1. Samarqand vohasining eng qadimgi va qadim davri. Samarqandning vujudga kelishi va Sug‘dda ilk shahar markazlari
Download 41.52 Kb.
|
1-ma`ruza777
Afrosiyob. Afrosiyob Samarqandning shimoli-sharqida Siyob arig‘ining irmoqlari va jarliklari tutashib ketgan Cho‘ponota tepaligining yon bag‘rida joylashgan. Afrosiyobning topografik xaritasida shaharning 4 qavat mudofaa halqasi yaqqol ko‘rinib turibdi. Ulardan birinchi va to‘rtinchisi birmuncha qadimiyroq. Qolgan 2 va 3 halqalari ilk o‘rta asrlarda barpo etilgan.
Devorlar to‘g‘ri to‘rtburchakli standart g‘ishtlardan barpo etilgan. U mil. avv. I mingyillik o‘rtalarida qurilgan. Shuningdek, shahar mudofaa devorlarining vujudga kelgan davrini noto‘g‘ri davrlashtirgan holatlar mavjud bo‘lib, bu Afrosiyob hududida shaharning paydo bo‘lishi sanasini aniqlashda chalkashlikka sabab bo‘ladi. Afrosiyobning birinchi mudofaa halqasi devorlarining qalinligi 7 metrni, balandligi esa 7 metrdan kam bo‘lmagan. Ammo ayrim olimlar bu devorlarni keyingi davr devorlari uchun poydevor bo‘lgan deb talqin qilishadi. Afrosiyob arkining janubiy qismidagi eng qadimiy mudofaa devorlari uch-to‘rt marta, uning g‘arbiy qismdagi 4-mudofaa devori 4-5 marta ta’mirlangan. Bu holat Samarqandning ahamoniylarga qadar bo‘lgan ilk devorlari uzoq vaqt bo‘lganligidan dalolat beradi. Arkning g‘arbiy qismida mudofaa devorlari ichida sopolchilik ustaxonalari bo‘lgan. U yerdan M.I.Filanovich mil. avv. I ming yillikka oid sopol chiqindilar topgan. Bu esa akropolning g‘arbiy qismida katta hovuz ilk ahamoniylar davridayoq bo‘lganligini ko‘rsatadi. Birinchi halqa mudofaa devorlari va akropolning janubiy-g‘arbidagi devorlar relefida «uzilish» ko‘zga tashlanadi. Mazkur joyda qazish ishlarini olib borgan S.K.Kabanov tuproqdan bunyod etilgan mudofaa devorlarini, mil. av. I ming yillik o‘rtalariga oid ekanligini aniqlagan. O‘rta Osiyo yunonlar tomonidan bosib olingach, qurilish texnikasida ham o‘zgarishlar sodir bo‘lib, kvadrat shakldagi g‘ishtlardan foydalana boshlangan. Bu davrga kelib O‘rta Osiyoda kechgan siyosiy voqealarga hamohang ravishda yangicha me’moriy mudofaa qurilishi va yangi innovatsion jarayonlar sodir bo‘lgan. Ahamoniylarga qadar bo‘lgan qatlamlar faqatgina mudofaa devorlari va ark platformadan olib tashlangan bo‘lsa, to‘rtinchi halqada doimo uchraydi. Xuddi shunday qatlamlar Qo‘rg‘oncha manzilgohi va bugungi Siyob bozori atrofida ham uchraydi. Bundan tashqari, Registon va unga yondosh hududlar universitet xiyobonining janubiy g‘arbiy qismida joylashgan Lolazor manzilgohi va uning eng g‘arbiy nuqtasi bo‘lgan kulollar mahallasi, Sartepo manzilgohi ham yuqoridagi qatlamga xos. Lolazor mavzesida ham magistral xonalar tarmog‘i aniqlangan bo‘lib, kanallar tubidan ahamoniylar va ahamoniylargacha bo‘lgan davrlarga xos sopol va boshqa materiallar aniqlangan. Bu qadimiy shaharning ulkan Raboti bo‘lganligidan dalolat beradi. O‘rta Osiyoning hech bir shahri bunday keng rabotga va shahar tashqarisidagi irrigatsion tizimga ega emas. Xullas, Sug‘d hududlarida qadimdan dehqon va mahalliy chorvador qabilalar qo‘shni bo‘lib yashab kelishgan. Sug‘d hududidagi qo‘lda yasalgan bezakli sopol madaniyatining mustahkam joylashtirilganligi bu yerda urbanizatsiya jarayonlari ilk temir davridan boshlanganligini ko‘rsatadi. Xususan, bu yerda Ko‘ktepa hukmdor saroyi atrofida mudofaa devori vujudga kelgan. Ahamoniylargacha va ilk ahamoniylar davrida diniy markaz bo‘lganligi bizga ma’lum. Shu tariqa hukmdor saroyining qurilishi Sug‘dda qo‘lda yasalgan bezakli sopol davridan ancha ilgari sodir bo‘lgan. Biroq Samarqand Sug‘dida qudratli monumental inshootlar xuddi Qashqadaryo vohasi kabi miloddan avvalgi VIII asr oxiri VII asr boshlarida vujudga kelgan. Sug‘dning asosiy to‘rtta yirik poytaxt shaharlaridagi qurilish materiallari (yalpoq tekis g‘isht) mahalliy ildizlarga ega ekanligi tadqiqotlar natijasida oydinlashdi. Sug‘dning yirik to‘rt shahrida Ko‘ktepa, Afrosiyob, Uzunqir va Yerqo‘rg‘onning quyi qatlamlarida yuqoridagidek yapaloq g‘ishtlar aniqlangan. Bunday g‘ishtlardan atorofida xo‘jalik va jamoaviy hayot rivojlangan diniy markazlar bunyod etilgan. Bu VIII asr ikkinchi yarmi va VII asrning boshlariga oiddir. Biz Afrosiyob arkining platformasini qachon barpo etilganligini aniq bilmaymiz. Lekin u Ko‘ktepadagi g‘ishtlarga o‘xshash g‘ishtlardan qurilgan. Odatda qadimiy diniy markazlarda doimo mahalliy aholi yig‘ilishgan va bu yerda ibodatxona bunyod etilgan. Bu qadimgi sharqda ahamoniylardan to arablar bosqinigacha bo‘lgan davrda O‘rta Osiyo ibodatxonalarining asosiy rejasi, masjid va ibodatxonalarning asosiy qurilish rejasiga aylangan. Download 41.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling