1. Sanoat pechlari haqida umumiy tushuncha


Sanoat pechlarining tasnifi


Download 129.95 Kb.
bet12/18
Sana17.02.2023
Hajmi129.95 Kb.
#1206568
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
Yuqori harorat javobi full

27.Sanoat pechlarining tasnifi
Pechlarning turlari juda ko‘p bo‘lishiga qaramay, ularni birlashtiruvchi umumiy tomonlari mavjud. Bu umumiylik tasniflash uchun asos qilib olinadi. Masalan, pechlarni quyidagi xususiyatlar asosida sinflarga bo‘lish mumkin: 1. Ishlab chiqarish turi va texnologik vazifasi bo‘yicha pechlar quyidagi
turlarga bo‘linadi:a) Metallurgiya pechlari - domna pechlari (cho‘yan eritish), marten pechlari
(po‘lat eritish), qizdirish pechlari, termik pechlar; b) Mashinasozlik korxonasining pechlari - quyish vagrankalari; v) Sement tayyorlash pechlari; g) Silikat buyumlarni toblash (pishirish) pechlari.
2. Issiqlik sxemasi, konstruktiv va ish holatlarining belgilari bo‘yicha pechlar
quyidagi turlarga bo‘linadi: a) Ishchi bo‘shliqning shakli bo‘yicha-kamerali, tunelli, shaxtali,aylanuvchi barabanli va hokazo. b) Ishlash holatlari bo‘yicha - uzluksiz ishlaydigan pechlar, davriy ishlaydigan pechlar; v)Mexanizatsiya darajasi bo‘yicha - mexanizatsiyalanmagan va mexanizatsiyalangan pechlar. 3.Energetik va aerodinamik belgilari bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘linadi: a) Issiqlik almashuvi usuli bo‘yicha - yuqori haroratli radiatsion pechlar, past haroratli konvektiv pechlar, harakatsiz qatlamli, mavhum qaynovchi qatlamli, muallaq qatlamli pechlar;
b) Siklonli pechlar; v) Issiqlikni regeneratsiyalash usuli bo‘yicha - regenerativ va rekuperativ
pechlar; g) Energiya manbai bo‘yicha - alangali (yoqilg‘ili) va elektr pechlari;
d) Yoqilg‘i turi va uni yoqish usuli bo‘yicha - mazut pechlari, gaz pechlari va
hokazo; e) Qizdirish usuli bo‘yicha - bevosita qizdirish pechlari (tutun gazlari buyumlar bilan to‘qnashadi) va bilvosita qizdirish pechlari (tutun gazlari buyumlardan devor bilan ajralgan).

28. Sanoat pechlarining klassifikatsiyasi.
Sanoatda ko‘p hildagi pechlar ishlatiladi, ular quyidagi klassifikatsiyalarga bo‘linishi mumkin.

  1. texnologik yo‘nalishiga qarab:
    -metallurgiya pechlari - bularga domna, po‘lat eritish, qizdirish, termik ishlov berish va boshqalar.
    -mashinasozlik zavodining pechlari - bularga qizdirish, temirchilik, termik ishlov berish,ssement pishirish pechlari, keramik jismlarni pishirish va boshqalar.

  1. Ishchi bo‘shlig‘ining formasiga qarab - kamerali, ko‘p kamerali, aylanali, karusell, tunelli, shaxtali, aylanuvchan barabanli va boshqalar.

  1. Tashkili ko‘rinish rejimiga qarab - to‘xtovsiz harakatlanuvchi pechlar va to‘xtab ishlovchi pechlar.

  2. Mexanizatsiyalanish ko‘rsatgichiga qarab - mexanizatsiyalangan va mexanizatsiyalanmagan.

  3. Issiqlik almashuviga qarab-Yuqori haroratli radiatsion issiqlik almashiluv pechlari, past haroratli konvektiv issiqlik almashiluv pechlari,ssiklonli kamerali pechdagi issiqlik almashiluvi;

  4. Issiqlikni regeneratsiyalash usuliga qarab-regenerativ va rekuperativ pechlar;

  5. Isitish usuliga qarab - Yoqilg‘i va elektrik pechlar;

  6. Yoqilg‘i turiga va uni Yoqish usuliga qarab-mazutli pechlar, gazli va boshqalar;

  7. Qizdirish usuliga qarab to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizdirish pechi va bilvosita qizdirish pechi.
    Sanoat pechlarida birdaniga har-xil yonish jarayonlari sodir bo‘ladi:
    issiqlik almashinuvi, diffuziya va gidrodinamika, lekin asosi issiqlik almashinuv jarayoni hisoblanadi.


Download 129.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling