1. San`at, sport va ma`naviy hayot. Mediyalarning qadriyatlarga tayanishi va ularning tarbiyaviy ahamiyati


borayotgan bunday xatarlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bo‘lib yashashimiz


Download 348.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/13
Sana09.11.2023
Hajmi348.01 Kb.
#1760099
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
3-mavzu

borayotgan bunday xatarlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bo‘lib yashashimiz 
zarur. Bunday tahdidlarga qarshi har tomonlama chuqur o‘ylangan, puxta ilmiy asosda 
tashkil etilgan, muntazam va uzluksiz ravishda olib boriladigan ma’naviy tarbiya bilan 
javob berish mumkin”. Ana shunday sharoitda axborot xavfsizligini ta’minlash uchun virtual 
olamda ham faol harakatlar olib borish zarur. Shundan kelib chiqib, ko‘pgina mamlakatlar 
axborot sohasida ustuvorlikni ta’minlashni strategik maqsadlarga erishish, milliy xavfsizlik va 
barqaror taraqqiyotni ta’minlashning asosiy yo‘llaridan biri sifatida e’tirof etmoqdalar. 1991 
yilda respublikamizda bor-yo‘g‘i 1 ta teleradiokompaniya mavjud edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 
hozirda mamlakatimizda 70 dan ziyod teleradio studiya, 29 ta kabel televideniesi faoliyat 
ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston matbuotining 40 foizdan ortig‘i nodavlat nashrlaridir. Jami 612 ta 
gazetadan 11 tasi, 165 jurnaldan 2 tasi xususiy sektorga tegishlidir.
Yoshlarmizni AKT va internet tarmog‘idagi salbiy mazmunga ega axborotlardan himoya 
qilish, ularda Internet taqdim etadigan axborotdan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini shakllantirish, 
mamlakatimiz taraqqiyotini ko‘zlovchi, xalqimiz tarixi, urf-odatlarini qadrlovchi, milliy 
qadriyatlarga sodiq, ma’naviy yetuk inson bo‘lib, kamol topishi, barkamol shaxs sifatida 
tarbiyalanishida axborot muhitidagi salbiy ta’sirlar hamda tahdidlardan asrash, shuningdek, 
tarmoqdan ayrim xorijiy axborot oqimi orqali kirib kelayotgan yovuz niyatli g‘oyalarning oldini 
olish va ta’sir kuchini kamaytirish, axborotdan xavfsiz foydalanishlarini ta’minlash bugungi 
kunning dolzarb vazifalariga aylangan. 
O‘zbek va rus tillarida taqdim etilgan «Onlayn muhitda yoshlarni himoya qilish bo‘yicha 
qo‘llanma» voyaga yetmaganlar va ularning ota-onalariga mo‘ljallab, tayyorlangan bo‘lib, 
bolalarni Internet tarmog‘idagi xavf-xatarlardan asrash va ularning axborot xavfsizligi 
me’yorlariga rioya qilishlari bo‘yicha tavsiyalar bayon etilgan. Jumladan, qo‘llanmada voyaga 
yetmaganlar 3 toifaga (7 yoshdan 10 yoshgacha, 10 yoshdan 13 yoshgacha, 13 yoshdan 16 
yoshgacha) bo‘linib, ularga va ularning ota-onalariga bir-biridan alohida tarzda takliflar va 
tavsiyalar berilgan. Internet bolalar tarbiyasida o‘ta muhim o‘rin egallaydi. Chunki, bola tarbiyaga 
oid xulq-atvor ko‘nikmasi, hayot tamoyillari, fikrlash va olam manzarasini ko‘proq aynan Internet 
yordamida o‘rganish imkoniyatiga ega. Ayrim ota-onalar farzandining kompyuter qarshisida 
bo‘lgan vaqtida hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q, deb o‘ylaydi. Biroq virtual olamda ham ularni 
muayyan xavf-xatarlar va tahdidlar kutib turgan bo‘lishi mumkin.
Axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tahlikali sharoitlarda qay tarzda o‘zini 
muhofaza qilish, xavf-xatarlar va tahdidlardan himoyalanish mumkinligini anglash uchun 
murakkab bo‘lmagan qoida va tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, Internetda ishlash paytida ularni 
esda tutish va e’tibor qaratish so‘raladi. 
XAVF-XATARLAR — ularning tarmoqda uchta asosiy turi mavjud: 


Kontent xavfi — yosh avlodning axloqiy va ma’naviy tarbiyasiga salbiy ta’sir etuvchi (matnlar, 
tasvirlar, audio, videofayllar, havolalar) noqonuniy, axloqsiz va zararli bo‘lgan turli axborotlarning 
(zo‘ravonlik, yovuzlik, hayosizlik, odob-axloq me’yorlariga zid so‘zlashuv, irqiy, diniy va 
millatlararo nizolarni keltirib chiqaruvchi, terrorizm va diniy ekstremizm, narkotik va psixotrop 
moddalar targ‘iboti, joniga qasb qilish, taqiqlangan o‘yinlar) Internet tarmog‘ida doim mavjud. 
Kommunikatsion xavf — Internet tarmog‘ida noma’lum (yaxshi tanish bo‘lmagan) shaxslar bilan 
muloqot jarayonida paydo bo‘ladi. Tarmoqdagi anonimlik va javobgarlikka tortilmaslikni anglash 
hissi ko‘p foydalanuvchilar tomonidan xaqorat, qo‘rqitish, kiberbulling, xiralik hamda shantaj 
qilish kabi holatlarga yo‘l ochadi. 
Texnik xavf — zararli dasturlardan foydalanib (virus, bot, ayg‘oqchi dasturlar), dasturiy 
mahsulotlarga zarar yetkazish, maxfiy va shaxsiy axborotlar yoki shaxsga oid ma’lumotlarni 
o‘g‘irlash, kiberfiribgarlik. 
TAHDIDLAR — mutaxassislar tomonidan umumjahon «o‘rgimchak to‘ri»da bolalar duch 
keladigan va ularning ruhiyatiga so‘zsiz salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan tahdidlarning asosiy 
turlari tasniflanib berildi. 
1. Mazmunan zo‘ravonlik, yovuzlik, hayosizlik, axloqsizlik, Internetdagi qimor o‘yinlar, narkotik 
moddalar to‘g‘risida axborot, huquqbuzarlik, irqiy nafratlanishga oid sayt va materiallarga 
(foto, video, audio va bosma materiallar) oson kira olish imkoniyati. 
2. Notanish kishilar bilan elektron pochta, ijtimoiy tarmoqlar va turli shubhali forumlar vositasida 
muloqotlar qilish, turli yozishmalarni amalga oshirish. 
3. Bolalar Internetdan foydalanganda duch kelishi mumkin bo‘lgan holatlar, ya’ni nazorat 
qilinmaydigan jarayon Internet orqali xarid qilish va onlayn o‘yinlarda nazoratsiz vaqt 
o‘tkazish. 
TAHLIKALAR — axborot xavfsizligi ekspertlari tomonidan 5 ta asosiy tahlika tasnifi belgilab 
berildi. Agarda ularga befarqlik bilan qaralsa, bolalarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
1. Internetdan nazoratsiz foydalanish oqibatida ota-ona obro‘sining zaiflashuvi. Gohida ota-onalar 
«farzandim ulg‘aydi yoki bolam biror-bir mashg‘ulot bilan band bo‘lib, menga xalaqit 
bermasin», deya uni global tarmoq bilan yolg‘iz qoldiradilar. Bunday holatlar bolalarning 
Internetdan nazoratsiz foydalanishining birinchi qadami hisoblanib, oqibatda, bolalar o‘z ota-
onalarini tinglamay, ularni aldash va mensimaslikni odat qilib olishadi. 
2. Madaniyat, g‘oya, mafkuralarning aksil tizimi. Hayotning ushbu murakkab davrida o‘spirin 
o‘zini ko‘rsatish va jamiyatda o‘z o‘rnini egallash yo‘llarini izlaydi. Mustaqil bo‘lish 
kayfiyatiga ehtiyoj sezadi. Ushbu yo‘lda Internet tarmoqlarida tarqalayotgan va targ‘ibot 
qilinayotgan aksilmadaniyat tizimi, xususan, «got», «emo» va boshqa submadaniyat oqimlari, 
diniy-ekstremistik oqimdagi mafkuralar hali shaxs sifatida barqaror shakllanib ulgurmagan 
yosh avlodga katta xavf tug‘dirmoqda. Bundan tashqari, tarmoqlarda odob-axloq me’yorlariga 
zid so‘zlashuv, tushkunlik, insoniyatga nafrat, jinoyat olamiga xos mazmundagi qo‘shiqlarni 
ham uchratish mumkin. Ayrim qo‘shiqlarda jamiyatga qarshi borish, qonunlarga hurmatsizlik, 
nizolar, jinoyat, suiqasd, narkotik moddalari iste’moli kabilar ham mavjud. Ularning ijobiy 
jihati mutlaqo bo‘lmagani bois, ularga ortiqcha ta’rifga hojat yo‘q. 
3. Anonim Internet-muloqotlar. Ta’kidlash lozimki, onlayn muloqot o‘zining tabiati bilan jonli 
muloqotdan tubdan farq qiladi. Bu erda mutlaqo o‘zgacha xulq me’yorlari, etika standartlari, 
farqli mezonlar amal qiladi. Forumlar, chatlar, hamjamiyatlarda noma’lum shaxslar bilan 
muloqot qilishga to‘g‘ri keladi. Anonimlik holati foydalanuvchilarga Internetda real hayotda 
ayta olmaydigan fikrlar va harakatlar sodir qilishga izn beradi. Anonim muloqotlar haqorat, 
kiberbulling, kamsitish va xiralik qilish singari harakatlarni keltirib chiqarishi mumkin. 
Bolalarning xavfsizligi, ma’naviy va jismoniy sog‘ligi nuqtai nazaridan qaralganda, 
farzandlarining Internet orqali tanishuv masalalarini ota-onalar nazorat qilishlari lozim bo‘lgan 
jihatlardan biri hisoblanadi. 
4. Shaxsiy ma’lumotlarni yo‘qotish— bu Internet tarmog‘i foydalanuvchilarining (bolalar va 
o‘smirlar) o‘ta ishonuvchanligi va ochiqligi bois sodir bo‘ladi. Ushbu holatlar ijtimoiy 
tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tish paytida, onlayn xaridlar qilayotganda, chat va forumlarda 


anketalarni to‘ldirish chog‘ida kuzatiladi. Shaxsiy ma’lumotlar to‘plami yovuz niyatli kishilar 
uchun juda qulay o‘lja bo‘lib, bundan ular o‘zlarining g‘arazli va noqonuniy maqsadlarida 
foydalanishlari mumkin. Shuni alohida ta’kidlash joizki, ijtimoiy tarmoqlardagi akkuantlar 
(sahifalar) shaxsiy ma’lumotlar yo‘qoladigan (o‘g‘irlanadigan) asosiy joy bo‘lib hisoblanadi. 
Ko‘p sonli yosh foydalanuvchilar o‘z akkauntlarida erkin foydalanish uchun barcha ma’lu-
motlarni, ya’ni tug‘ilgan kuni va ismini (telefon raqami, maktabi, yashash manzili, qaysi 
joylarda bo‘lishni yaxshi ko‘rishini, kayfiyati va xarakterini yozishni xush ko‘radi), shu 
jumladan, katta hajmda fotosuratlarni ham joylashtiradi. 
5. O‘yinlarga qaramlik. Onlayn o‘yinlar haqiqatan ham qiziqarli, ularning yaratuvchilari bolalar 
o‘yin jarayonida ko‘proq vaqt davomida qolib ketishlari uchun barcha choralarni ko‘rib 
qo‘yishgan. Zamonaviy onlayn o‘yinlarda ma’lum bosqichlardan o‘tish va o‘yin 
qahramonlarini takomillashtirib borish uchun ko‘p vaqt talab etiladi va bu jihatlar, o‘z 
navbatida bolalarning o‘yin jarayonida uzoq vaqt qolib ketishlarini ta’minlaydi. O‘spirinlar 
o‘zlarini namoyon qilishga ehtiyoj sezganlari bois, bunday imkoniyatni aynan ana shunday 
onlayn o‘yinlardan axtarishadi. Bu holatlar esa bolani ruhiy qashshoqlashuviga, o‘yinga qaram 
bo‘lib qolishiga olib keladi. O‘yinlarga qaram bo‘lib qolib, ko‘p bolalar ovqatlanish, dars 
tayyorlashni unutib, uyqusizlikka ham duchor bo‘ladilar. 
6. Zararli dasturlar (viruslar, spamlar, josuslik dasturlari, fishinglar) orqali dasturiy mahsulotlarni 
shikastlash. Firibgarlar aksariyat hollarda yosh foydalanuvchilarning ishonuvchanlik va turli xil 
hujumlar haqida bexabarligidan foydalanib, ularning kompyuteriga o‘zlarining zararli 
dasturlarini kiritishga erishidilar. Shu bois, notanish havolalarga o‘tish, noma’lum saytlardan 
dasturlar va multimedia fayllarni yuklab olish, notanish «do‘stlar»dan kelgan xatlarni o‘qish, 
o‘z navbatida, kompyuterni virus bilan zararlanishi kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
Kompyuter virusi — zararli dastur turi bo‘lib, o‘zining nusxalarini yarata oladi va boshqa dasturlar 
kodiga kirib, turli aloqa kanallari orqali o‘zining nusxalarini tarqata oladi. Virusning maqsadi — 
kompyuterni ishdan chiqarish, fayllarni o‘chirish, foydalanuvchi ishini to‘sish va h.k. 
Josuslik dasturlari — kompyuterga uning konfiguratsiyasi, foydalanuvchi, uning faoliyati 
haqidagi ma’lumotlarni to‘plash uchun yashirin tarzda o‘rnatiladigan bo‘lib, u, shuningdek, 
sozlash tizimini o‘zgartirish, foydalanuvchiga bildirmagan holda dasturlar o‘rnatish va uning xatti-
harakatlari haqida tegishli joyga ma’lumotlarni yuborib turish singari boshqa vazifalarni ham 
amalga oshiradi. 

Download 348.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling