analari va hunarmandchiligi; 3) Samarqand Sug‘di eneolit davridan boshlab mis rudalarining asosiy markazi bo‘lib, bu yerga uzoq hududlardan mis sotib olish uchun odamlar kelishgan. Shubhasiz, ushbu iqtisodiy omil shaharni shakllantirish jarayonida juda muhim rol o‘ynagan va natijada davlatning vujudga kelishiga turktki bo‘lgan; 4) Samarqand va Samarqand Sug‘di savdo yo‘llari chorrahasida joylashgan. Buyuk Ipak yo‘li paydo bo‘lishidan oldin ham yirik Sug‘d savdo markazi bo‘lib, bu mintaqaning rivojlanishini ta’minlagan asoslardan; 5) Samarqand Sug‘di doimo ko‘chmanchi aholi bilan yaqin aloqada bo‘lgan. Bronza davridan boshlab ko‘chmanchi qabilalar mahalliy dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan qabilalar bilan yaqin munosabatda bo‘lib kelishgan. Sug‘d hududiga shahar madaniyati qay tarzda kirib borganligi katta ahamiyat kasb etadi. Sug‘d hududida dastlabki shaharlar paydo bo‘lganida, asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlar yuqori darajada rivojlangan dehqonchilik, mis rudali zahiralarining mavjudligi, chorvachilik dashtlariga yaqinlik va qulay geografik sharoitlar bo‘lgan. Baqtriya hududi taraqqiyoti shahar madaniyatining yanada rivojlanishiga muhim turtki bo‘ldi. Baqtriya madaniyati birinchilardan bo‘lib, Sug‘d hududlariga ta’sir qilgan. Buning asosiy sabablari Sug‘dning Baqtriyaga yaqin joylashganligi, tabiiy iqlim sharoitlarining o‘xshashligi va etnik-madaniy an’analarning umumiyligi bo‘lgan. Sug‘dning dehqonchilik madaniyati juda rivojlangan hunarmandchilik mahsulotlari va aholining dunyoqarashi Baqtriyaga yaqin bo‘lgan. Aynan Sug‘dliklar shu davrga kelib shahar madaniyatini qabul qilishga tayyor bo‘lishgan. Sug‘d hududidagi ilk temir davriga oid arxeologik yodgorliklari Ko‘ktepa yirik, nisbatan qadimiyroq bo‘lib, qadimgi Sug‘diyona tarixi va madaniyati haqida ko‘plab ma’lumotlarni bera oladi. Download 41.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling