1. San`at, sport va ma`naviy hayot. Mediyalarning qadriyatlarga tayanishi va ularning tarbiyaviy ahamiyati


Spam — zararli materiallarni o‘z ichiga olgan xatlarni ommaviy tarzda jo‘natish.  Fishing —


Download 348.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana09.11.2023
Hajmi348.01 Kb.
#1760099
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
3-mavzu

Spam — zararli materiallarni o‘z ichiga olgan xatlarni ommaviy tarzda jo‘natish. 
Fishing — odatda rasmiy xabar niqobi ostidagi xat yoki havola. Jabrlanuvchi shaxs aldovni 
sezmasligi uchun sayt yoki xabar aslidagidek (rasmiy) ko‘rinishga ega bo‘ladi. 
Yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, qolaversa, yoshlarni Internetda himoya qilishni 
nazarda tutgan holda, Internet xavfsizligiga oid bir nechta oddiy maslahatlarni tavsiya 
qilmoqchimiz. Biroq, har bir bola o‘ziga xos alohida individual shaxs ekanligi va ularga alohida 
yondoshuv kerakligi bois, mutaxassislar bolalar va o‘spirinlarni quyidagi toifalarga ajratishdi: 
1) 7–10 yosh — bu yoshda bolaning farqlash hissi juda faol bo‘lgani bois, unga to‘g‘ri axborotlarni 
berishni nazorat qilmoq lozim. Chunki shu yoshda axborotni anglash qobiliyati shakllana 
boshlaydi. Ushbu yoshdagi foydalanuvchilarning aksariyat qismi endigina o‘qishni o‘rgangani, 
qaysi saytga kirgani va qanday muammolarga duch kelishi mumkinligini oxirigacha tushunib 
yetmaydilar. Multfilm va rang-barangligi bilan jalb qiluvchi o‘yinlarga qiziqish bo‘lgani bois, 
bolalar ko‘p hollarda shu kabi axborotlarni izlashadi. Shu sababli 7–10 yoshdagi bolalarning 
Internetdan foydalanishini ota-onalar yoki kattalar tomonidan doimo nazorat qilinishi zarur. 
Internet tarmog‘ida tarqalayotgan va yosh avlodga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan axborotlarni 
filtrlash yoki zararli resurslarni cheklash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ushbu yoshdagi bolalarga 
muvofiq keluvchi veb-saytlar ro‘yxatini tuzish yoki filtrlash dasturlaridan foydalangan holda, 
Internetga kirishlarini nazorat qilib borish zarur. Maqsad — ushbu yosh vakillariga Internetdan 
foydalanishda xavfsizlikka rioya qilishning asoslari, muloqot etiketi va u yoki bu axborotning 
to‘g‘riligini idrok qilishga o‘rgatish. 


2) 10–13 yosh — Mazkur davr o‘ta muhim bo‘lib, bola uchun o‘tish davrining eng murakkab payti 
hisoblanadi. Ushbu yoshdagi bolalar ko‘p narsani tushunishga harakat qiladigan va qiziquvchan 
bo‘ladilar. Internet tarmog‘ida o‘yinlar va axborotlarni izlash bilan bir qatorda, ushbu yoshdagilar 
do‘st va tanishlar topish maqsadida ijtimoiy saytlar va chatlardan faol foydalanishadi. 
3) 13–16 yosh — Mazkur toifa o‘smirlardan iborat. Ushbu toifadagi o‘smirlar, shaxs sifatida va 
jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida aynan shu yoshda shakllanishi bois, faoliyat doirasining 
qamrovi kengligi va alohida e’tibor talab etishi bilan ajralib turadi. Bu toifadagi o‘smirlar 
Internetdan faol foydalanadilar. Internet ular uchun ulkan axborot manbasi, tengdoshlari va 
do‘stlari bilan muloqot vositasi, shu jumladan, vaqtichog‘lik qilish imkoniyati hamdir. 
Yoshlarning aksariyat qismi ijtimoiy tarmoqlardan va tezkor xabarli ilovalar (messenjerlar)dan 
foydalanadi. Mazkur yoshdagi eng katta muammo — bu ota-onalar tomonidan «bolalarimiz 
ulg‘aydi» qabilida ularni to‘la nazorat qilmaslikdir. Bu yoshni yana «axborot ochligi» yoshi, deb 
ham atash mumkin. Bu davrda bolalar ulg‘ayib, barcha narsalar haqida ko‘proq bilishni 
xohlaydilar. Onlayn muloqotga kirish ular uchun kundalik hayotining bir qismi hisoblanadi. 
Bugungi kunda bolalar va o‘smirlarlarning Internet tarmog‘idan foydalanish vaqtini tartibga 
soluvchi norma ishlab chiqilmagan. Mutaxasissislarning fikrlari bir-biridan farq qiladi. Aksariyat 
ruhshunoslar, shifokorlar va pedagoglarning fikricha, Internet tarmog‘idan foydalanish vaqti qu-
yidagicha taqsimlanishi lozim: 

7 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar — kuniga 1 soat 

10 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar — kuniga 1,5 soat 

13 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar — kuniga 2 soat 
Ta’kidlash joizki, bu vaqt oralig‘ida ekran qarshisidagi bola kamida 10 daqiqa tanaffus qilishi 
kerak. O‘smirlar va bolalarni kompyuter qarshisida, jumladan, Internet tarmog‘ida vaqt 
o‘tkazishining yuqoridagi kabi taqsimlanishidan maqsad «Internetga qaramlik», ko‘rish 
qobiliyatining pasayishi («quruq ko‘z» sindromi), umurtqa pog‘onasining qiyshayishi (skalioz), 
qomatning buzilishi (bukchayish) kabi kasalliklardan asrashdir. 
7–10 yosh toifasidagilar uchun himoyalanish bo‘yicha takliflar 

qidiruv xizmatidan foydalanishdan avval sizga qanday ma’lumot kerakligi haqida o‘zingiz aniq 
tasavvurga ega bo‘ling; 

notanish saytlarga kirmang, notanish havolalarga o‘tmang, bunday veb-saytlar havolalarini 
boshqalar bilan bo‘lishmang; 

agarda siz bilmay yoki adashib, sizda salbiy munosabat uyg‘otadigan, katta yoshdagilarga 
mo‘ljallangan kontentdan iborat saytga kirib qolsangiz, tezda chiqib keting

fayllarni yuklamang va joylashtirmang (bu o‘rinda katta yoshdagilar yordamiga tayaning); 

shartlarni qabul qilmang, anketa to‘ldirmang, boshqa talablar so‘ralganda esa rad eting; 

siz tez-tez foydalanayotgan to‘g‘ri va haqqoniy kontentga ega resurslarni «tanlanganlar»ga 
qo‘shing; 

sizga notanish kishilar va saytlardan qo‘pol, beadab mazmunidagi xabarlar kela boshlasa, ularni 
javobsiz qoldirib, blokirovka qiling. 
Har qanday vaziyatda, agarda siz nimadandir xavotirlansangiz, buni ota-onangiz bilan muhokama 
qiling. 
Mazkur toifadagi bolalarning ota-onalariga tavsiyalar: 

bolalarga Internetdan foydalanish jarayonida nima qilish mumkin va nima qilish mumkin 
emasligini tushuntiring; 

bolangizning tarmoqda bo‘lish vaqtini cheklang, u kompyuter qarshisida bo‘lgan paytda mumkin 
qadar birga bo‘ling; 

nomaqbul saytlarni brauzerning «qora ro‘yxat»iga kiritib qo‘ying. Ko‘pchilik dasturiy mahsulotlar 
(shu jumladan, brauzerlar) antivirus himoyasiga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, ota-onalar nazorati 
funksiyasiga ham egadir. Shu bois, ular bolalaringiz Internetda bo‘lgan chog‘larida himoyachi 
vazifasini bajara oladi; 

agarda farzandingizga Internet-chatga kirish yoki xabarlarning tezkor almashinuvi dasturlari 
(messenjerlar)dan foydalanishga ruxsat bergan bo‘lsangiz, unga notanish yoki ishonib 


bo‘lmaydigan kishilar bilan muloqot qilish yoki xabarlar yuborishning xavfli tomonlari, 
Internetdan foydalanganda jiddiy xavf-xatarlarga duch kelishi mumkinligi haqida uqtiring; 

Internetdan foydalanish jarayonida bolalaringizga nimalar noqulaylik tug‘dirayotgani yoki 
kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani haqida sizni xabardor qilib borishini so‘rang. 
10–13 yosh toifasidagilar uchun himoyalanish bo‘yicha takliflar 

qidiruv xizmatidan foydalanishdan avval sizga qanday ma’lumot kerakligi haqida o‘zingiz 
aniq tasavvurga ega bo‘ling; 

notanish saytlarga kirmang, ishonchsiz manbalar manzillaridan va notanish odamlardan 
kelgan xat va taklifnomalarning havolalariga o‘tmang, bunday veb-sahifalar havolalarini 
boshqalar bilan bo‘lishmang; 

agarda siz bilmay yoki adashib, «bolalarga mo‘ljallanmagan» ma’lumotlar, video, 
audiomateriallar (hayosizlik, zo‘ravonlik, yovuzlik) mavjud bo‘lgan saytga kirib 
qolsangiz, tezda chiqib keting; 

notanish fayllarni yuklamang va ularni ota-onangiz ruxsatisiz o‘rnatmang; 

kam tanish bo‘lgan sayt yoki turli xil havolalar tomonidan muayyan talablar so‘ralganda, 
ularni rad eting, anketani to‘ldirmang, shartlarini qabul qilmang; 

shaxsingizga oid ma’lumotlarni maxfiy saqlang. O‘zingizga tegishli bo‘lgan shaxsiy 
ma’lumotlarni (F.I.Sh., manzil, telefon, tug‘ilgan sana) ochiq foydalanish mumkin bo‘lgan 
tarmoqlarda joylashtirmang; 

parolni sir saqlang, oshkor qilmang, do‘stlar va tanishlaringizga bermang. Parolingiz 
murakkab, ya’ni son, harf va belgilardan iborat bo‘lsin; 

agarda o‘yin o‘ynayotgan bo‘lsangiz yoki ko‘p sonli notanish foydalanuvchilar bo‘lgan 
chatda haqiqiy ismingiz o‘rniga «nik»dan foydalaning; 

onlayn muhitda kim bilan tanishayotgan va suhbatlashayotgan bo‘lsangiz, ehtiyot bo‘ling. 
Agar notanish yoki ikkilantirayotgan shaxs sizga do‘stlik taklif qilsa, qabul qilmang. 
Suhbatdoshingiz o‘zi haqidagi haqiqiy ma’lumotlarni yashirib, o‘zini boshqa shaxs sifatida 
ko‘rsatayotgan bo‘lishi mumkin; 

sizga notanish kishilar va saytlardan qo‘pol, beadab mazmunidagi xabarlar kela boshlasa, 
haqoratli va tahdidli murojaatlarni javobsiz qoldirib, blokirovka qiling. Ularning ta’siriga 
tushib qolmang. 
Har qanday vaziyatda, agarda siz nimadandir xavotirlansangiz, buni ota-onangiz bilan muhokama 
qiling. 
Mazkur toifadagi bolalarning ota-onalariga tavsiyalar: 

bolangiz bilan suhbatlashib, unga Internetdan nazoratsiz foydalanishning salbiy oqibatlari, 
Internetdan foydalanish jarayonida nima qilish mumkin va nima qilish mumkin emasligi 
haqida tushuntiring; 

bolaning tarmoqda bo‘lish vaqtini cheklab qo‘ying, u kirayotgan resurslarni nazorat qiling 
yoki u kompyuter qarshisida bo‘lgan paytda mumkin qadar birga bo‘ling; 

agarda farzandingizga Internet-chatga kirish yoki xabarlarning tezkor almashinuvi 
dasturlari (messenjerlar)dan foydalanishga ruxsat bergan bo‘lsangiz, unga notanish yoki 
ishonib bo‘lmaydigan kishilar bilan muloqot qilish yoki xabarlar yuborishning xavfli 
tomonlari, Internetdan foydalanganda jiddiy xavf-xatarlarga duch kelishi mumkinligi 
haqida uqtiring; 

agarda bolangiz ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmoqchi bo‘lsa, unga o‘zingiz akkaunt 
yaratib bering (login va parolini bilgan holda), sahifasiga qanday ma’lumotlarni 
joylashtirishini nazorat qiling; 

bolangizning virtual olamdagi barcha do‘stlari haqida xabardor bo‘lib boring. Onlayn do‘st 
bilan haqiqiy hayotda yolg‘iz uchrashish mumkin emasligini unga uqtiring; 

zararli saytlarni brauzerning «qora ro‘yxati»ga kiritib qo‘ying yoki kompyuterga ota-ona 
nazorati funksiyasini o‘rnating. Ushbu dastur siz bo‘lmagan chog‘da ham bolangiz 
tomonidan zararli saytlarga kirish holatlarini cheklaydi; 



Internetdan foydalanish jarayonida bolalaringizga nimalar noqulaylik tug‘dirayotgani yoki 
kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani haqida sizni xabardor qilib borishini so‘rang. 
13–16 yosh toifasidagilarni himoyalash yuzasidan takliflar 

qidiruv tizimidan foydalanayotganingizda faqat o‘zingiz uchun kerakli bo‘lgan axborotni izlang; 

ishonchli manbalar va tekshirilgan saytlarning axborotlaridan foydalaning. Axborotni boshqa 
ishonchli manbalar orqali ikki karra tekshirib ko‘ring; 

kam tanish bo‘lgan yoki sizda shubha uyg‘otayotgan veb-saytlarga kirmang; 

notanish saytlarga kirmang, ishonchsiz manbalar manzillaridan va notanish odamlardan kelgan 
xat va taklifnomalarning havolalariga o‘tmang, bunday veb-sahifalar havolalarini boshqalar bilan 
bo‘lishmang; 

agarda siz bilmay yoki adashib, sizda salbiy munosabat uyg‘otadigan nomaqbul kontent (video, 
audio, foto yoki boshqa ma’lumotlar)ga ega saytga kirib qolsangiz, tezda chiqib keting; 

kam tanish bo‘lgan yoki tekshirilmagan resurslardagi fayllarni yuklamang va ota-onangiz 
ruxsatisiz o‘rnatmang; 

oxirigacha o‘qimay turib, taklif etilayotgan shartlarga rozi bo‘lmang va qabul qilmang; 

kam tanish bo‘lgan sayt yoki turli havolalardagi anketa va boshqa talabnomalarni to‘ldirmang; 

o‘zingizga tegishli shaxsiy ma’lumotlarni (F.I.Sh., manzil, telefon, tug‘ilgan sana) ochiq 
foydalanishdagi tarmoqlarda joylashtirmang. Shaxsiy ma’lumotlar maxfiy saqlanishi lozim; 

esingizda bo‘lsin, Internet bu sizning «qoldirgan raqamli izingiz». Bu yerda siz joylashtirgan 
barcha shaxsiy ma’lumotlar, video, audio roliklar yoki tasvirlar doimiy saqlanadi. Boshqa 
foydalanuvchilar tomonidan mazkur ma’lumotlaringiz g‘arazli maqsadlarda foydalanishi 
mumkin; 

do‘stlaringiz va tanishlaringizga parol va loginingizni oshkor qilmang. Ularni sir saqlang. 
Parolingiz murakkab, ya’ni son, harf va belgilardan iborat bo‘lsin. 

agarda o‘yin o‘ynayotgan bo‘lsangiz yoki ko‘p sonli notanish foydalanuvchilar bo‘lgan chatda 
haqiqiy ismingiz o‘rniga «nik»dan foydalaning; 

onlayn muhitda kim bilan tanishayotgan va suhbatlashayotgan bo‘lsangiz, ehtiyot bo‘ling. Agar 
notanish kishi sizga do‘stlik taklif qilsa, qabul qilmang. 

agarda sizga notanish kishilardan yoki saytlardan spam-xabarlar kela boshlasa, ularni ochmasdan 
va o‘qimasdan o‘chirib tashlang. Ularda viruslar bo‘lishi mumkin; 

agarda sizni tarmoqda kimdir haqoratlasa yoki tahdidli xabarlarni jo‘natsa, ularning ta’siriga 
berilmang, murojaatlarini javobsiz qoldirib, blokirovka qiling. 
Har qanday vaziyatda, agarda siz nimadandir xavotirlansangiz, buni ota-onangiz bilan muhokama 
qiling. 
Mazkur toifadagi bolalarning ota-onalariga tavsiyalar: 

imkon qadar bolaning tarmoqda bo‘lish vaqti va u kirayotgan resurslarini nazorat qiling yoki u 
kompyuter qarshisida bo‘lgan paytda birga bo‘ling; 

bolangiz bilan suhbatlashib, unga Internetdan nazoratsiz foydalanishning salbiy oqibatlari, 
Internetdan foydalanish jarayonida nima qilish mumkin va nima qilish mumkin emasligi haqida 
tushuntiring; 

farzandingizga uning onlayn do‘sti aslida, o‘zi tasvirlayotganday emas, butunlay boshqa shaxs 
bo‘lib chiqishi mumkin ekanligini tushuntiring; 

agarda bolangiz virtual do‘sti bilan real hayotda uchrashishni xohlasa, bunday holatda, ehtimoliy 
dilxiralikning oldini olish maqsadida, biror-bir yaqin (katta yoshdagi) kishi bilan birga 
uchrashuvga chiqishi lozimligini tushuntiring; 

katta yoshdagilar bilan maslahatlashmasdan Internet-magazin orqali xarid qilmaslik kerakligini 
bolangizga tushuntiring; 

agarda bolangiz ijtimoiy tarmoqlardan foydalansa, o‘z akkauntiga joylashtirib borayotgan 
ma’lumotlar bilan tanishtirib borishini so‘rang, login va parolidan xabardor bo‘ling, o‘z sahifasiga 
qanday axborotlarni joylashtirayotgani va foydalanayotganini nazorat qiling; 

Internetdan foydalanish jarayonida bolalaringizga nimalar noqulaylik tug‘dirayotgani yoki 
kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani haqida sizni xabardor qilib borishini so‘rang. 


Internet-madaniyatni bilmaslik foydalanuvchi tomonidan Internet va ijtimoiy tarmoqlarda 
cheklanmagan miqdorda muloqot qilishiga, «anonim» foydalanuvchilar bilan tekshirilmagan va 
tasdiqlanmagan axborotlar almashinuviga olib kelishi mumkin. Bunday tendentsiya 
foydalanuvchilarning Internet olamida ommalashayotgan kiberjinoyatchilik, kiberbulling ta’siriga 
tushib qolishlariga sabab bo‘lishi ham mumkin. 
Bunday tashqari, shuni ham ta’kidlashni joizki, doimiy ravishda, saytlarni nazorat qilish va 
nomaqbul kontentlarni blokirovka qilishdan ko‘ra, bolalar bilan ishonchli munosabat, ochiq va 
samimiy muloqotda bo‘lish ancha samarali natijalar berishi mumkin. 

Download 348.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling