1. San`at, sport va ma`naviy hayot. Mediyalarning qadriyatlarga tayanishi va ularning tarbiyaviy ahamiyati


Ma’lumotlarga ko‘ra, 30 minutdan keyin axborotning 60 foizi, kun oxiriga kelib 40


Download 348.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana09.11.2023
Hajmi348.01 Kb.
#1760099
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
3-mavzu

Ma’lumotlarga ko‘ra, 30 minutdan keyin axborotning 60 foizi, kun oxiriga kelib 40 
foizi, hafta oxiriga kelib bor yo‘g‘i 10 foizi esda qoladi. SHundan kelib chiqib, ijtimoiy fikrga 
ta’sir o‘tkazishga qaratilgan, turli g‘oyaviy mazmun bilan sug‘orilgan axborotlarni vaqti-
vaqti bilan takrorlab turishga ham alohida e’tibor berilayotganini ta’kidlash zarur. 
OAV odamlar ongi va hissiyotlariga, tafakkur tarziga, xulq atvorlariga ta’sir ko‘rsatishda katta 
imkoniyatlarga ega. OAVning bugungi kundagi rivoji g‘oyaviy ta’sir o‘tkazishning miqyosi va 
ko‘lamining keskin darajada o‘sishiga olib keldi. Ana shunday vaziyatda Birinchi Prezidentimiz 
I.A.Karimov 
ta’kidlaganlaridek, shuni 
unutmaslik 
kerakki, “bugungi 
kunda 
inson 
ma’naviyatiga qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina 
xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, 
lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyon etkazishi mumkin”. 
Bunday ogohlantirishlarni jiddiy asosga ega ekanini internet keltirib chiqarayotgan bir qator salbiy 
jihatlarda ham yaqqol ko‘rinadi. Unda o‘z-o‘zini o‘ldirishning oson yo‘llarini targ‘ib qiluvchi 9 
mingdan, erotik mazmunga ega 4 mingdan ziyod saytlarning mavjudligi ham buning isboti bo‘la 
oladi. Mutaxassislar o‘tkazgan maxsus tadqiqotlar mavjud saytlarning taxminan 12 foizi 
pornografik xarakterga egaligini ko‘rsatadi. Mavjud maxsus dasturlar internet tarmog‘idagi 
pornografiyaning faqat 90 foizinigina filtrlaydi, ya’ni komyuterdan foydalanuvchining ixtiyoridan 
tashqarida ekranda paydo bo‘lishi yo‘liga to‘siq qo‘ya oladi. Demak, qanchalik harakat qilinmasin 
pornografik mazmunga ega saytlar internetdan foydalanuvchilarning xohish-istagidan qat’i nazar, 
ularning diqqatini torta oladi. Jumladan, tadqiqotlarda 42 foiz bolalar va o‘smirlar onlayn 
pornografiya ta’siriga tushishi qayd qilinadi. 
Shuningdek, mutaxassislar ma’lumotlariga ko‘ra, internet orqali tarqatiladigan komyuter 
o‘yinlarining 49 foizi sezilarli darajada zo‘ravonlik va yovuzlik ko‘rinishiga ega, 41 foiz jangari 
(turli otishmalar va portlashlarga asoslangan) o‘yinlarda esa o‘yin qahramoni o‘z maqsadiga 
yetishish uchun shunday zo‘ravonlik va yovuzlik sodir etadi. 17 foiz o‘yinlarda ana shu 
zo‘ravonlik va yovuzlikning o‘zi bosh maqsad hisoblanadi. 
Internet rivoji, u berayotgan imkoniyatlar o‘ziga xos qaramlikni ham keltirib chiqarmoqda. 
Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha internetdan foydalanuvchilarning taxminan 10 foizi unga 
mustahkam bog‘lanib qolgan. Manfaatdor ijtimoiy-siyosiy kuchlar internetdan g‘araz maqsadlarda 
ham ustalik bilan foydalanilayotganini ta’kidlash zarur. Mazkur masalaga Birinchi Prezidentimiz 
I.A.Karimov “axloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik, individualizm, egotsentrizm g‘oyalarini 

Download 348.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling