1. Samarqand vohasining eng qadimgi va qadim davri. Samarqandning vujudga kelishi va Sug‘dda ilk shahar markazlari


Shaharning suv ta’minoti, yo‘llar va turar joylar


Download 41.52 Kb.
bet7/8
Sana16.02.2023
Hajmi41.52 Kb.
#1203914
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-ma`ruza777

Shaharning suv ta’minoti, yo‘llar va turar joylar. Afrosiyobga qachon va qanday qilib suv kelganligini aniqlash uchun hozirgi zamon texnika vositalari hisoblanmish kosmik suratlardan foydalanib qaralganda, Zarafshon daryosidan oqib tushadigan yomg‘ir va sel suvlaridan to‘yinadigan soylar aynan Afrosiyob tomon yo‘nalganligiga ko‘rinadi.
Shaharga Darg‘om kanalidan ham suv kelgan. Faqat bu suvdan foydalanish qachondan boshlab amalga oshirilgan. Buni aniqlash Darg‘om kanalini qaysi davrdan boshlab ishlay boshlagan, degan muammoli masalaga ham javob topishni taqozo qiladi. Bu masalani yoritishda eng qadimgi va eng aniq suv manbai bu Siyob arig‘i bo‘lgan. Afrosiyob ustidan tosh davriga oid juda ko‘plab tosh qurollari topilgan bo‘lib, bu yerda hayotning juda qadimdan paydo bo‘lganligidan dalolat beradi.
Samarqand shahrini sug‘orishning yana bir murakkab tomoni Afrosiyob tepaligining ustiga suv chiqarish uchun o‘rta asrlarda «Jui arziz»dan foydalanilgan. Xuddi shunday qurilma qadimgi davrda ham bo‘lgan. Chunki Afrosiyobning antik davr qatlamlaridan ham suv o‘tkazuvchi sopol quvurlar bo‘lganligi ma’lum. Qadimgi shaharga suv janubiy-g‘arbiy tomondan kelib, uch qismga bo‘lingan. Birinchi ariq shaharning g‘arbiy tomonidan janubdan shimol tomonga oqqan. Ikkinchi ariq shaharning qoq o‘rtasidan ark tomon yo‘nalgan bo‘lsa, uchinchi ariq shaharning sharqiy tomonlarini sug‘organ. Shahar hududini sug‘oradigan to‘rtinchi ariq ham bo‘lib, u biroz kichikroq bo‘lib, ko‘proq shaharning janubi-g‘arbiy tomonlarini ham sug‘organ.
Shaharning ark qismini g‘arbiy chekkasida juda katta hovuz bo‘lib, bu hovuzni miloddan avvalgi VII-VI asrlarda ham ishlaganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Arkning shimoli-g‘arbiy chekkasidagi hovuz eng qadimgi davrlarda ham, shuningdek, o‘rta asrlarda ham bo‘lgan.
Yo‘llar. Afrosiyobning o‘rta asr yo‘llari o‘rganilganda bu yo‘llar eng qadimgi davrlardan buyon o‘z joyidan siljimaganligi aniqlangan. O‘rta asr yo‘llarining asosiy katta qismi shaharning janubiy qismidan shimoliy qismiga eng asosiy magistral ariqlar yoqalab yo‘nalgan. Sharqdan g‘arbga tomon ham yo‘llar o‘tgan bo‘lib, ko‘p hollarda ular shahar mahallalarini bog‘lashdan tashqari, tashqi darvozalarni ham bir-biriga bog‘lab turgan. Jumladan, G.V.Shishkina Buxoro darvozasi oldida, N.B.Nemseva janubiy darvoza oldida, Y.F.Buryakov esa, Nauvexar darvozasi oldida qazishmalar olib borib bu yo‘llarni o‘rganganlar va ularning asosiy xulosalari bu qadimgi yo‘llar shaharning mahallalari bilan birga asosiy yirik darvozalarni ham bog‘lab turgan.
Buxoro darvozasi o‘zbek-fransuz ekspeditsiyasi tomonidan qo‘shimcha o‘rganilganida, miloddan avvalgi VII-VI asrlarda ancha chuqurda, jarliklarda bo‘lgan darvozaning ustidan yunonlar darvoza qurishib, faqat piyodalar o‘tishi mumkin bo‘lgan darvoza, yo‘lak qoldirishgan va bu yo‘l Siyob yoqalab g‘arbga tomon (Buxoro tomon) yo‘nalganligi aniqlandi.

Download 41.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling